O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 331.2 Kb.
bet2/18
Sana18.06.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1574282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
otamurodova n. kurs ishi

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlarining o`rni bilan bog`liq tadqiqot yagona kompleks tadqiqot sifatida o`rganilmagan bo`lsada, ammo u bilan bog`liq yoki uning atrofidagi masalalar xorij va mamlakatimiz olimlarining qator ilmiy tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada o`z aksini topgan. Jumladan, xorijda A.Freyd2 , R.Bernis3, Y.Langmeyer va Z.Mateychek4 , S.A.Dzenushkayte5 , M.N.Akimova6 , N.P.Ivanova va O.V.Zavodilkinalar7 , mamlakatimizda esa A.X.Saidov8 , Sh.Yuldasheva va A.Qurbonovlar9 , E.To`xtamurodov10 , U.Asqarova11, S.X.Tadjiyeva12, D.G`.Sobirova13 va boshqalar o’z ilmiy izlanishlarida ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish, bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari, ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, oilaviy hayotga tayyorlash kabi masalalarini o`rganib chiqishgan.
Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo`lib hisoblanadi. Shu ma`noda, mazkur maqsadni amalga oshirish yo`lida quyidagi hollar kurs ishining asosiy vazifalari qilib belgilab olindi: - “Vasiylik va homiylik” hamda “ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar” masalalariga oid tushunchalarga ta`rif berish; - Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar muammolariga taalluqli tadqiqotlarni o`rganish va ularni tahlil qilish; - Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashga taalluqli xalqaro va milliy qonunchilik normalarini o`rganish; - Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarga vasiy va homiy tayinlash hamda ularni farzandlikka, oilaga tarbiyaga berish tartibini o`rganish; - Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlarining o`rnini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling