O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovalar vazirligi islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali


Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash


Download 7.67 Mb.
bet17/27
Sana06.10.2023
Hajmi7.67 Mb.
#1694089
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
diplom ishi 123.456.

3 Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash
Elektr yoyi bilan payvandlashda foydalaniladigan quvvat manbaalarga va jihozlarga payvandlash transformatorlari, o’zgarmas tok payvandlash generatorlari, payvandlash to’g’rilagichlari va payvandlash inventorlari kiradi. Payvandlash toki manbalari qisqa tutashish imkoniyatiga ega bo’lishi hamda payvandlash yoyining barqaror yonib turishini va tok kuchini o’zgartirib turilishini ta‘minlaydigan bo’lishi kerak. O’zgarmas tok payvandlash yoyi o’zining barqarorligi, yuqori ligerlangan po’latlarni, rangli metallar va ularning qotishmalarini, yupqa metallarni payvandlash mumkinligi kabi afzalliklarga ega. SHunga qaramasdan o’zgaruvchan tok payvandlash transformatorlari o’zgarmas tok payvandlash generatorlariga qaraganda ko’proq qo’llaniladi. CHunki kerakli uskunalarga sarflanadigan xarajatlar 3-5 marta ko’p, quvvat sarfi esa 40-50 % ortiq bo’ladi. Payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram, ko’mir, grafit) elektrodlar bilan bajarish mumkin. Payvandlashning himoyalangan va himoyalanmagan muxitda, flyus ostida va qoplamali elektrodlar bilan payvandlash turlari mavjud.
Mexanizatsiyalanganlik darajasiga ko’ra , payvandlashning quyidagi turlari mavjud: dastaki usulda, yarim avtomatik va avtomatik.
Ta‘minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi:
Payvandlash transformatorlari. Payvandlash transformatorlari an‘anaviy va shu bilan birga konstruksiyasi bo’yicha eng sodda payvandlash tok manbai hisoblanadi. Uning asosiy qismi tarmoqdagi kuchlanishni payvandlash kuchlanishigacha pasaytirib beruvchi transformatordir. Tok kuchi turli usullar bilan sozlanadi, ular ichida eng keng tarqalgani – birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar orasidagi masofani o’zgartirishga asoslangan. Barcha transformatorlar bitta umumiy o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi – chiqishda o’zgaruvchi tok hosil qiladi. Transformatorli payvandlash apparatlarida rangli metallarni payvandlash uchun yoki payvandlash yoyining turg’unligini yaxshilash uchun konstruksiyasiga qo’shimcha og’ir va katta elementlar kiritish kerak bo’ladi. Ularsiz ham transformatorlar engil emas.



















Bet


















1




Varoq

hujjat

Imzo

Sana




Bunda ma‘suliyatli ishlarni bajarish uchun o’zgaruvchi tokka moslashgan maxsus elektrodlar kerak bo’ladi.
Transformatorlarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori (90% gacha), ammo energiyaning ma‘lum qismi o’zini qizishiga sarflanadi. Zamonaviy modellarida transformatorlarni sovutish uchun (bunga ham ancha qo‗shimcha quvvat sarflanadi) ventilyatorlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda payvandlash transformatorlaridan kamroq foydalanilmoqda. SHunga qaramasdan transformatorlarning bir qator afzalliklari bor: FIK ning yuqoriligi, arzonligi va chidamliligi. SHu afzalliklari tufayli ularga hali ham talab etarli.


Download 7.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling