O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


II BOB. Yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni oilaga joylashtirishda milliy va xalqaro tajriba


Download 331.2 Kb.
bet8/18
Sana18.06.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1574282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
otamurodova n. kurs ishi

II BOB. Yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni oilaga joylashtirishda milliy va xalqaro tajriba.
2.1 O’zbekiston Respublikasida Mehribonlik uylarining tugatilishi va bolalarni oilalarga joylashtirish.

Mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlardagi yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar
Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son qaroriga muvofiq, hozirda (mazkur Qarorning bir qator talablari bolalarning bugungi kundagi manfaatlariga javob bermasligi o‘rganib chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi uchun o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritilgan) tashkil etilishi ommalashayotgan Oilaviy bolalar uylari – bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Amalda, mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan rasmiylashtirilib, hokim qarorlari asosida bolalarni Oilaviy bolalar uylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Oilaviy bolalar uylarining mehribonlik uylaridan farqi shundaki, bu yerda bolalarni ota-onalar o‘z xonadonlarida milliy qadriyatlarimiz negizi asosida tarbiyalaydi, mazkur oilalarga davlat tomonidan to‘liq moliyaviy ta’minot amalga oshiriladi.
Shuningdek, Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan bolalar mahalla hayotiga yaqindan jalb etiladi, undagi turli marosimlarda bevosita ishtirok etib, oilasidagi va mahallasidagi yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarning pand-nasixatlari va o‘gitlaridan bahramand bo‘lib, bolalar u yerda ahloqiy, ma’naviy va jamoaviy tarbiya ko‘radi.
E’tiborga loyiq va afzal tomonlaridan biri sifatida shuni aytish lozimki, yopiq internatlardan ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari bolalari voyaga yetgandan so‘ng ham, kelgusidagi shaxsiy va oilaviy hayotida hamda mehnat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolar borasida tutingan ota-onalaridan, yaqinlaridan yordam so‘raydi, maslahatlar oladi.
Shu bilan birga, o‘rtalaridagi oilaviy munosabatlar bardavom bo‘lib, oiladagi an’analar va urf-odatlarning davom etishiga zamin yaratiladi.
Hozirda, Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son Qarorining yangi loyihasi tayyorlangan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga (project.gov.uz) kiritilgan.
Loyiha zamon talablariga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, oilaviy bolalar uylarini tashkil etilishining bosh maqsadi va vazifasi - yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila muhitida hamda ota-ona mehri-g‘amxo‘rligida tarbiyalash, voyaga yetkazish ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ayniqsa, har bir bolani milliy an’ana, urf-odatlar va insoniy fazilatlar negizida oilaviy qadriyatlar muhitida tarbiyalanishi orqali biz kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin yaratilgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikamiz miqyosida 8 ta Mehribonlik uyi, 1 ta Bolalar shaharchasi, 11 ta Bolalar uylari (Chaqaloqlar uylari) hamda 3 ta “SOS – bolalar mahallalari” faoliyat yuritmoqda.
Joriy qilingan yangi tizim doirasida qisqa muddatda hamkor vazirliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Ikkinchi Jahon urushi davrida mamlakatimizga olib kelingan bolalar internatlarda emas, bag‘rikeng va sahovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan oilalariga olib ketilganligini alohida e’tirof etish lozim.
Bag‘rikeng xalqimiz, bolalar ortilgan vagonning o‘zidanoq quchoq ochib, bag‘riga bosgan holda o‘z oilalariga 10-15 nafar bolalarni tarbiyalash uchun olib ketgan.
O‘sha damda mehridaryo xalqimiz bolalarning hujjatlarini rasmiylashtirish yoki bola asrab olish uchun ro‘yxatga yozdirish kerak ekanligini o‘ylashmagan, ular ijtimoiy yoki moddiy ahvoliga qaramasdan xayrli ishga qo‘l urgan.
Ular nafaqat o‘z farzandlarini, shu bilan birga turli davlatlardan kelgan, hattoki, turli millat vakillarining farzandlarini – tili, dini, e’tiqodiga qaramasdan “komil inson” qilib tarbiyalashgan.
Ular orasidan chiqqan buyuk insonlar dunyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, oradan necha o‘n yillar o‘tsa ham farzandlari va nevaralarigacha O‘zbek xalqidan minnatdorligini takror va takror izhor qilib kelishadi.
Xalqimizning bolajon xalq ekanligining isboti ham shundaki, so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan bola asrab olish tizimida tubdan islohotlar o‘tkazilib, imkoniyatlar yaratib berilganligi bois, qisqa muddat ichida oilalar tomonidan mehribonlik uylaridan bolalarni oilalariga tarbiyalash uchun olish ishlari jadallashdi.
Bolalarning qisqa muddat ichida oilalarga taqsimlanish sabablarining biri sifatida shu’ni ta’kidlash joizki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2021 yil avgust oyiga qadar, o‘z oilasiga bola olish istagida bo‘lgan ko‘plab fuqarolarimiz uchun, ayrim Mehribonlik uylari rahbariyati tomonidan eshiklar ochilmaganligi tufayli bu kabi halqimizga xos ezgu ishlarning amalga oshmay kelganligi kabi muammolar o‘z yechimini topdi.
Vaholanki, turli byurokratik to‘siqlar sababli, ota-ona bo‘lish istagida bo‘lgan minglab oilalarga bu imkoniyatlar berilmaganligi achinarli holdir.
Joriy qilingan yangi tizim doirasida Milliy gvardiya Markaziy devonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida (71) 236-52-08 va 236-52-09 telefon raqamlari orqali maslahat berish xizmati “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar 2717 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Mehribonlik.uz” sayti ishga tushirilib, sohada amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar muntazam ravishda to‘liq yoritib borilmoqda.
Natijada, mehribonlik bolalar muassasalaridan bolalarni farzandlikka olish istagida bo‘lgan oilalar soni kundan-kunga oshib bormoqda.
Bundan tashqari, mehribonlik uylaridan bolalarni oila tarbiyasiga olayotgan shaxslarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan rasmiylashtirilmoqda.
Ular tomonidan ota-onaning oilaviy muhiti, sog‘lomligi holati va ijtimoiy ahvoli har tomonlama o‘rganilib, hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilganidan so‘ng, bolalar oila tarbiyasiga berilmoqda.
Bolalarning kelgusi hayoti tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ya’ni bolalarning oilada tarbiyalanishi, ularga o‘z vaqtida har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi hududdagi tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan kuzatib boriladi.
Sog‘lomligi holati esa, hududiy oilaviy poliklinikalarning biriktirilgan shifokorlari tomonidan bolalarni himoya qilish sho‘’balari bilan birgalikda nazorat qilib boriladi.
Yangi hayotga qadam qo‘yib, o‘z yaqinlari va oila sharoyitidagi muhitda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning kelajagi, shuningdek turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning nazorati to‘g‘risida
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining muassasa hisobidan chiqarilishi, tegishli mutasaddi tashkilotlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va “SOS – bolalar mahallalari” hisobidan chiqarilgan bo‘lib, shundan:
124 nafari – bolalarning o‘z ota-onalari qaramog‘iga qaytarilgan;
139 nafari – bolalarning o‘z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog‘a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan;
139 nafari – vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan;
640 nafari – tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog‘iga berilgan;
188 nafari bo‘lsa,Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to‘lganliklari) uy-joy bilan ta’minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan;
22 nafari “Muruvvat uylari”ga ko‘chirilgan.
Keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanuvchilarning barchasi ham oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilmagan.
Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 106 ta Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarimiz turli kasb egalari bo‘lib, ular:
42 nafari mehribonlik uylarining tarbiyachilari;
20 nafari maktab o‘qituvchilari va direktorlari;
21 nafari ziyolilar, yirik tadbirkor va namunali uy bekalari;
23 nafari turmush o‘rtoqlari pedagog (psixolog) bo‘lgan hokimiyat va huquq-tartibot idoralari xizmatchilaridir.
Alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan Oilaviy bolalar uylari ota-onalarini o‘z mahallasida inoq va ibratli oila sifatida ijobiy tavsiflanganligi, o‘z farzandlarini yaxshi tarbiyalab jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga muvaffaq bo‘lganligi, shuningdek bugungi kunda xonadonlarida keksa nuroniylari bo‘lgan oilarning bolajonlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi hisobga olingan.
Respublikamiz bo‘ylab bag‘ri keng halqimiz tomonidan tashkil qilinayotgan Oilaviy bolalar uylari va eshiklari yopilgan Mehribonlik uylari to‘g‘risida
Hozirda, mehribonlik muassasalarini qisqa muddatlarda tugatilishi qonunchilik hujjatlarining birortasida nazarda tutilmagan bo‘lib, bu jarayonlar yangi tizim asosida mas’ul davlat tashkilotlarining hamjihatligi bilan amalga oshirilmoqda.
Muassasalardagi tarbiyalanuvchilarning xohish va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning oilada ota-ona mehri og‘ushida va e’tiborida tarbiyalanish orzusini ruyobga chiqarish maqsadida oila tarbiyasiga berilmoqda.
Eslatib o‘tamizki, tashkil etilayotgan Oilaviy bolalar uylari ham to‘liq davlat ta’minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Sohani o‘rganish davomida “ijtimoiy zaif, yordamga muhtoj va tushkunlikda bo‘lgan” oila farzand(lar)ini ularning yaqin qarindoshlarini topish va oila tarbiyasiga berish o‘rniga, internatlar tarbiyasiga topshirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu sababdan, birinchi navbatda ota-onasi va yaqin qarindoshlari bo‘lgan “ijtimoiy yetim” bolalarning yig‘ma jildlari o‘rganib chiqilib, ular yashil, sariq, qizil toifalarga ajratildi hamda bolani asrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qarindoshlarining aniq manzillari orqali, ularning ijtimoiy ahvoli, ahloqiy-ruhiy holati va yashash sharoitlari mukammal o‘rganildi. Buning natijasida ko‘pchilik bolalarni o‘z oilalariga, yaqin qarindoshlariga oila tarbiyasiga qaytarish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etish jarayoni soddalashtirildi.
Ya’ni, sohada keng ko‘lamli islohatlar o‘tkazilib, ilgari farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish xalq ta’limi tizimidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirib kelingan bo‘lsa, hozirda bu jarayonlarni hokimliklardagi Bolalarni himoya qilish shu’balari bajarmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, mehribonlik bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning 18 foizini “chin yetim”lar tashkil etgan. Qolgan “ijtimoiy yetim” bolalarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bo‘lganligi bois, ularni o‘z ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga qaytarish, vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilishi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar sonining keskin kamayishga olib keldi.
Oilaviy bolalar uyini tashkil qilayotgan fuqarolarimizga nisbatan bildirilayotgan fikrlar
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Murod Nazarovning Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi borasida turli fikrlar bildirilgan. Ushbu fuqaroning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bergan ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turmush o‘rtog‘i bilan 10 yildan buyon bolalarni asrab olish istagi bo‘lganligini ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng, uning o‘z xohishi bilan mutasaddi tashkilotlarga qilgan murojaati ijobiy hal etilib, yetti nafar qiz va ikki nafar bolalarni vasiylikka olishi, uning azaliy orzusi amalga oshganligidan behad xursand ekanligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, agar Sizni, haqiqatdan bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirsa, yuqorida ko‘rsatilgan “Call-center” raqamlariga yoki 71-236-50-74 telefon raqamiga murojaat qilib, Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig‘idan kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni o‘z oilasiga qabul qilish istagini bildirib murojaat qilayotgan Oilalar (mamlakatimiz fuqarolari) o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladi
Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mehribonlik bolalar muassasalaridan farzand asrab olish istagida bo‘lgan oilalarning soni 5 mingdan ziyod bo‘lib, ayni vaqtda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va bolalarni oila tarbiyasiga olish istagida bo‘lganlar soni 2.700 dan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan, 1 nafar bolaga 10 nafar oila ya’ni farzand asrab olish istagida bo‘lgan ota-ona to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, amalda majburlash holati emas, aksincha, oilalar tomonidan bola asrab olish ehtiyoji yuqori.
E’tirof etish joizki, bolalarni oilaga tarbiyaga berish jarayonida, murojaat qiluvchilar o‘rnatilgan tartibda har tomonlama tekshiruvdan o‘tkaziladi va bu ishlar doimiy nazoratga olingan.
Asosiy maqsad ham, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni duch kelgan oilalarga berish emas, aksincha, murojaat etuvchi oilalar orasidan bola tarbiyasida katta tajribaga ega bo‘lgan, bolalar uchun haqiqiy oila muhitini yaratishga bel bog‘lagan namunali oila vakillari tanlanmoqda.
Mehribonlik bolalar muassasalari va Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bolani tarbiyaga olish istagida bo‘lgan ota-onaning har birining, shu o‘rinda yaqin qarindoshlariga doir hujjatlari davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatlar qatoriga, er-xotinda tibbiy maslahat komissiyasining ularning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi va asab-ruhiy kasalliklari, narkologiya muassasalari va teri-tanosil kasalliklari dispanseri tomonidan taqdim etilgan xulosalari ham kiradi.
Mazkur hujjatlar tegishli davlat organlari tomonidan dastlab, nomzodlar tekshiruvi tugagandan so‘ng, taqdim etilishini e’tiborga olish zarur.
Bundan tashqari, hujjatlarini rasmiylashtiruvchi tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan er-xotinning bevosita o‘zlari va oila a’zolari bilan yakka tartibdagi suhbatlari tashkil etilib, ularning o‘z farzandlarining ham roziliklari olinadi.
Shu bilan birga, istiqomat qilinayotgan xonadonlarning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi tekshirilib, dalolatnomalar tuziladi.
Mehribonlik uylaridan bolalarni oilalarga tarbiyaga olayotgan shaxslar o‘z xohish-istaklari bilan ularni o‘z qaramog‘iga olmoqda. Birorta davlat hokimiyati xizmatchisini majburlash holati mavjud emas.
Aksincha, davlat xizmatchilari mehribonlik muassasalaridan bolalarni o‘z tarbiyasiga olishni sharaf deb hisoblamoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida mehribonlik bolalar muassasalaridagi barcha tarbiyalanuvchilar 100 foiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, barchasi alohida nazoratga olingan.
Shu o‘rinda, mehribonlik bolalar muassasalari bolalari hududiy oilaviy poliklinikalarga biriktirilib, bir yil davomida
2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oilalarga tarbiyaga berilgan bolalar hududiy tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘’balari mutaxassislari hamda biriktirilgan oilaviy poliklinikalar shifokorlari tomonidan birgalikdagi kuzatuvi amalga oshiriladi.
Joriy qilingan yangi tizimga asosan, Mehribonlik bolalar muassasalarining Milliy gvardiyaga biriktirilishi ushbu tizimda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchi hamda xodimlar uchun sharafdir va bu ularga katta mas’uliyat yuklaydi
Milliy gvardiyaga mehribonlik muassasalari biriktirilguniga qadar ham tarbiyalanuvchilar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan muntazam ravishda vatanparvarlik-sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etib kelingan.
Ayniqsa, tizimga mehribonlik muassasalarining biriktirilishi ular bilan yanada birgalikda faoliyat olib borilishiga hamda mas’ul davlat organlari bilan hamjihatlikda tarbiyalanuvchilarni oila tarbiyasiga berishga zamin yaratmoqda.
Muqaddam, mehribonlik bolalar muassasalarida salbiy holatlar kuzatilganligini ham inkor etib bo‘lmaydi, lekin, hozirgi vaqtda tarbiyalanuvchilarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, jismoniy sog‘lomlashtirilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shu bilan birga, bolalarning muassasalarda bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlari uchun turli davlat tashkilotlari hamda soha faollari tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada samarali natijalarga erishilmoqda.
Mehribonlik bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan Yoshlar siyosatining mantiqiy davomi
Qonunchilikka asosan nafaqat mehribonlik bolalar muassasalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga imtiyozlar belgilangan, shu bilan bir qatorda farzandlikka, vasiylikka, xomiylikka, oila tarbiyasiga (patronatga) olingan bolalar uchun ham imtiyozlar belgilangan bo‘lib, ularning ijrosi nazoratga olingan.
Jumladan, uy-joy berish va kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirishlari uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan.
Bolalarga belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari natijasida 2022 yilning 20 yanvar holatiga 675 nafar mehribonlik bolalar muassasalarining bitiruvchilariga hamda vasiylikka, homiylikka, oila tarbiyasi (patronat)ga olingan voyaga yetgan bolalarga turar-joylar berildi, 267 nafari 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi.

AQSH va Angliyada o‘z biologik ota-onasi bilan yashash imkoniyatiga ega bo‘lmagan bolalarni foster oilalarga berish zanjirsimon kelishuvga binoan tuziladigan shartnoma talabalari asosida amalga oshiriladi: G‘arb mamlakatlarida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarning markaziy ishtorokchisi sifatida ijtimoiy xodim amaliy masalalarni hal etuvchi mutaxassis sifatida faoliyat yurgizadi. Qiyin hayotiy vaziyatdagi oila, yetim qolgan bola yoki nogiron bola, voyaga yetmagan Болалар ижтимоий ходими Фостер оила ижтимоий ходими Биологик омил Бола Фостер оила Оила ижтимоий ходими huquqbuzar bolalar toifasi bilan ishlovchi ixtisoslashgan ijtimoiy xodimlar shular jumlasidandir. Bunday vaziyatlarda foster oila bilan ishlashga ixtisoslashgan ijtimoiy xodim xizmatidan foydalaniladi. Lekin, shu bilan bir qatorda, bolaning biologik oilasi bilan ishlovchi alohida ijtimoiy xodim xizmati ham ko‘rsatib boriladi. Yuqoridagi tasvirga e‘tibor beradigan bo‘lsak, muammo markazida turgan birgina bolaga ijtimoiy xizmatni tashkillashtirishda va uning hayotini yaxshilashda bolaning to biologik ota-onasi bilan reablitatsion ishlar o‘z ijobiy natijasini bermaguncha, ijtimoiy xodimlar har uch tomonlama faollikni hamkorikda amalga oshiradilar. Bolani istalgan yangi muhitga, bu o‘rinda yangi va bola uchun butunlay begona bo‘lgan oilaga joylashtirish bolada o‘iga xos jarohatli kechinmalarini uyg‘otishi sir emas. SHu bois bu bosqichda bola boshidan o‘tkazishi ehtimoli bo‘lgan kechinmalarni unutmagan holda bola va tutingan oila bilan ish olib borayotgan ijtimoiy xodim har bir holatga individual yondoshishi lozim. Bolani foster oilaga joylashtirish rejali jarayon sifatida tashkillashtirishiga alohida e‘tibor berish kerak(tezkorlikni talab etuvchi vaziyatlardan tashqari). Jarayonning rejali tarzda tashkillashtirilishi evaziga bola va tutingan oila tarbiyachisi hayot tarzida kechishi kutilayotgan o‘zgarishlarga tayyorlanishi uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Bola ehtiyojlarini qondira olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bera oladigan mos tutingan oilani belgilash. Bu boradagi qaror bola ehtiyojlari va ma‘qul topilgan tutingan oila a‘zolari ega bo‘lgan ko‘nikma, qobiliyatlarning mavjudlik imkoniyatiga qarab qabul qilinadi. Tutingan oila bilan ishlovchi ijtimoiy xodim tutingan oila bilan uchrashib, qo‘llanilishi kerak bo‘lgan barcha xatti-harakatlar va bola hayoti tarixini muhokama qilib oladi. Ijtimoiy xodim bola haqida iloji boricha atroflicha ma‘lumotlar to‘plashi lozim. Bu ma‘lumotlar tutingan ota-onalarda bolani o‘z g‘amxo‘rligi ostiga olishi yoki olmaslik haqida qa‘iy qaror qabul qilishga yordam beradi. Bu bosqich shunisi bilan ahamiyatliki, aynan shu davrda tutingan oilaning ushbu ma‘lumotlaridan xabardor etilishi bola va tutingan oila a‘zolari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yoki bolani joylashtirishi bilan bog‘liq boshqa muammolarning kelib chiqishini oldini oladi va bola uchun ijobiy oilaviy tajriba olish imkoniyatini oshiradi. Agar opa-uka, ya‘ni 2 yoki 3 ta aka-ukalarni bir oilaga (qaridoshlarni bir-biridan ajratmaslik tamoyili asosida) joylashtirish kerak bo‘lsa, u holda har bir bolaga xos bo‘lgan individual tavsif va atroflicha ma‘lumot beriladi. SHuningdek, bola kechirgan hissiy jarohatli kechinmalari, jumladan, jinsiy, jismoniy, psixologik zulm jabrdiydasi bo‘lgan bolaga xos bo‘lgan xususiyatlari hamda psixologik muammolari haqidagi batafil ma‘lumotlarning berlishi bola va tutingan oilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilik yoki munosabatlardagi buzilishlarning oldi olinishiga yordam beradi. Imkon qadar bolani tutingan oila himoyasiga joylashtirishdan oldin ijtimoiy xodim – nomzod tutingan ota-onalarning bola yashayotgan joyiga (instituttsional) muassasa yoki biologik oilasi tashrifini uyushtirishi lozim. Bunday tashrif bola va tutingan oila a‘zolari o‘rtasida o‘zaro iliq munosabatning yuzaga kelishini ta‘minlovchi birlamchi va bog‘lovchi bosqich sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, bo‘lg‘usi tutingan ota-onaga bolaning yashash tarzi haqida aniq tasavvur paydo bo‘lishida yordam beradi. Bola haqidagi ma‘lumotlar xajmini kengligini inobatga olgan holda bolalar ijtimoiy xodimi bilan birgalikda bo‘lg‘usi tutigan oilaga tashrif buyurishi va mazkur bolaga tegishli barcha masalalarni muhokama qilab olishi maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, tutingan ota-onalarga bolalar ijtimoiy xodimi tomoniadan tayyorlangan hisobotning taqdim etilishi bola va u bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yuzaga kelgan savollarning atroflicha kelishib olinishiga katta yordam beradi. Bolaning bo‘lg‘usi foster oila bilan atroflicha ma‘lumotlardan xabardor etilishi ham katta ahamiyatga ega. Chunki bolaning yashash tarzi, oila tarkibi, uy sharoiti, qiziqishlari va bir qaraganda hatto u darajada ahamiyatga ega bo‘lmagan ma‘lumot sifatida befarqlik uyg‘otuvchi kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq mayda ma‘lumotlarga ega bo‘lishi uning yangi tutingan ota-ona va oiladagi boshqa a‘zolar bilan hissiy bog‘lanishining shakllanishi imkoniyatini oshiradi. Agar har ikki tomon, ya‘ni bolalar ijtimoiy xodimi va tutingan oila ijtimoiy xodimi ham bola, ham oilaning o‘zaro bir-biriga mos kelishi va bolani shu oilaga joylashtirishi har ikki tomomnnnig ehtiyojini qondira olishi haqidagi xulosaga kelgan taqdirda tashrif rejasi tuziladi. Bunda bolaning bola hozirda yashayotgan joyga tashrif buyurishi kundaligi, uning qo‘shimcha ta‘limini kuzatish va shu kabi qator masalalar izchil ravishda rejalashtirib olinadi, shuningdek, tutingan oilaga uyushtiriladigan tashriflar ham inobatga olinadi. Xatto bolani ko‘pi bilan ikki kunga bo‘lg‘usi tutingan oilaga mehmonga yuborishi ham maqsadga muvofiqdir. Bolalar ijtimoiy xodimi bola bilan uchrashuv natijalari va uning bu oila xaqidagi fikrlarini oydinlashtirib olishi lozim. Agar xaqiqatda hambola uchun ushbu oila yeng maqul oila degan xulasaga kelishi uchun asoslar ko‘p bo‘lsa u taqdirda bolani joylashtirish kuni belgilanadi.Albatta, bu davr mobaynida ijtimoiy xodim bola uchun barcha kerakli xujatlar jildini tayorlaydi.Tegishli masьul idora va shaxarlar ijtimoiy xodimlar tomonidan taqlid yetila.tgan bolani joylashtirish shakli va oila haqida umumiy xulosaga kelganlaridan so‘ng bolaning yangi oila ko‘chib o‘tish kuni belgilanadi. Bolalar ijtimomiy xodimi belgilangan kun va vaqtda bolani unga tegishli buyumlar bilan birgalikda yangi oilaga olib keladi. Bolani ijtimoiy xodimi bilan bola istiqomat qilayotgan tutingan oilaga joylashtirishning dastlabki birinchi haftasida, keyin esa 3 haftadan so‘ng, keyinchalik har 6 haftada bir marotaba oilaga tashrif buyurib turadi.Tutingan oila bo‘yicha belgilangan ijtimoiy xodim oila va bolaga yordam berish uchun kelishga doim tayyordir. Bolaning rivojlanishi bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lgan taqdirda uni oila a‘zolari bilan birgalikda hal qilish, zaruriyat tug‘ilganda birgalikda tegishli muassasalarga murojaaat qilish, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish (tibbiy muassasalar bilan fuqaro orasida xizmatni tashkillashtiruvchi yordamchi sifatida) ishlari bilan shug‘ullanib boradi. Ijtimoiy xodim tutingan ota- onalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilay olishi va tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanish davomida yuzaga kelayotgan masalalarni hal qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Bolani oilaga joylashtirilganidan keyingi nazorat quyidagicha tarzda olib boriladi: - dastlabki 4 xafta mobaynida; - 6 oyda bir marotaba. Agar bola 2 yoshdan kichik bo‘lsa, u taqdirda nazorat davriyligi 3 oydan iborat bo‘ladi. CHunki, asosan bolaning 2 yoshgacha bo‘lgan davridagi rivojlanishi jadal xarakterga ega bo‘lib, u o‘z o‘rnida ko‘proq kuzatuv olib borilishini talab qiladi. Bunday nazoratlarda tutingan ota-ona, bola ijtimoiy xodimi yoki oilaga joylashtirilguniga qadar bola yashagan muassasa ijtimoiy xodimlari, bolaning o‘qituvchilari yoki tarbiyachilari va biologik oila a‘zolari ishtirok etishlari mumkin. Oila bilan ijtimoiy ish olib borishda ijtimoiy xodim umumiy nuqtai nazardan yondoshishi lozim. Avvalo oilani aniqlash, oilaning asosiy tipi va funktsiyasini, tahlil qilish, zamonaviy jamiyatda oila evolyutsiyasini tushinib yetish zarur bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda mazkur jarayonning xususiyati, oilaning ijtimoiy muammosi, oilaviy siyosati aniqlash, oilani ijtimoiy muammosi, oilaviy siyosatni aniqlash. Oilani ijtimoiy himoyalash, ijtimoiy yordam, oilalarga ijtimoiy xizmat borasida olib borilayotgan ishlar aniq maqsad sari ko‘zlangan bo‘lib, oilalarning ijtimoiy manfaatlari yuzasidan davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu sohalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli rejalari tuzilgan. Bolani parvarish qilish uchun har bir kursni o‘tish jarayonida bolani rivojlanishi haqidagi qonuniyatlarni bilish zarur. Bu bola bilan ishlaydigan har bir ijtimoiy ishchi uchun asosiy talablardan biridir. Davlat va nodavlat tashkilotining mutaxassislarini o‘qitish jarayonida mazkur nazariy bilimlardan bola haqida mutaxassislarning xabardor ekanliklarini aniqlangan. SHuning uchun ijtimoiy ish xodimi insonlarga yordam berishda va ularni bilimlarini bolalarning rivojlanishi va ularning ehtiyojlari bilan bog‘liqligini baholashni amaliyotda rivojlanitirishga e‘tibor qaratiladi. Bolalarning rivojlanishi bo‘yicha muhokama bollarni alohida ehtiyojlari bilan bog‘lliq muammolarni va rivojlanishdagi og‘ishish va uning sababalarini aniqlash imkonini beradi. Bunday muhokamalar bolalarni institutsionalizatsiyasi va yaqin insonlarni yo‘qotishi e‘tiborsiz, shavqatsiz munosabatga olib kelishi mumkin. Kelgusida ijtimoiy ishchi bolalar bilan ishlash yoki ishlamasligidan qat‘i nazar bolaning kelgusidagi rivojlanishi haqidagi bilimlardan xabardor bo‘lishi zarur. Ushbu paragrafga xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ish xodimi oila va bolalar bilan, ayniqsa ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ishlashda o‘zarining majburiyatlarini sitqidildan bajarilishlari muhim shart qilib qo‘yiladi. Ushbu yuqorida ta‘kidlangan ishlarni bajarish uchun bugungi kunda respublikamizda sharoit yaratilgan bo‘lib, xalqimiz mentalileti yoki urf-odatlari, qadriyatlari asosida yondoshishlikni taqazo etadi. Zero, erkin, demokratik huquqiy davlat qurilishida bu tarbiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 oktyabrdagi 230-sonli ―Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi qarori asosida ushbu ta‘lim-tarbiya muassasalarida ilk bora ijtimoiy xodim vazifasi joriy etildi. Mazkur me‘yoriy-huquqiy xujjat muassasa xodimlaridan tarbiyalanuvchilar bilan ishlashda hamkorlik tamoyili asosida yondoshishni talab qiladi. Zero, bu yondoshuv har bir tarbiyaviy jarayonning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolmog‘i lozim. Ijtimoiy pedagogik-psixologik xizmat tarkibidagi muassasa psixologi, shifokor, defektolog, katta yetakchi kutubxonachilarning o‘zaro faoliyati ham har bir tarbiyalanuvchining har tomonlama ijtimoiy himoyalanishga qaratiladi.


Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling