O‘zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Download 1.45 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1583275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-asr oxiri 18-asr boshlarida Rus san\'ati

1. XVI-XVII asr rus san’ati
Rus knyazliklari va yerlarining Moskva tevaragida batamom birlashishi Ivan III zamonida (1505—1533) tugallandi. Rus davlati qo‘l ostiga qator xalqlar, yaʼni udmurtlar, mordvalar, korellar, komilar kirdi. Rus davlati aholisining tarkibi jihatidan ko‘p millatli davlatga aylandi va Rossiya deb yuritila boshlandi. Mamlakat xo‘jaligi va madaniyatining rivojlanishi ancha jadallashdi. Ivan IV Grozniy (1533—1584) pod­shohlik qilgan yillarda bu yutuqlar ancha mustahkamlandi. Uning maydoni Qozon, Astraxan va G‘arbiy Sibir yerlarining Ros­siya bilan qo‘shilishi hisobiga yana-da kengaydi. Bu davr madaniyatining ravnag‘ida kitob bosish sanʼatining boshlanishi muhim voqea bo‘ldi. Ivan Fedorov shu ishni boshlagan dastlabki kishilardan biri edi. 1564 yili chiqarilgan «Avliyo Apostollarning qilgan ishlari» kitobi Moskvada chiqarilgan birinchi kitoblardan edi. Bu davr meʼmorligida qalʼa qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Rossiyaning ko‘pgina yerlarida qator qalʼalar paydo bo‘ldi. Nijniy Novgorod (hozirgi Gorkiy), Tula, Kolomna, Za­raysk qo‘rgon-qalʼalari shu davrning maxsulidir. Pskov mudo­faa devor va minoralari qayta qurildi. Moskvaning o‘zida ham qurilish ishlari olib borildi. Kremlda qo‘shimcha yana Xitoy shahar, shahar va Tuproq shaharlar qad ko‘tarib, Moskva qalʼasi mustahkamligini yana-da oshirdi. Bu davrda grajdan, cherkov qurilishi intensiv bordi. Bu davr rus meʼmorligining katta yutug‘i va yangiligi chodirsimon-minorasimon ibodatxonalarning qurilish uslubida namoyon bo‘ldi. Bu uslub XIV—XV asrlardayoq Rusning shimolidagi yogoch meʼmorligida vujudga kelgan. Moskva yaqinidagi Kolomna qishlog‘ida Vozneseniya ibodat­xonasi shu uslubda ishlangan yodgorlikdir. Bu binoni Vasiliy III o‘zining bo‘lajak vorisi Ivan IV Grozniy tug‘ilishiga atab qurdirgan. U uncha baland bo‘lmagan va yuqoriga ko‘tarilib bo­ruvchi shakllardan tashkil topgan bo‘lib, chodirsimon qoplama (tom bilan tugallanadi va asosan, yodgorlik vazifasini o‘taydi. Ichki xonalari qorong‘i, tor va bezaksiz. Dyakovo qishlog‘ida qurilgan ibodatxona ham shu davrga mansub yangi tipdagi binolardan bo‘lib, u o‘zining serhashamligi bilan xarakterlanadi XVI asr meʼmorligi yodgorligining mashhur namunasi Pok­rov sobori (Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi) hisoblanadi. Meʼmor Postnik va Barma tomonidan 1555—1560 yillarda Ivan Grozniyning qozon xoni ustidan erishgan g‘alabasiga atab qurilgan .Kremldan tashqarida qurilgan bu binoda Rus meʼmorligi yutuqlari mujassamlashgan bo‘lib, u Rus davlatining yagona markaz atrofida birlashganligi, mustahkamligi va kuch-qudratini ulug‘lashga atab o‘rnatilgan yod­gorlikdir. Bu bino kompozistiyasida go’yo Kolomna va Dyakovoda qurilgan ibodatxonalar bir joyga yigilgandek tuyuladi. Bino­ning ichki qismi, xonalari tor, maydoni ham kichkina. Tasviriy sanʼatdagi o‘zgarishlar xam shu davr kishilari dunyoqarashining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, uni dunyoviy sanʼatning keng ko‘lamda kirib kelishi bilan xarakterlash mumkin. Sanʼatda hayotiy lavhalar (tabiat ko‘rinishlari, jonivorlar, qushlar tasviri), tarixiy voqealarga bag‘ishlangan syujetlarning paydo bo‘lishi shu davr sanʼatida sodir bulayotgan o‘zgarishlarni ifodalaydi. Tasviriy sanʼatdagi bu o‘zgarishlar dastlab ikona sanʼatida, ayniqsa ertaklarga ishlangan suratlarda sezila boshladi. Ikonalardan birida narvon tasvirlan­gan bo‘lib, undan monaxlarning osmonga chiqib borayotgani, ay­rim monaxlarning osmonga — jannatga eta olmay, jahannamga ag‘darilib tushayotgani ko‘rsatilgan. Bu ikonada monaxlarning pokiza, halollikdan chekkaga chiqganliklari, ularning hammasi ham o‘z ishlarini, majburiyatlarini halol ado etmayotganliklariga tanqidiy qarash seziladi. XVI asr o‘rtalarida yaratilgan muhim yodgorliklar orasida yosh Ivan Grozniyning Dozoy ustidan erishgan galabasidan hayratlanayotgan paytini tasvirlovchi ikona mashhurdir. Yosh podshohni ulug‘lashga qaratilgan bu ikonada tabiat ko‘rinishi, jangchilarning kiyim va qurollari hayotiy chizilgan. XVI asrda miniatyura sanʼati ham keng yoyildi. Ularda, ayniqsa, hayotiy va tarixiy voqealarni keng va batafsil bayon etish tendenstiyasi sezilarli bo‘ldi. Kitob bosish sanʼati rivojlanishi bilan bog‘liq holda ksilografiya paydo bo‘ldi. XVI asr oxirida rangtasvirda stragonovcha uslub yoyildi. Boy savdogar, korxona xo‘jayini Stragonovlar buyurtmasi bo‘yicha ishlangan suratlar shu uslubga mansub bo‘lib, bu suratlar Moskva rassomlari tomonidan chizilgan. Ikonadagi o‘ziga xos tomon, odam qomati va qiyofasi tasvirida ham ko‘rinadi. Obrazlar baland bo‘yli va ingichka, boshlari kichik, qo‘l-oyoqlari esa haddan tashqari nozik ishlangan. Ular­ning xatti-harakati ham o‘ta nafis, hatto bir oz bachkana, kiyimlari oltin bilan bezatilgan, yorqin va go‘zal. Bularning hammasi shu davr zodagonlarining hidini ifodalaydi. Bu davrda dumaloq haykaltaroshlik deyarli rivojlanmadi. Lekin burtma tasvirli relefda ko‘pgina namunalar ishlandi. Bular, asosan, barelef tipida bo‘lib, syujetli va o‘yma naqqoshlik bizgacha etib kelgan. Dumaloq haykaltaroshlik namunasi sifatida M. E. Ermolinning asarlari (M. Georgiy Pobedo­nosek) misol bo‘la oladi . Bu davr zargarlik sanʼati Garbiy Evropada ham mashhur bo‘lgan . Bulardan tashqari, to'r to'qish sanʼati keng yoyildi. Feodal munosabatlarning ortib borishi bilan deodonlarning feodallarga qaramligi kuchaydi, natijada XVI asr oxiri — XVII asrlarga kelib, bu qaramlik krepostnoy qaramlik tusini oldi. Ekspluatatsiyaning kuchayishi endilikda xalq g‘alayonini kuchaytirdi. Bu qo‘zg‘olonlar ichida eng yirigi Ivan Bolotnikov boshchiligidagi qo‘zg‘olon edi. Buning ustiga Rus davlati ichidagi sinfiy kurash uning susayishiga va chet el interventlariga oson yem bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Faqat keng xalq ommasining kuchli harakatda va ozodlik ishtiyog‘i (Minin va Pojarskiy rahbarligidagi qo‘zgolonlar) chet el interventlaridan qutulish imkoniyatini yaratdi. Bu qo‘zgolonlar, chet el interventlariga qarshi kurash hamda ichki fitnalar Rossiyani iqtisodiy jihatdan susaytirib yubordi, ekspluatatsiya yana-da kuchaydi. Bu esa xalq noroziligini orttirib yubordi. Bu norozilik Stepan Razin boshchiligidagi ik­kinchi deedonlar qo‘zgolonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Davrning og‘ir ahvoli, jabr-zulmga qarshi kurash turli g‘oyaviy kurashlarni keltirib chiqardi. Cherkov va aristokratlar orasidagi g‘oyaviy kurash ham muhim bo‘lib, bu kurashda realistik tendenstiyalar yengib chiqa boshladi. Bu davr sanʼati diniy xarakterda bo‘lsa ham, bu yerda dunyoviy sanʼatning yengib chiqishi sezilarli bo‘ldi. Bu davr sanʼatining yana bir o‘ziga xos xususiyati uning o‘ta dekorativligida seziladi. Bu davrda Moskva provinsiyalarida ko‘plab yangi ibodatxonalarning paydo bo‘lishi ham uning ko‘rinishidagi rang-baranglikni oshirdi. Bu qurilishlar, o‘z navbatida, monastir qurilishiga taʼsir eta boshladi.Qurilgan binolarda aniqlik, yaxlitlik o‘ziga xos effekt beradi. Bu dayr meʼmor­ligining xarakterli tomonlari yog‘och o‘ymakorligida xam namoyon bo‘ladi. ayniqsa, Kolomna qishlogida qurilgan podsho saroyi xarakterlidir. Bu saroy to‘sinlari bilan ikkinchisi ichiga kiritilib yasalgan ayrim bino va minorachalardan tashkil top­gan. Tomi shu davr rus kelinlari kiyadigan bosh kiyimga o‘xshatib, chodirsimon uslubda yopilgan. XVII asr meʼmorligining nodir yodgorligi Kremldagi Tere­mok (uychalar) da ham namoyon bo‘ladi. Bu dunyoviy xarakterdagi binolarda yog‘och meʼmorligining taʼsiri bor. Meʼmorlikdagi o‘ziga xos tendenstiya toshdan qurilgan binolarda ko‘proq sezi­ladi. Masalan, Pskovdagi palata (Pagonkin palatasi) og‘ir, salobatli va sodda bo‘lib, bezaklari deyarli ko‘zga tashlanmaydi. XVII asrdagi muhim madaniyat o‘choqlaridan biri Yaroslavl bo‘lib, bu yerda XVII asr rus meʼmorligining nodir yodgorliklaridan biri Ioanna Zlatoust cherkovi, ayniiqsa, serhasham va ko‘rkamdir. Asarda turli meʼmorlik formalari juda yaxshi uyg‘unlashgan va go‘zallik kasb etgan. Semyon Ushakov. XVII asrda Moskva badiiy markazga aylandi.
Rassom, hunarmand, amaliy sanʼat ustalari shu erdagi maxsus «Qurol-yarog‘ palatasi» atrofida birlashgan edilar. Ustaxonada chet eldan kelgan ustalar ham ishlar edi. Bu o‘ziga xos ba­diiy ustaxona Kremlda podsho saroyiga yaqin yerda joylashgan bo‘lib, u asosan, podsho saroyi, podsho oilasi, cherkov, boyarlar hamda boy savdogarlarning buyurtmalarini bajarar edi. Bu erda qimmatbaho va noyob qurollar, ikonalar, mebel, cherkov uchun idish-tovoq, o‘yinchoqlar yaratilar, portretlar ishlanar edi. «Qadimgi Rusning badiiy akademiyasi» deb nom olgan bu ustaxona haqiqatdan ham badiiy maktab vazifasini o'tadi, bu erda ko‘pgina qobiliyatli rus rassomlari, amaliy sanʼat ustalari mehnat qilish va o‘z shogirdlarida xam sanʼatga muhabbat uyg'otishga erishdilar. Shunday samarali ijod qilgan rassomlardan biri Semyon Ushakovdir. Uning ijodida tasviriy sanʼatda shu davrda mavjud bo‘lgan avliyolar qiyofasini real odamlarga o'xshatib ishlash kerakligini yoqlagan sanʼatkorlarning ilg'or dunyoqarashlari o‘z ifodasini topdi.
Rassomning qarashlari uning uncha katta bo'lmagan «Ikona sanʼatini sevuvchilarga maslahat» risolasida ham o‘z ifodasini topdi. Avliyolar tasvirini shartli, haddan ortiq; jiddiy qilib ifodalashni yoqlovchi, ikona sanʼati kanonlaridan tashariga chiqmaslik kerak, degan g'oya tarafdori bo‘lgan sanʼatkorlardan farqli o'laroq, u o‘z ikonalarining hayotiy bo'lishiga, perspektivadan foydalanishga harakat qildi. Avliyolar obrazida konkret, real kishilarni tasvirlashga intila boshladi. Bu xususiyatni uning «Nasajdeniye dereva gosudarstva Russkogo» ikonasida ko‘rish mumkin. Bu yerda podsho, uning qaylig'i va ikki bolasi tasvirlangan.Ushakov devoriy suratlar ishlashga ham rahbarlik qilgan. Uning boshchiligida Moskvadagi qator ibodatxona va saroylar, jumladan, Troiqa cherkovi, Dirrador palatadagi saroy, Kolom­na qishlogidagi saroy devoriy suratlari ishlangan.Ushakov qalamsurat va gravyura sanʼati ustasi sifatida ham samarali mexnat qilgan, moybo'yoqda portretlar chizgan.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling