O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi


Har bir tur o‘ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega


Download 1.19 Mb.
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1548196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ABDUKARIMOVA FERUZA

Har bir tur o‘ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega.


Hasharotlar tuzilishidagi o‘ziga xos belgilari ularning muhim sharoitiga moslanish darajasi, tabiatda tutgan o‘rnini va kishilar uchun ahamiyati va boshqalarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega.


Bu xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlar tomonidan keltiriladigan zararning o‘z vaqtida oldini olish va foydalilarini saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Xulosa


Traxeyalilar kenja tipi traxeya deb ataluvchi organlar yordamida nafas olishga moslashgan va quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilarni o’z ichiga oladi. Ushbu guruh hayvonlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri akron va 4 ta segmentning o’zaro qo’shilib ketganligi tufayli bosh bo’limining shakllanishidir. Bosh ortiqlari bir juft mo’ylovlar va uch juft og’iz organlaridan iborat. Mo’ylovlar qisqichbaqasimonlarning antennulalariga mos keladi. Qisqichbaqasimonlarda mavjud bo’lgan antennalar esa traxeyalilarga kelib reduksiyalangan, chunki boshning ikkinchi sigmenti yo’qolib ketgan. Og’iz organlarining bir jufti yuqori jag’lar (mandibulalar) ni tashkil etsa, ikki jufti pastki jag’lar (maksillalar) dan iboratdir. Traxeyalilarga kiruvchi bo’g’imoyoqlilarning gavda segmentlarini soni ham har xil guruhlarida turlicha bo’ladi. Traxeyalilar quruqlikda yashashga moslashgan hayvonlar sifatida bir qator morfo-fiziologik xususiyatlar hosil qilgan hayvonlar hisoblanadi. Aksariyat traxeyalilarning kutikulasi ustdan juda yupqa suv yuqtirmaydigan mumsimon va yog’simon parda ya’ni epikutikula deb ataluvchi parda bilan qoplangan. Bunday parda suvni o’tqazmaydi. Bundan tashqari ajratish organi-malpigiy naylarining tuzilishi ham tanadagi suvni tejab sarflashga moslashgan, ya’ni ushbu naychalar tashqi muhitga emas, balki ichakning pastki qismiga ochiladi. Ichakka kelib quyilgan siydik tarkibidagi ortiqcha suyuqlik (suv) ichak devori orqali qayta so’riladi. Nihoyat traxeyalilar gavda bo’shlig’idagi yog’ parchalanganda organizm uchun zarur bo’lgan suv hosil bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Dadayev S Foydali hashorotlar ,,Nizomiy nomidagi TDPU’’

  2. Dadayev S O’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda hashorotlardan foydalanish metodik qo’llanma Toshkent 2004

  3. Dadayev S Entomologiya fanidan o’quv uslubiy majmua Guliston 2013

  4. Mavlonov O , Xurramov SH, Eshova X, Umurtqasizlar zoologiyasi Oliy o’quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavr bosqichi talabalari uchun darslik

  5. ,,O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti’’ Toshkent2006

  6. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyalari 1- 12- jildlari Toshkent 2006




  1. Entomologiya va sitopoto S. Dadayev, O. Mavlonov “ Zoologiya”




Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling