O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

11-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari
Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining,
ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning
rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa
masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin.
Palatalarning qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
Palatalarning qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Palatalarning qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilangan
bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
Palatalarning qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan
palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-
alohida o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning
vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki
nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining
mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish
berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiardi)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament
so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi 
Reglamentida
belgilangan tartibda va muddatlarda beradi. Parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi
deputatining so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini
vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi
vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi
organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan
parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob
yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-
son)

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling