O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Dmitriy Grigoryevich Leviskiy


Download 1.45 Mb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1583275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-asr oxiri 18-asr boshlarida Rus san\'ati

Dmitriy Grigoryevich Leviskiy (1735-1822) ham realistik portretlar turkumini yaratib qoldirgan rassomlardan biridir. 1770 yili Badiiy Akademiya ko‘rgazmasida D. G. Leviskiyning bir necha portretlari namoyish etilib, u ko‘zga ko‘ringan san'atkorlar qatoridan joy oldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan taniqli me'mor Kokorinovning portreti uchun esa u akademik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu portretda me'mor Kokorinov o‘z kabinetida ish stoli oldida turgan paytda tasvirlangan. Stol ustida esa Akademiya binosining plani va muhri ko‘rinadi. Rassom 1773-1776 yillarda Smolniy instituti talabalarining suratlari turkumini yaratdi. Institut qizlari mashg'ulot paytida,dam olayotgan, raqsga tushmoqchi bo'lib turgan holatida tasvirlangan. Rassom qizlar obrazida yoshlik go'zalligini yuksak mahorat bilan ifodalagan. 70-80 yillarda rassom yetuk portretlar yaratdi. (M. Lvova, I. Golisina, M. Dyakova va boshqalar portreti.) Har bir portret rassomning tasvirlanuvchiga bo’lgan munosabatini aniq ko‘rsatib turadi. Rassom odamlar ichki kechinmalarini yuksak mahorat bilan tasvirlash bilan birga asarida ishlatilgan har bir buyum va materialning o ‘ziga xosligini ham aniq ko‘rsatishga intiladi. Masalan, mayin duxoba,yengil va yoruglikda tovlanuvchi chinni, og‘ir metall yoki paxmoq soch kabilarni nihoyatda ta’sirchan tasvirlab beradi. Bu rassom asarlarining ta’sirchanligini oshirib, ularga alohida joziba baxsh etadi.


V .L.Borovikovskiyning (1757-1825) ham ayollarga bag‘ishlangan portretlari diqqatga sazovordir. Ular tabiat qo‘ynida olma yoki gul ushlagan holda ishlangan. Tabiatning go‘zalligi ularning nozik his-tuyg‘ulariga hamohang keladi. Rassom tabiatni, inson va tabiat go‘zalligini o ‘ylashga harakat qiladi, sof tabiatni teran fikr manbai deb bildi. «М. I. Lopuxina» portreti (1797) rassomning yetuk asarlaridan biridir.
Ko‘tarinki ruhda yaratilgan bu asarda rassomning estetik falsafiy qarashi, uning yuksak professional mahorati o‘z ifodasini topgan. Portretda tasvirlangan qizning noz bilan qarashi, uning o ‘zini erkin tutishi tanlangan yengil va mayin ko‘k, yashil, to‘q pushti va gunafsha ranglar uyg‘unligiga mos keladi. Birmuncha romantik ruhda ishlangan tabiat ko'rinishi asar mazmunini yanada chuqurlashtirib, uning badiiy estetik jihatini kuchaytiradi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida rassomning ishlash uslubida o‘zgarishlar sezila boshladi. U yaratgan obrazlarda so'nggi klassitsizmga xos shakl to’laligi, ranglar uyg’unlashuvidagi dastlabki mayin rang tovlanishlari seziladi. Rassomning «А. I. Bezborodka o‘z qizlari bilan» portreti (1803) shu davrda yaratilgan mashhur asarlardan biridir.






Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling