O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi


Download 1.19 Mb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1548196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ABDUKARIMOVA FERUZA

Hasharotlar tuzilishi. Hasharotlarning bir qancha dastlabki avlodlari paleozoy erasining oxirgi davrlarida paydo bo‘lgan. Yuz mln yillar davomida ular yer yuzining nihoyatda xilma-xil hayoti va rivojlanishi bilan bir-birlaridan ko‘p jihatdan farq qiladigan turkumlar, oilalar, urug‘ va turlar hosil eta olgan.
Tananing katta-kichikligi jihatidan turli hasharotlar bir-biridan katta farq qiladi. Bular o‘rtasida tanasi mm (hatto mikron) dan to 25-30 sm gacha bo‘lgan turlari bor.
Hamma hasharotlarda tana bir – biridan yaxshi ajralgan uch qismdan: bosh (6 bo‘g‘imni qo‘shilib ketishidan rivojlangan) uch bo‘g‘imli ko‘krak va 8-12 bo‘g‘imdan tuzilgan qorinchadan tarkib topgan. Lekin, tananing mazkur qismlari turli hasharotlarda turlicha shaklda va turlicha katta-kichiklikda tuzilgan.
Boshdagi organlardan bir juft mo‘ylov teri sezuv va hid sezuv organi hisoblanadi, u turlicha uzunlikda va turlicha shaklda tuzilgan.
Jag‘ va lablar (og‘iz apparati) og‘iz atrofidagi uch juft oyoqlarning o‘zgarishidan va og‘iz ustidagi bitta o‘simtadan yetishgan. Hamma hasharotlarning og‘iz organlari to‘rt xil: ya’ni kavshovchi, kavshovchi-yalovchi, sanchuvchi- so‘ruvchi hamda so‘ruvchi yoki xartumcha tipda tuzilgan.
Kavshovchi tipidagi jag‘ va lablar qadimgi (dastlabki) hasharotlarda tarqalgan bo‘lib, hozir u qattiq narsalar bilan va yirtqichlik bilan oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, buzoqboshlar, beshiktebrat, so‘zanaklar, qo‘ng‘izlar hamda deyarli hamma hashoratlarning lichinkalik davrida) saqlanib qolgan. Boshqa tiplardagi og‘iz organlarinin hammasi mazkur asosiy kavshovchi tipning turlicha o‘zgarishi natijasida rivojlangan.
Kavshovchi-yalovchi tipdagi og‘iz organi, asosan, gul sharbati va boshqa quyuq-suyuq sharbat (asal, qiyom) ni so‘rib (yalab), oziqlanishga moslashgan. Lekin kavshovchi ustki jag‘ o‘zgarmasdan saqlanganligidan bu apparatli hasharotlar qattiq moddalar (qand, tutmag‘iz, quvruq meva, gusht) bilan ham oziqlana oladi. Mazkur tipdagi og‘iz organi rivojlangan asalari (va boshqa arilar) da kavshovchi ustki jag‘ deyarli o‘zgarmagan. Ostki lab kuchli o‘zgarib, xartumchasimon uzun tilchaga aylangan. Ostki labning uchi o‘sib, tarnovsimon buklanishi natijasida xartumcha hosil bo‘lgan. Tilchaning uchida esa “qoshiqcha” deb nomlanadigan hosil bo‘lgan. Asalari gul sharbatini so‘rish, yalash uchun tilchani gulning sharbatli qismiga tiqishi
bilanoq kapillyar bosimi ta’sirida gul sharbati xartumcha orqali og‘iz va jig‘ildoniga oqa boshlaydi. Bu tipdagi og‘iz organi deyarli hamma parda qanotli hashoratlarda (jumladan, chumolilarda) yaxshi taraqqiy etgan.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling