O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasi hujjatlari


Download 163.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana23.04.2023
Hajmi163.38 Kb.
#1389487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
434-II-сон 12.12.2002. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida

7-modda. Qonunchilik palatasi hujjatlari
Qonunchilik palatasi o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek
palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan
bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda,
deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
II. QONUNChILIK PALATASINING VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TAShKILIY ShAKLLARI
8-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish;
2) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish,
ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini
tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda
davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat
tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining
vakolatlarini belgilash;
6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
9) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan
tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda
chegaralarini o‘zgartirish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat
boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
Oldingi
 tahrirga qarang.


15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama
qilish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;
(8-modda birinchi qismi 15-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-
martdagi O‘RQ-527-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y.,
03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning
o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda
yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish
zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish,
favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini
tasdiqlash;
20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish
to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
nazarda tutilgan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(8-moddaning birinchi qismi 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval
Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.

Download 163.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling