Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, byudjetlararo munosabatlar


Download 0.53 Mb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1626153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ŌZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET KODEKSI, UNING MAZMUNI, BUDJET MUNOSABATLARINI

Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, byudjetlararo munosabatlar







Davlat tuzilishi shakllari
Byudjet tuzilishi. Byudjet tuzilishining qanday bo‘lishi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provintsiyalar, oblastlar, o‘lkalar, yerlar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (8.3- rasm).


2.2.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari


Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Byudjet tuzilishining asosini mamlakatning davlat tuzilishi shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o‘rni belgilab beradi.
Unitar davlatlarda odatda, ikki pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi:

  • davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi);

  • mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali byudjet tizimi shakllanganbo‘lib, quyidagibo‘g‘inlarnio‘zichigaoladi:

    • federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);

    • federatsiya subyekt(a’zo)larining byudjetlari;

    • mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha
byudjet tuzilishi modellari shakllangan:

    • markazlashmagan (nomarkazlashgan) model;

    • markazlashgan model;

    • aralash model.

Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z xarajatlarini to‘liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi.
Byudjet qurilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o‘z xarajatlarini qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari mavjud bo‘lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o‘zidan quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini o‘taydi.
Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida, quyidagi uchta holatning mavjudligiga asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to‘liq bajarish uchun har bir darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta’minlangan bo‘lishi; uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomutanosiblikni byudjet transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida davlat xizmatlarining bir xildagi standartini ta’minlash.
Lekin jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini yaratishga muvaffaq bo‘linmagan. Mam- lakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy
omillarning ta’sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo‘lib, ular bir- biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko‘p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan modellarga ham zid keladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling