O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Download 331.2 Kb.
bet1/18
Sana18.06.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1574282
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
otamurodova n. kurs ishi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Guliston Davlat universiteti
Ijtimoiy - Iqtisodiy Fakultet
Ijtimoiy ish yo'nalishi
3 kurs talabasi
Otamurodova Nigoraning
Mavzu: “Patronat oilaga joylashtirish tartibi va uning axamiyati”mavzusidagi

KURS ISHI
Kurs ishi rahbari:____________________.
Guliston- 2023yi
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………..3-5
I BOB. Bolalarni Patronatga joylashtirish tartibi

    1. Patronat tarbiya tushunchasi……………………………..6-12

    2. Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllari…. 13-18

II BOB. Yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni oilaga joylashtirishda milliy va xalqaro tajriba.
2.1 O’zbekiston Respublikasida mexribonlik uylarining tugatilishi va bolalarni oilalarga joylashtirish……………….19-33
2.2 Chet ellarda patronatga joylashtirish tartibi……………34-68
Xulosa ……………………………………………………..69-72
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………...73-74


Kirish


Mavzuning dolzarbligi.Har jihatdan barkamol bo`lgan sog`lom avlodni shakllantirish muammosi bugungi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki har qanday davlatning taraqqiyoti kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodga, ular tarbiya topayotgan oilaviy muhitning sog`lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog`liqdir. Istiqlol yo`lidan ildam odimlayotgan mamlakatimiz bolalarni samarali ijtimoiylashuvini ta`minlash maqsadida dastavval oilada salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarni o`z vaqtida bartaraf etishga, har jihatdan sog`lom bo`lgan avlodni tarbiyalab o`stirishga e`tibor qaratmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich, ya`ni ijtimoiy himoyalash vositasini chuqurlashtirish, uni o`zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish zarurati chinakam yetildi”1 . Bugungi kunda himoyaga muhtoj bolalarni, jumladan ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalarga aylanib borayotgan bir davrda ularni ijtimoiy himoyalash vazifasi turli darajadagi tashkilot va muassasalarning diqqat e`tibori markazidagi masalalar qatoriga kirib bormoqda. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, mavzuning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar soni ko`payib qoldi. Bunday holat jamiyatimiz, davlatimiz kelajagiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin, chunki barcha bolalar davlatning jamiyatning kelajagi hisoblanishadi. Ular voyaga yetishgach, o`sha davlatning, o`sha jamiyatning asosiy boshqaruvchilari bo`lishadi; Ikkinchidan, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash bugungi kunda Mehribonlik uylari rahbar hamda pedagog xodimlari faoliyatining asosiy mazmun va mohiyatiga aylanib bormoqda, ammo mazkur muassasa bitiruvchilari kelgusida mustaqil hayotga moslashish jarayonida muammolarga duch kelmoqdalar; Uchinchidan, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarining tashkillashtirilishi masalalariga oid jahon tajribasini o`rganish hamda mahalliy va milliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jahon tajribasi yutuqlarini amaliyotga keng joriy qilish zamon talabiga aylanib bormoqda.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling