O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar


Download 1.14 Mb.
bet9/12
Sana22.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1793936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Akril kislotalar

Siqib chigaruvchi reaktorlar
Ideal siqib chigaruvchi model. Ideal siqib chiqarish tartibida, ya’ni oqim holati ideallashtirilganda:
Suyuqlikning normal harakatida, xohlagan ko'ndalang kesimdahajmiy tezlik va suyuqlik xossalari (bosim, harorat, tarkib) bir xil.
Hajmiy tezlikka nisbatan diffuziya e’tiborga olinmaydigan darajada kam.
Birinchi shart shundan iboratki, muhitning barcha elementlari reaktordan bir xil vaqtda o'tadi va R, T va S o'zgarishi ham shunday ketma-ketlikka uchraydi. Ikkinchi shartda esa reagentlar va mahsulotlar molekulalari reaktorda o'tishda muhitning bir elementidan ikkinchisiga diffuziyalanmaydi (elementlar kichik o'tuvchi qobiqlar).
Har bir elementda o'zgarish darajasi bir xil. Shuning uchun bu elementlami sistema bo'ylab harakatlanadigan davriy ishlaydigan miniatyur reaktorlar deb qarash mumkin.
Shunday qilib, siqib chigaruvchi reaktomi elementning siqib chigaruvchi reaktordan o'tish vaqtiga teng reaksiya davomiyligiga ega davriy ishlaydigan sistema parametrlariga ega deb xarakterlash mumkin. Harorat va bosimning o'zgarish ketma-ketligiga ham o'xshash deb qarash mumkin. Biroq shu bilan birga muhit elementi
hajmi har vaqt ham o'zgarmas bo'lib qolmasligiga e’tibor berish kerak.
Uzluksiz ideal aralashtiruvchi reaktor
Uzluksiz ideal aralashtiruvchi reaktor (IAP-U) qorishtirgichli reaktor bo'lib, reagentning unga kirishi va mahsulot chiqishi uzluksizdir IAP-Uga reagent tushishi bilan reaksion massa bilan reaksiyaga tez kirishib konsentratsiyasi o'zgaradi. Chunki aralashmada uning konsentratsiyasi kamayib qolgan boiadi. Tez qorishtirish natijasida hajmi bo'yichamoddalar konsentratsiyasi bir xil boiadi va boshlang'ich moddalar konsentratsiyasi vaqt o'tishi bilan kamayib boradi. Xajmi bo'yichareaksiya tezligi va
o'tish (o'zgarish) darajasi ham bir xil bo’ladi. Kimyoviy jarayonning samaradorligini belgilovchi reaktor ishining eng muhim ko‘rsatkichlari quyidagilar:
Jarayon intensivligini belgilovchi reaktor o'lchami.
Reaktorda kechadigan jarayonning tanlanishi, ya’ni selektivligi.
Mahsulot chiqishi (xom ashyodan foydalanish foizi).
Har bir reaktor harorat, bosim, aralashtirish darajasi va boshqalar bilan farqlanadi.
Farqlanish omillaridan biri jarayonni harakatlantiruvchi kuch (reagentlar konsentratsiyasi) ning reaktor mahsuldorligiga ta’siridir. Bunga asoslanib jarayonning boshqa parametrlari aniqlanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling