O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar
Download 1.14 Mb.
|
Akril kislotalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………
- Kimyoviy xossalari..................................................................
- Ishlab chiqarish texnologiyasi..................................................
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 194-XTF(sirtqi, organika) yo’nalishi talabasining ORGANIK MODDALAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI fanidan KURS ISHI MAVZU: PROPENNI OKSIDLAB AKRIL KISLOTA OLISH TEXNOLOGIYASI Bajardi G’ANIYEV .N Qabul qildi YUSUPOVA.M Urganch-2023 MUNDARIJAKirish………………………………………………………………Asosiy qism………………………………………………………..Tarixiy olish usullari…………………………………………….Kimyoviy xossalari..................................................................Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining turlari………………Texnologik qism………………………………………………….Material balans…………………………………………………..Ishlab chiqarish texnologiyasi..................................................Xulosa.......................................................................................Foydalanilgan adabiyotlar...........................................................KIRISH Xalqimizning bоy intellektual merоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida, zamоnaviy madaniyat, iqtisоdiyot, fan texnika va texnоlоgiyalarning yutuqlari asоsida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekistоn taraqqiyotining muhim shartidir. O`zbekistоn Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy Dasturidagi sermazmun chuqur ma`nоga ega, kelajakni rivоjlantirish maqsadiga bag`ishlangan va asоs bo`la оladigan so`zlar, har biri bu jarayonda ishtirоk etuvchi insоnning qalbidan o`rin tоpib, shu yo`nalishda fidоiy ish оlib bоrishga chaqiradi. Xalq xo‘jaligining yuksalishini kimyosiz, xususan organik kimyosiz tasavvur qilish qiyin. Xo‘jalikning barcha soxalari zamonaviy kimyo fani va texnologiyasi bilan bog‘langan. Kimyoning hozirgi davrdagi rivojlanishi ko'plab organik birikmalar olish bilan bogliq bolgan organik sintez sohasidagi yutuqlar bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtga kelib butun dunyoda muhim kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarga ega bolgan ottiz millionga yaqin organik moddalar sintez qilingan va hali olinishi mumkin bo'lgan birikmalarning soni chegaralanmagan. Kimyoviy laboratoriyalarda kuniga yuzlab yangi moddalar sintez qilinadi. Yangi reaksiyalar kashf qilinmoqda, organik moddalar olishning yangi usullari yaratilmoqda, kimyoviy birikmalarni tadqiq qilishning yangi usullari joriy etilmoqda. Zamonaviy organik sintez kop qirrali va u istalgan organik molekularni olish imkoniga ega. Organik sintez mahsulotlarisiz hozirgi zamonni tasavvur qilish qiyin. Xalq xojaligi tarmoqlari orasida organik moddalar ishlab chiqarish sanoati muhim o'rinni egallaydi. Organik moddalar ishlab chiqarish qadim zamondan malum bolib, xomashyo sifatida osimlik va hayvonotdan foydalanilgan. Masalan, shakar, yog, sovun, spirt va h.k. ishlab chiqarilgan. Oddiy moddalar asosida murakkab organik moddalar sintez qilish XIX asr ortalarida paydo boidi. Organik moddalar ishlab chiqarishuning asosiy manbai neft, tabiiy va yo'ldosh gazlar, toshkomir, yonuvchi slanetslar hisoblanadi. Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining asosiy vazifasi: moddiy, energetik va mehnat resurslarini tejash, yuqori sifatli xom-ashyodan kompleks foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni yaratish; xomashyo va mahsulot yo'qolishini kamaytirish va atrof muhitni himoya qilishdan iborat. Ushbu sanoat tarmog'ining boshqa kimyo sanoati tarmoqlaridan farq qiladigan tomoni - olinadigan mahsulotlarning juda ham turli-tumanligi, ularning sintez qilish reaksiyalari va moddalarni ajratish usullarining xilma-xilligidadir. Ishlab chiqarishuning yirik kolamliligi jarayonlarni avtomatlashtirilganligini ko'rsatadi. Tarmoq yuqori dinamikli bo'lgani uchun yana ham yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni, yangi reaksiyalar yoki katalitik sistemalarni yaratishni talab etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarishni loyihalash va boshqarishda zamonaviymatematik modellashtirish va optimallashtirish usullari keng qollanilmoqda Xomashyo va materiallarga ketgan sarf-xarajatlar mahsulot tannarxini asosiy qismini belgilagani uchun organik moddalar sintezida arzon tabiiy boyliklar neft, tabiiy va yo'ldosh gazlardan foydalanish, atsetilenni etanga va etilenga almashtirish, uglerod oksidi va sintez-gaz asosidagi jarayonlarni rivojlantirish, qimmat oksidlovchilarni (vodorod peroksid, nitrat kislotani) arzon havo kislorodiga va qaytaruvchilarga (vodorodga) almashtirish bilan moddiy resurslarni tejash imkonini beradi. Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatini rivojlanishi uchun bir bosqichli, birlashtirilgan jarayonlar va togri sintez usullari; optimal parametrlarni tanlash bilan jarayon selektivligini oshirish; jixozning ishlab chiqarish quvvatini kotarish bilan birga mahsulot ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash; jarayonni avtomatlashtirish va optimallashtirish; jixozlarning ishlash muddatini uzaytirish; oraliq mahsulotlarni bartaraf etish, ularni kompleks qayta ishlash va energiyani tejash talab etiladi. Material resurslarni tejashda - ayni mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital mablag'larni, yani sexlarni qurilishi va jixozlarni tamirlash sarflarini kamaytirishdan iborat. Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini rekonstruksiyalash bilan mahsulot xajmini oshirishga erishish mumkin. Bu ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash, yani ishlab chiqarish va jixozning solishtirma quvvatini oshirish orqali erishiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling