O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


XVIII asr boshlarida rus san’ati


Download 1.45 Mb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1583275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-asr oxiri 18-asr boshlarida Rus san\'ati

2. XVIII asr boshlarida rus san’ati.
Feodal qoloqlikka qarshi kurash jarayonida rus milliy madaniyati shakllandi. Bu madaniyjonlanish ildizlari XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan boisada. lekin Rossiyani «yevropalashtirish» jarayoni buyuk Pyotr I (1672-1725) faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. U hukmronlik qilgan yillarda Rossiyaga Yevropaning ijtimoiy,g ‘oyaviy va madaniy ta’siri to‘xtovsiz boldi. Pyotr I ning davlatni boshqarish, dvoryan va savdogarlaming imtiyozlarini oshirish, maorif sohasidagi islohotlar Rossiyani 0‘rta asrchilikdan qutulishga va Yevropadagi yirik davlatlardan biriga aylanishiga olib keldi. Rus dvoryanlari g'arbiy yevropa ilm-fani va madaniyatini o‘zlashtira boshladilar.Shuning uchun ham XVIII asr boshlaridagi ms san'ati va madaniyati XVII-XVIII asr g ‘arbiy yevropa san'ati va madaniyati ta’siri mavjudligini va ular ma'lum darajada mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos manzaraning shakllanganini ko‘rish mumkin. G ’arbiy yevropa san’atidagi barokko,rokkoko va klassitsizm kabi uslublar rus san’atida ham rivojlandi. Klassitsizm uslubi esa XVIII asrda va asrning ikkinchi yarmida asosiy uslubga aylandi.
Shuni ta’kidlash kerakki, rus klassitsizmi g ‘arbiy yevropa badiiy uslubidan o ‘z mavzusi va g‘oyaviy yo‘nalishining milliyligi bilan ajralib turadi. Agar yevropalik ijodkorlar yunon-rim afsonalari mavzulariga murojaat qilsalar, rus ijodkorlari ko‘proq milliy tarixiy voqealami o ‘z asarlarida ifodalaganliklari bilan ajralib turadi. Agar O’rta asr san’ati (hatto uning so‘nggi bosqichi bo‘lg an XVIIasr san'ati) cherkov bilan bog’liq bo’lib , avval uning buyurtmalari bajarilgan bo‘lsa, endilikda san'atkorlar hayot bilan bog‘liq kundalik turmushni ifodalashga ko‘proq e’tibor bera boshladilar. Natijada, san'atning tur va janrlari kengaydi,
ifoda vositalarining ta’sirchanligi ortdi.
Me’morchilik. Rossiyaning yangi poytaxti Peterburg va boshqa shaharlaming qurilishi bilan me'morchilik yanada avj oldi. Ijtimoiy va ma'muriy binolaming ko‘plab qurilishi dekorativ va dumaloq haykaltaroshlik, relyef san'atining rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Bu san’at turlari shu davr me’­morchilik majmualarining serhasham, salobatli va savlatli bo‘lishida muhim o‘rin egalladi va Peterburg qurilishida yaqqol namoyon bo'ldi. Dastlab qal'a va port sifatida qurilgan Peterburg shahri tezda Pyotr I davlatining poytaxtiga aylandi. Mamlakatning ham m ajoylarida qurilishlar to‘xtatildi. Butun kuch Peterburg qurilishiga jalb etildi. Hukumatning «qurilish b o‘yicha hay’at»i qurilish ishlariga rahbarlik qildi. Shahar qurilishining boshlanishidanoq uning joylashuviga alohida e’tibor berildi.
Peterburg shahrining bosh loyihasi ishlab chiqildi. Fransiyalik me’mor Leblon Jan Batist (1679-1719) hamda shveysariyalik Dom eniko Trezinilar (1679-1734) tayyorlagan shahar bosh loyihasi kamchiliklardan holi bo’lmasa ham u shahar qurilishi va uning keyingi rivojida muhim o‘rin egalladi. Shaharda bir vaqtning o'z.ida ma’muriy-ijtimoiy, savdo, sanoat, ishlab chiqarish uchun moljallangan binolar qurildi. Antik davr me'morchiligi qayta ishlandi. Shahar qurilish ishlariga chet el me’morlari va muhandislari ham jalb etildi. Rus me’morlari ilg‘or Yevropa mamlakatlariga o‘qishga yuborildi. Ular g‘arbiy yevropa me’morchiligi yutuqlarini o‘rganib, XVIII asr rus me'morchiligi ravnaqiga o'z hissalarini qo‘shdilar. Qurilishning avj olishi va kengayishi bu davr me’morchiligida qator yangi me’morchilik shakl va ti1larining paydo bo'lishiga olib keldi. XVII asr rus me'morchiligi an'analari, jumladan cherkov qurish san’ati an’analari ilg‘or yevropa san’ati an'analari bilan chatishib, yangi ko‘rinish kasb eta boshladi. Bu xususiyat m e'm or Domeniko Trezinining asarlarida, jumladan, uning Peterburgdagi Petropavlovsk ibodatxonasi, Petrov darvozasi, Menshikov minorasida namoyon bo’ldi. (Trezini Domeniko, tax. 1670-1734 yilda Shveysariyada tug‘ilgan, Daniyadan Rossiyaga taklif qilingan.)Trezini yaratgan Petropavlovsk sobori uch nafli bazilika tipidagi kompozitsiyada qurilgan bo'lib u g'arb tomoni baland shpilli (nayzali) minora bilan tugallangan. Trezini binolari shu davr me'morchiligining yangi uslubi shakllanishida muhim o'rin egalladi. Rus cherkov me’­morchiligining yangi davr me '­morchiligi bilan uyg‘unlashuvida quruvchi I. D. Zarudniy ijobiy rol o'ynadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling