O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi
Download 1.19 Mb.
|
ABDUKARIMOVA FERUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazm organlari
- Nerv sistemasi
Qorincha qismi va undagi organlar tuzilishida ham bir necha xil o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bir qancha hasharotlarning (masalan, chigirtka va b. h. lar) urg‘ochilarida oxirgi qorincha bo‘g‘imidagi o‘simtalari tuxum qo‘yuvchi organiga aylangan. Shu bilan birga bularda mazkur organni qoplab, himoya etuvchi xitin o‘simtalar hosil bo‘lgan. Asalari va boshqa xil arilarning urg‘ochisi 8 va 10 qorincha segmentlari va tuxum qo‘yuvchi o‘simta o‘zgarib, nayza organini vujudga keltirgan. (Nayza ignasi esa tuxum qo‘yuvchi o‘simtadan rivojlangan.) Nayza uchiga bir juft zahar bezining yo‘li ochilgan.
Hazm organlari sistemasida ham birmuncha o‘zgarishlar vujudga kelgan. Masalan, ko‘pchilik yog‘ochxo‘r qo‘ng‘izlarda oshqozonning xitin o‘simtalari kuchli taraqqiy etgan bo‘lib, o‘rta ichaklar ham yaxshi rivojlangan. Asalarilarda halqum muskuli yaxshi rivojlanib, bu bo‘limga uch juft so‘lak bezlarining yo‘li ochilgan (mazkur bezlar ta’sirida gul sharbati va changlari asalga aylanadi; bundan tashqari bu bezlar lichinkalarining boqish uchun oqsil moddalari ishlab chiqaradi). Bularda muskulli oshqozonning bo‘lmasligi, o‘rta ichakning katta va yo‘g‘on bo‘lishi ham juda xarakterlidir. O‘simlik sharbati yoki qon so‘rib ovqatlanuvchi turlarida ham halqum va so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. Traxeya – nafas olish organlar sistemasi uchqur hasharotlarda (jumladan, asalari, boshqa arilar, ikki qanotlilar) da kuchli rivojlangan. Asalarilarda abdomen qismida joylashgan yon-chiziq traxeya naychalarining kuchli darajada kattalashib havo qopchiqlariga aylanganligi xarakterlidir. Mazkur qopchiqlar bir tomondan tanani yengillashtiradi va uchish vaqtida ko‘p miqdorda talab etiladigan kislorodni yetkazib beradi. Nerv sistemasi ayniqsa koloniya bo‘lib yashovchi va instinkt xususiyati kuchli taraqqiy etgan hasharotlar (asalari, arilar, turli chumolilar, termitlar) va yirtqichlar (so‘zanaklar, ba’zi qo‘ng‘izlar) da boshqalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Asalarilarning “miya” sida “birlamchi” deb ataluvchi qismda ko‘zlar bilan tutashgan va “taroqsimon organ” deb atalgan qism va hamma sezuv organlari ishlarining birlashtirib boshqaruvchi “assotsiatsiya markazlari” joylashgan. Miyaning “ikkilamchi” va “uchlamchi” qismlari mo‘ylovlar va og‘iz apparatlari ishlarini boshqaradi. Qorin nerv zanjirida bir necha nerv tugunlarining qo‘shilib ketganligi xarakterli. Ayniqsa ko‘krak qismidagi tugunlar katta va murakkab bo‘lib, bular qanotlar (uchish) va oyoqlar harakatini boshqarishga xizmat qiladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling