O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


III. QONUNChILIK PALATASI SPIKERI VA UNING O‘RINBOSARLARI. QONUNChILIK PALATASI


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

III. QONUNChILIK PALATASI SPIKERI VA UNING O‘RINBOSARLARI. QONUNChILIK PALATASI
KENGAShI, QO‘MITALARI VA KOMISSIYALARI
13-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri
Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin
ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining
vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerligiga
nomzod ko‘rsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi 
Reglamentida
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib
turadi hamda siyosiy partiya fraksiyasi (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi) tarkibiga
kirishi mumkin emas.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil
1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin
emas.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlarining
uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan
muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar
chiqaradi.
14-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining vakolatlari
Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun Senatga
yuboradi;
4) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan
nazoratni tashkil etadi;
6) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari
ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;


8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda
ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh
muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi;
12) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
(14-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
13 ) Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga
umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
13 ) Qonunchilik palatasiga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi
farmoyishlarni imzolaydi;
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli
Qonuniga 
asosan 13 va 13 -bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
14) O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
, ushbu Qonun va Qonunchilik palatasi
Reglamentida
 nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga
kiritishga haqli.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling