O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonun loyihasining Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tomonidan dastlabki


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

28-modda. Qonun loyihasining Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tomonidan dastlabki
tarzda ko‘rib chiqilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1
1


Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin Qonunchilik palatasi
Reglamentida
belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi uni dastlabki tarzda ko‘rib
chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda fraksiyalar ishtirok etishga haqli.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mita uni
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonun loyihasini kiritgan organga
(shaxsga) qaytarish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi Kengashi oldiga masala qo‘yadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar kiritilgan qonun loyihasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
,
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni 
va Qonunchilik palatasi
Reglamentiga
muvofiq bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Kengashi qonun loyihasini qonunchilik
tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling