O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovalar vazirligi islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali


Download 7.67 Mb.
bet20/27
Sana06.10.2023
Hajmi7.67 Mb.
#1694089
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
diplom ishi 123.456.

15-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi
1-berk o’zak; 2-birlamchi chulg’am;3-ikkilamchi chulg’am; h-birlamchi
va ikkilamchi chulg’am orasidagi masofa.
Elektrod tutkichlar elektrod turiga qarab vilkasimon, elastik, yassi labchali va vintsimon (ko’mir va grafit elektrodlar uchun) bo’ladi.
Payvandchi yuzini elektr yoyi nurlaridan va erigan metallning sachrashidan saqlash uchun qora oynali to’sgich (niqob)dan foydalanadi.
Qora muxofaza oynasi payvand toki miqdoriga qarab jadvaldan tanlanadi.

Payvand toki, A



30-75



75-200



200-400



400 dan ortiq



Muxofaza oynasining markasi

E - 1



E – 2



E - 3



E – 4
























Bet


















1




Varoq

hujjat

Imzo

Sana




Tanlab olingan oyna to’sqichga o’rnatiladi.
Konstruksion po’latlarni payvandlashda GOST 9466-60 bo’yicha uzunligi 225 dan 450mm gacha bo’lgan va diametri 1,6 dan 12 mm gacha bo’lgan maxsus elektrod – simlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko’p qo’llaniladiganlari- uzunligi 350, 400, 450 mm va diametri 3; 4 va 5 mm li elektrodlar hisoblanadi.
TSK-500 Payvandalash transformatori a-TSK-500 transformatorining konstruktiv tuzilishi, g’ilofi olingan holda. b-transformatorning elektr sxemasi: 1-simlar uchun tarmoq klemalari, 2-o’zak, 3- tokni rostlash uchun dastak, 4-payvandalsh simlarini ulash uchun klemalar, 5-yurish vinti, 6-ikkilamchi cho’lg’am g’altagi, 7-birlamchi cho’lg’am g’altagi, 8- kompensatsiyalovchi kondensator TD500 transformatori tabiiy shamollatiladigan bir korpusli bo‘lib, uning tashqi xarakteristikalari pasayuvchi, faqat bir tarmoq kuchlanishiga — 220 v yoki 380 v ga moslab ishlangan. Bir fazali TD500 transformatori sterjen tipida bo‘lib, quyidagi asosiy uzellardan iborat: magnitoprovod — o‘zak, tok rostlagich, (birlamchi va ikkilamchi) chulg‘amlar, tok diapazonlari pereklyuchateli, tok ko‘rsatish mexanizmivag‘ilof. Inventorlar. Inventorlar payvandlash apparatlarining eng zamonaviy turi hisoblanadi . Oddiy payvandlash apparatlaridan asosiy farqi shundaki, kuchlanish transformatorlari tarmoqdagi 50Gs chastotali tokda ishlasa, payvandlash inventori yuqori chastotali tokda (bir necha o’n kilogers) ishlaydi. Bunda kerakli energiyani uzatib berish uchun o’lchami va massasi ancha kichik bo’lgan transformator kerak bo’ladi. Payvandlash esa, yuqori sifatli o’zgarmas tokda bajariladi va u payvand chokning sifatini oshiradi. 160 A li payvandlash transformatori eng kamida 18 kg og’irlikda bo’lsa, 160 A li payvandlash inventorining kuchlanish transformatori atiga 300 gramm keladi va o’lchami ham bir pachka sigaretchalik keladi. Inventor barcha elektron qismlari va korpusi bilan birga 3-7 kg ni tashkil etadi xolos. Inventor to’g’rilagichdan, tarmoq filtridan, o’zgaruvchi kuchlanishni yuqori chastotali tokka o’zgartirgichdan, payvandlash transformatoridan, yana bitta to’g’rilagichdan va boshqaruv tarmoq sxemasidan tashkil topgan bo’ladi. Payvandlash inventorlari oddiy apparatlarga qaraganda payvandlash tokini sozlashning ancha keng diapazoniga ega. Bu ayniqsa ingichka elektrodlar bilan payvandlashda muhimdir. Inventorlarning yana bir afzalligi shundaki, payvandlash tokini sozlashda uning chiqishdagi ko’rsatkichlarining qiymatlari ancha aniq va turg’unligi yuqori bo’lgani uchun ish rejimining eng maqbul qiymatlarini tanlashni soddalashtiradi. Barcha payvandlash inventorlari ikki texnologiyadan birida ishlab chiqariladi: MOSFET yoki IGBT. MOSFET texnologiyasi taxminan yarim asr avval ishlab chiqilgan. IGBT texnologiyasi esa, ancha zamonaviy va tejamliligi bilan MOSFET texnologiyasiga nisbatan bir qator afzalliklari bor. Bularga tranzistorlarining kamligi (24 tani o’rniga 10 ta), ancha yuqori chastotali tokda ishlashi (60-85 kGs), termohimoyasining ancha yuqoriligi (90S0 - 60S0 o’rniga) inventorning uzluksiz ishlash vaqtini uzaytiradi. Inventorlarning asosiy kamchiligi chang va nam ta‘sirida tez ishdan chiqishi hisoblanadi.



















Bet


















1




Varoq

hujjat

Imzo

Sana




TSK-500 transformatorining parametrlari



Download 7.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling