O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Download 1.45 Mb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1583275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-asr oxiri 18-asr boshlarida Rus san\'ati

Tasviriy san’at. Bu davr san’ati o‘z xususiyati jihatidan dekorativ bo’lib, uning asosiy vazifasi Yekaterina davrida qurilgan binolarni bezash edi. Haykaltaroshlik va rang tasvir san'ati o ‘z mustaqilligini yo‘qota boshladi. Plafonlar ishlash, devor va eshiklarni suratlar bilan bezash usullari keng yoyildi. Hatto haykaltaroshlik asarlari ham asosan xonani bezash maqsadida ishlatiladi. Bunday asarlar g ‘oyaviy yo'nalish, chuqur mazmun talab etmas edi. Bu esa Pyotr I davri san’atidagi g‘oyaviylikdan orqaga chekinishni bildirar edi. Qurilishlar kanselyariyasi guruhida to‘plangan rassomlar nozik dekorativ rassomchilik bilan shug‘ullanar edilar.
XVIII asr o'rtasi va ikkinchi yarmida tasviriy san'atda portret janri yetakchi o‘ringa chiqib,Pyotr I davri san'ati ananalari davom etdi. Portret ustalaridan biri Ivan Vishnyakovning «Qizcha Sarra Former»



«Qizcha Sarra Former»

portreti XVIII asrda bolalar uchun atab ishlangan eng yaxshi asarlardan biri sanaladi. XVIII asr ikkinchi yarmida va uchinchi choragi oxirida rus san'ati va madaniyati yangi, o'ziga xos milliy xususiyatga ega bo’ldi. Davrning bu o'zgarishlari san'at asarlarida ko‘zni qamashtiradigan darajada o‘z ifodasini topdi. Ayni shu davrda rus madaniyati va san'atida krepostnoylik tuzumi inqirozi bilan bog‘liq yangi xususiyatlar ham paydo bo‘la boshladi. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi xalq noroziligini kuchaytirib, g'alayonlarni keltirib chiqardi. Rossiyada ma'rifatparvarlik falsafasi paydo bo‘ldi.


Rang tasvir.
XVIII asr ikkinchi yarmida portret san'atida ham katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Bu davrda yashab ijod etgan yirik rassomlar: Rokotov, Leviskiy va Borovikovskiy o‘z zamondoshlarining ajoyib portretlarini yaratdilar. Ular yaratgan asarlarda olijanoblik, samimiylik uluglandi, yoshlik, go‘zallik kuylandi. Bu a sarlarda inson va tabiat uyg'unligi ta’sirchan ifoda qilindi.
Rassom Fyodor Stepanovich Rokotov (tax. 1735-1806) ko’plab intim psixologik portretlar muallifidir.Uning ijodi 1766 yili Moskvaga ko'chib kelganidan so‘ng o‘sdi.Rassom qahramonlarini tabiiy tasvirlashga, uning ichki holatini ochib ko‘rsatishga intildi.
Portret qahramonlarining ko‘pchiligi yarim belgacha bo’lib ular yengil, yoruglashtirish asosida ishlangan.«V. N. Surovsev portreti», «Novoselseva portreti» rassomning mashhur portretlaridan hisoblanadi.Bu asarlarda Rokotovning rang tanlash, qiyofa tuzilishini mohirona tasvirlash qobiliyati namoyon bo‘ladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling