O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi samarqand davlat universiteti, O’zbekiston-finlandiya pedagogika unstituti 2-kurs 240-guruh talabasi Samatov Firdavs
Download 0.62 Mb.
|
240 - guruh Samatov Firdavs
Sulfat kislota navlari. Sulfat kislotaning suv bilan yoki SO3 bilan aralashmasi kristallanishharoratlari kon sentratsiya oshishi bilan birga qonuniyat bo’yicha o’zgarmaydi.Buning sabablari hozircha aniq emas. Bu savolni hal qilish biz va siz hamdakelgusi avlodlar uchun muammo bo’lib kelmoqda. Bu esa sulfat kislota kursini muammoli o’qishning na’munalaridan biridir. Shunday qilib kimyo sanoatida sulfat kislotaning eng past haroratida kristallanidigan navlari ishlab chiqariladi. Chunki aks holda sulfat kislotaning kristallanish eritmalari hajm kengayishi bilan ketganligi uchun sulfat kislota saqlagan idish sisterna, apparat va hokazolarni chok- chokidan yorib yuborib, o’ta xavfli sharoit vujudga keltiradi. Shunday qilib sulfat kislotasining quyidagi navlari amaliyotda ishlab chiqariladi.
Bulardan tashqari akkumulyatorli va reaktiv sulfat kislotalari ham ishlab chiqariladi. Reaktiv sulfat kislotasi 3-xil navi toza, tahlil uchun tozalari kimyoviy toza. Bulardan eng tozasi- kimyoviy toza navidir. Nitroza usuli sanoat miqyosida, avvalo meditsina maqsadlari uchun XV asr boshlarida Angliyada oltingugurt bilan ammoniy selitrasini qo’shib qizdirilganda ajralib chiqadigan gazlarni idish devoridagi namlik orqali yutib, moysimon modda, ya’ni sulfat kislotasi olingan; bu vaqtda ko’p miqdarda ishlab chiqarilgan bo’lsada unumdorligi past bo’lgan, qo’rg’oshindan yasalgan kameralar ishlatilganligi uchun bu texnologiya kamerali sulfat kislota olish deb atalgan. Bu vaqtda konsentratsiyasi65% sulfat kislotadan iborat, ammo tarkibida juda ko’p iflos birikmalar, ya’ni azotoksidlari, mishyak, ftor birikmlari, sulfat qoldiqlari, qum va hokazolardan iborat bo’lgan sulfat kislota olishga erishilgan. XVIII asr boshlarida Angliyada bunday qurilmalarni unumdarligini oshirish maqsadida kameralar o’rniga Rashing halqalari solingan minoralar ishlatila boshland; ularning unumdorligi kameralarga qaraganda bir necha o’n marotaba katta edi. Shunday qilib, minorali usul yaratildi. Rossiyada birinchi sulfat kislota qurilmalari 1803 yilga to’g’ri keladi. Minorali usulda 75% gacha quyuqlikka ega bo’lgan sulfat kislota olingan. Nitroza usuli bilan bundan yuqori konsentratsiyaga ega bo’lgan ishlab chiqarish mumkin emas, ya’ni oleum ishlab chiqarib bo’lmaydi. Bunday toza va yuqori konsentratsiyali sulfat kislota eritmasini faqat kontakt usuli bilan ishlab chiqarish mumkin. Kontakt usulida SO2 ni SO3 ga oksidlash to’g’ridan-to’g’ri qattiq katalizator ishtirokida yuqori haroratda (4500C) gaz holatdagi quyidagi gomogen reaksiya bo’yicha amalga oshiriladi: SO2(g) + 0,502(g) = SO3(g) + Q16 Bu yerda hosil bo’lgan SO3 ni suvga yuttirib, sulfat kislotaning xohlagan konsentratsiyadagi navini ishlab chiqarish mumkin: S02(g) + H2O(s) = H2SO4(s) + Q17 Bu kontakt usuli ham asosan avval Angliya, so’ng Germaniya olimlari tomonidan topilgan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda ishlab chiqarilgan sulfat kislotasining 97- 98% i kontakt usuli bilan ishlab chiqarilsa, faqat 2- 3% ginasi nitroza usuli bilan ishlab chiqariladi. Ma’lumki, har bir davlatning kimyo sanoatining rivojlanish darajasi kishi boshiga to’g’ri keladigan sulfat kislotasi miqdori bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida kishi boshiga 240 kg dan ko’proq sulfat kislotasi to’g’ri keladi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu yuqori ko’rsatkichlardan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi kimyo sanoati rivoji bo’yicha eng yuqori pog’onalar danbiriniegallab turganligining isbotidir. Respublikamizda ishlab chiqariladigan sulfat kislotaning ko’p qismini nafaqat Markaziy Osiyo davlatlariga, balki Rossiyaning janubiy hududlaridagi barcha rayonlar, Sibir hududlari va boshqalar ham bizdan olib ketadilar. Xulosa Mamlakatimiz va xorijiy davlatlar sulfat kislota ishlab chiqarish borasidagi ilmiy va amaliy ishlarining ahamiyati kattadir. Olimlar tomonidan birinchi bo’lib 1935 yilda yuqori konsentrlangan vodorod sulfidli gazlar aralashmasidan ―Nam kataliz usuli‖ bo’yicha sulfat kislota ishlab chiqarish nazariy asoslari yaratilgan va amliyotga tatbiq etilgan. Olimlar tomonidan dunyoda eng katta unumdorlikka ega bo’lgan ―qaynovchi qatlamli‖ temir kolchedanini yoqish o’choqlari yaratildi. Ularning unumdorligi kuniga 450 t ni tashkil etadi. MDH olimlari tomonidan quvvati kuniga 1000- 1500 t va undan yuqori sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan kontakt apparatlari yaratildi. E’tiboringiz uchun rahmat Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling