O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllari


Download 331.2 Kb.
bet7/18
Sana18.06.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1574282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
otamurodova n. kurs ishi

1.2 Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllari.
Bolalarni muassasalarga joylashtirish 2 xilko’rinishda bo’ladi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar, shu jumladan tarbiya va davolash muassasalarida, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
Voyaga etgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish tartibi​​​​​​
Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, 1 yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo‘lsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);
ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi ko‘rsatilgan yoki boshqa daromad manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari ma’lumotnomalari);
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan ma’lumotnoma;
sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ham egadirlar.
Oilada o‘z manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola o‘z fikrini bildirishga haqlidir.
Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqli.
Vasiylikka olinganning zarariga g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab vasiylikdan yoki homiylikdan foydalanish yoki uni nazoratsiz va zarur moddiy yordamsiz qoldirish jarimaga sabab bo‘ladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yo‘la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta’minoti uchun har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablag‘lar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Tutingan ota-onalarga o‘z tarbiyasiga olgan har bir bola uchun har oylik nafaqa xalq ta’limi boshqarmalari orqali har oyning 10 sanasiga qadar to‘lanadi.
Tabiatan bolajon xalq bo‘lgan o‘zbeklarda bolalar uylari (Detdom) degan tushuncha mavjud bo‘lmagan. XX asrning boshlaridagi fuqarolar urushi davrida paydo bo‘lgan ma’lum miqdordagi yetim va daydi bolalarni tarbiyalash maqsadida dastlabki shunaqa muassasalar tashkil qilingan. Keyinchalik, ikkinchi jahon urushi paytidagi evakuatsiya sababli bunday muassasalar soni keskin oshgan. 1941 yilda O‘zbekistondagi bolalar uylari 40 ta bo‘lib, 7166 nafar bola tarbiyalangan bo‘lsa, 1945 yil oxirida respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bo‘lib, ularda 30 792 nafar bola tarbiyalangan. Albatta, ushbu davrda oilalarga olingan bolalar soni ham juda ko‘p bo‘lgan, biroq statistika aynan ushbu davrda mamlakatda bolalar uylari soni aynan ushbu davrda keskin oshganini ko‘rsatadi. Keyingi davrlarda bu ko‘rsatkichlar muntazam tushib keldi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda 18 ta Mehribonlik uylari, 4 ta bolalar shaharchalari, 3 ta SOS-bolalar mahallari, 1 ta oilaviy bolalar uylari faoliyat yuritib kelayotgan edi. Sotsiologiyada bunaqa muassasalar «institutlashgan» degan so‘z bilan ataladi va bu muassasada tarbiyalanayotgan bolalar oilalardagi bolalardan keskin farqlanadi. Ular o‘zlariga xizmat ko‘rsatishning oddiy shakllarini ham bilmaydi. Sodda qilib aytganda, mening 6-7 yoshli bolam do‘konga chiqib, non sotib olib kela oladi va «do‘konchi opa» bergan qaytimni sanab olishni ham biladi, kerak bo‘lsa, so‘rab oladi. 10-12 yoshli o‘g‘lim yer ag‘darib daraxt ekish yoki qo‘y boqishni va shu orqali kelgusida o‘zini boqishning birlamchi ko‘nikmalarini hosil qilib boradi. Institutlashgan muassasalarda esa bunaqa narsalar o‘rgatilmaydi, bolalarning kiyimlari yuvilgan, dazmollangan, tayyor bo‘ladi. Hatto oshxonada ovqati va choyi stolda tayyor kutib turgan bo‘ladi. Endi bunaqa muassasada tarbiyalangan va voyaga yetib, katta hayotga qadam qo‘ygan bolalarning holatini tasavvur qiling (so‘nggi 10 yilda «Mehribonlik uylari» va «Bolalar shaharchalari»ni uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvchilaridan 610 nafariga yoki 51 foiziga uy-joy ajratilgan. Shuningdek, «Mehribonlik uylari» bitiruvchilarining atigi 1,6 ming nafari yoki 64 foizi ish bilan ta’minlangan). Aksariyati hayotiy ko‘nikmalari yo‘qligi sababli o‘zlari qonunbuzar yoki qonunbuzuvchilar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib qolar edi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga e’tibor qaratilsa, butun boshli Buyuk Britaniyada 1 dona bolalar uyi mavjud bo‘lib, unda ham 40-50 nafar atrofidagi ashaddiy jinoyatchi, tartibbuzar bolalar saqlanar ekan. Xalq tilida «detkoloniya» deb ataladigan bunday muassasalar aholisi qariyb ikki barobar kam bo‘lgan O‘zbekistonda 3 ta bo‘lgan. Bu davlatlarda ham turli sabablar bilan ota-onasidan mahrum bo‘lib qoladigan bolalar bor. Bo‘lganda ham bizdagidan bir necha barobar ko‘p. Biroq, bu bolalar to‘liq oilalarga yoki «muqobil» shakldagi oilalarga joylashtiriladi. Xususan, deyarli barcha rivojlangan davlatlarda Foster oila degan tushuncha mavjud. Bu oilalardagi ota-onalar maxsus bilimlarga ega va doimiy malaka oshirishdan o‘tib turuvchi professional ota-onalar bo‘lib, boquvchisini yo‘qotgan bolalar shartnoma asosida ushbu oilalarga joylashtiriladi va davlatning to‘liq nazorati ostida, professional tayyorgarlikdan o‘tgan ota-ona qaramog‘ida tarbiyalanadi. O‘zbekistonda ham mana shunga o‘xshash tizimlarni joriy qilish lozim edi va prezident tomonidan 2021 yil 9 avgustda qabul qilingan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ushbu yo‘ldagi dastlabki qadam bo‘ldi. Bu borada katta islohotlar qilinishi allaqachonlar lozim edi va bu mas’uliyatni Shavkat Mirziyoyev o‘z zimmasiga oldi. O‘zbekistonda yetim va boquvchisini yo‘qotgan bolalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim deb o‘ylayman:
Oilalarga bolalarni joylashtirishda, o‘z farzandlari bo‘lmasa 4-5 tagacha, oilaning o‘z farzandlari bo‘lsa, 2-3 tagacha berish lozim. Undan ko‘p bolani tarbiyalashga uncha-buncha odamning kuchi ham, salohiyati ham yetmaydi. Bunda aka-uka va opa-singillarning bir oilaga joylashtirilishiga alohida e’tibor qaratish lozim;
Professional ota-onalarni birlashtiruvchi Foster oilalar tizimini vujudga keltirish lozim. Ota-onalar pedagogika va ijtimoiy ish sohalarida tahsil olgan bakalavrlar orasidan tanlab olinishi hamda doimiy ravishda ushbu yo‘nalishda malaka oshirib borishlari lozim;
O‘zbekistonda zamonaviy ijtimoiy ish xodimlari tayyorlashni yanada kengaytirish, aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan, ayniqsa voyaga yetmagan bolalar bilan ishlayotgan barcha tizimlarning shtatlar jadvaliga muvofiq «Ijtimoiy ish xodimi» diplomiga ega shaxslar ishlashlari lozim bo‘lgan shtat birliklarini kiritish kerak.
Umumiy xulosa sifatida shuni aytish lozimki, ulug‘ ayyom kunlarida mamlakat rahbarining eng katta qilgan savob ishlaridan biri –videoselektorda ko‘tarilgan masalalar – aholi ehtiyojmand qatlamlariga, ayniqsa yetim bolalarga alohida e’tibor qaratilayotgani juda quvonarli holdir.


Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling