O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasiga saylov


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

4-modda. Qonunchilik palatasiga saylov
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Saylov 
kodeksi 
bilan
belgilanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
5-modda. Qonunchilik palatasining vakolat muddati
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
Vakolat muddati tugagach, Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi ish
boshlagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
6-modda. Qonunchilik palatasi deputati
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining
deputati bo‘lishi mumkin.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi bo‘lishi
mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari
haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.


Qonunchilik palatasi deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tomonidan
beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatiga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan
tartibda qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining
maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi 
uchinchi qismi
.
Qonunchilik palatasi deputatining vakolatlari 
qonunda 
nazarda tutilgan hollarda va tartibda
muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatining maqomi 
qonun 
bilan belgilanadi.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling