Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti
Download 0.53 Mb.
|
ŌZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET KODEKSI, UNING MAZMUNI, BUDJET MUNOSABATLARINI
Byudjet tizimi. Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng va tor ma’nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar berilgan:
Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishi shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar shuningdek, har bir byudjet bo‘g‘iniga tegishli bo‘lgan soliq va yig‘imlar markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig‘indisidan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan 6-moddasida: “Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi”32, - deb ta’rif berilgan. Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakat ma’muniy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar yig‘indisidan iborat. O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi” Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat33: Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi–byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi. Byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi – byudjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‘z byudjetiga ega bo‘lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo‘g‘inini tashkil qiladi. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi prinsipi –byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishini, shu bilan birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag‘lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko‘ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling