1.2.1-jadval MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot
№
|
MDHdavlatlari
|
Byudjet kodeksining mavjudlik holati
|
1.
|
Armaniston
|
mavjud emas
|
2.
|
Belorussiya
|
mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan
|
3.
|
Moldaviya
|
mavjud emas
|
4.
|
Ozarbayjon
|
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
|
5.
|
Rossiya
|
mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan
|
6.
|
Tojikiston
|
mavjud emas
|
7.
|
Turkmaniston
|
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
|
8.
|
Ukraina
|
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan
|
9.
|
Qozog‘iston
|
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan
|
10.
|
Qirg‘iziston
|
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
|
11.
|
O‘zbekiston
|
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan
|
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘zgartirishlar va yangiliklar ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida joriy etilgan bo‘lib, ularda mamlakatimiz byudjet tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‘nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlar. Masalan, nomi keltirilgan o‘quv qo‘llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”, - deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems” nomli qo‘llanmada keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va mas’uliyatga chaqirishga bo‘lgan intilish bilan bog‘liq”3.“Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin”.
Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning:
iqtisodiy kategoriya sifatida;
moddiy tushuncha sifatida;
huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan (2.1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |