Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti
-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyati4
Download 0.53 Mb.
|
ŌZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET KODEKSI, UNING MAZMUNI, BUDJET MUNOSABATLARINI
2.1.1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyati4Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo‘lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo‘lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa, davlat boshqaruvi va boshqa davlat ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyatlar faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan markazlashti- rilgan pul mablag‘lari fondidir. Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida esa “davlat byudjeti” iborasi “davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi”24 deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.5 “Public budgeting systems” nomli qo‘llanmada “davlat byudjeti nima?” deb qo‘yilgan savolga “Sodda qilib ta’riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan, oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya’ni daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig‘indisi”, deb ta’rif berilgan. Retrospektiv xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni o‘tgan davr ma’lumotlarini aks ettirishga asoslangan buxgalteriya hisobotidan farqli o‘laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda byudjetning o‘tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanilsada) byudjet – kelgusida kutilayotgan daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko‘rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi. Tarixan, byudjet so‘zi charm karmon, hamyon, sumka ma’nosini anglatgan. Xususan, “Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinchalik byudjet nomini olgan”26. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling