O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Download 1.14 Mb.
bet4/12
Sana22.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1793936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Akril kislotalar

Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o‘tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralasha-digan, sovitilganda oson kristallanadigan harakatchan suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni beshtadan to‘qqiztagacha bo‘lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo‘lib, suvda yomon eriydi. Yuqori molekular yog‘ kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Bir asosli to‘yingan karbon kislotalarning asosiy fizik xossalari 9-jadvalda keltirilgan. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi.
Kislotalarning molekular massasi ortishi bilan qaynash tem-peraturasi ham ortadi, solishtirma massasi esa kamayadi. Normal tuzilishga ega bo‘lgan kislotalar tarmoqlangan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan, valerian kislota.
1-j a d v a l
Bir asosli to‘yingan kislotalarning fizik xossalari

Kislotaning nomi

Formulasi

Suyuq lanish tempera- turasi, °Ñ

Qaynash


temperaturasi

Solishtirma massasi,

d 204



Sindirish ko‘rsat


kichi,

n 204



1

2

3

4

5

6

Chumoli kislota

H —COOH

+ 8,40

1 00,7

1 ,220

1,3650

Sirka kislota

CH3COOH

+ 16,6

1 18,5

1 ,049

1,3720

Propion

CH3CH2COOH

— 20,7

1 41,1

0 ,992

1,3872

Moy

CH3CH2CH2COOH

— 3,11

1 63,5

0 ,9587

1,3979

Izomoy

CH3—CH—COOH

— 47,0

1 54,4

0 ,949

1,3930

Valerian

CH3


CH3—CH2—CH2—CH2 COOH

— 34,5

1 86,0

0 ,9387

1,4070


Uglerod atomlari soni juft bo‘lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo‘lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi. Kislotalarning molekular massasini aniqlash natijasida suyuq holatda ularning molekula massasi ikki baravar ortiqligi m’lum bo‘ladi. Buning sababi kislota molekulalarining o‘zaro asso-tsilanganligi, ya’ni vodorod bog‘lanish hosil bo‘lganligidir, buning natijasida siklik yoki chiziqli struktura hosil bo‘ladi:

Kimyoviy xossalari. 1. Barcha karbon kislotalar, anorganik kislotalar kabi kislota xossalariga ega bo‘lib, ko‘k lakmusni qizartiradi. Kislota gidroksidining kuchli kislotali xossasi karboksil gruppadagi atomlar elektron zichligining siljishi bilan tushuntiriladi. Karboksil gruppada elektron zichligi elektrofil atomga, ya’ni kislorodga siljigan bo‘ladi. Natijada karboksil gidroksilidagi vodorod bilan kislorod orasidagi bog‘lanish zaiflashadi va, nihoyat, vodorod atomi proton holida ajralib chiqadi, dissotsilanadi.
Karbon kislotalar ham xuddi mineral kislotalar kabi metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil
qiladi:
2R COOH 2Na2R COONa H2
2R COOH Mg(RCOO)2 MgH2
R COOH NaOH R COONa H2O
Karbon kislotalarga fosforning galoidli birikmalari ta’sir ettirilganda shu kislotalarning galoid-angidridlari hosil bo‘ladi.
2.5 Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) reaksiya natijasida o'zgarmaydi.

BaCl 2+ Na2 SO 4 BaSO 4 2NaCl
Boshqa turdagi reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasi o'zgaradi.
Zn 0 + 2 SO Zn 2 SO  0


Zno 2e Zn2 0 2e Си 2


Elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga o'tishi natijasida elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) o'zgaradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo'ladi. Shuning uchun ularning oksidlanish darajasi shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan.
Neytral atomlar elektron yo'qotishi natijasida musbat zaryadlangan ionga aylanadi va nechta elektron bergan bo'lsa o'shancha musbat oksidlanish darajasi namoyon qiladi. Atomlarning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi.

Masalan:
Al o 3e Al 3
Aloksidlanadi.


Cuo 2e Cu2
Cuoksidlanadi.
Atomlar elektron biriktirib olsa manfiy zaryadlangan ionga aylanadi. Bunda atom nechta elektron qabul qilgan bo'lsa uning oksidlanish darajasi shuncha manfiy bo'ladi. Atomning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:
Cl2 2e- 2Cl- (Cl – qaytariladi) S 2e- S-2 (S – qaytariladi)
O'zidan elektron bergan atom qaytaruvchi, o'ziga elektron biriktirib olgan atom esa oksidlovchi hisoblanadi.
Faqat neytral atomlar emas, balki ionlar ham elektron biriktishi yoki berishi mumkin.
Fe3 e- Fe2 (qaytarilish) S-2 - 2e- S0 (oksidlanish)
Qaytaruvchi elektron berganligi sababli, uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati ortadi. Oksidlovchi elektron biriktirib olish tufayli uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati kamayadi. Masalan:
Pb0 2AgNO3 Pb(NO3)2 2Ag0

Pb0 – 2e- Pb2 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi) 2Ag- 2e- 2Ag0 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi)


Demak, oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi yagona jarayondir. Oksidlanish vaqtida qaytarilish sodir bo'ladi, aksincha qaytarilish vaqtida oksidlanish jarayoni ham boradi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling