O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti
Shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni takomillashtirish
Download 255.02 Kb.
|
aaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va prognozlash salohiyatini mustahkamlash
Shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni takomillashtirish
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga (MTUT) qo‘shilishi hamda Markaziy bankning alohida mavzularga bag‘ishlangan nashrlari sonining ko‘paytirilishi shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni mustahkamlashga xizmat qiladi. Pul-kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi. Shu bilan birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaytirib boriladi. Tahlil va prognozlash salohiyatini mustahkamlash Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi. Narxlarning shakllanish jarayonini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, nomonetar omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan inflyatsion xatarlarni oldindan aniqlash va ularning ichki narxlar barqarorligiga ta’sirini pasaytirish maqsadida Hukumat va tegishli vazirliklar bilan hamkorlik munosabatlari takomillashtirib boriladi. Markaziy bank xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Download 255.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling