O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

9-modda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari jumlasiga:
1) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning
o‘rinbosarlarini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi
deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
3) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek
davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul
qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi.
(9-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli 
Qonuniga
asosan 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y.,
03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
10-modda. Qonunchilik palatasi majlisi
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari
davrida o‘tkaziladigan majlislaridir.


Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi
yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi saylovdan so‘ng ikki oydan
kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qonunchilik palatasi majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy
muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va
boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi
mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida
 belgilanadi.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling