O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi


Download 123.42 Kb.
bet3/14
Sana21.06.2023
Hajmi123.42 Kb.
#1642770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Javohir Nuridinov MD.

Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi.
Tagor ijodini toʻlaqonli oʻrganish chet el olimlari tomonidan , xususan Hogan, P. C.; Pandit,4 L. (2003), “Rabindranath Tagore: Universality and Tradition”, (“Robindranat Tagor: Umumbashariylik va An’ana”), Dyson, K. K.5 (2001), "Rabindranath Tagore and His World of Colours", (“ Robindranat Tagor va uning ranglar dunyosi”), Tony K.Steward va Chase Twichell6 bilan hammualliflikda Rabindranath Tagore : “Lover of God” ( Robindranat Tagor: “ Xudoning suyukligi”) Kalyan Sen Gupta “The philosophy of Rabindranath Tagore”, ( “Robindranat Tagor falsafasi” ), S. K. Paul. The Complete Poems of Rabindranath Tagore's Gitanjali: Texts and Critical Evaluation.7 Rus olimlaridan T.G. Skoroxodova, “Понимание Другого и диалог в философии Бенгальского Возрождения” (“Bengal Uyg'onish davri falsafasida O‘zgani tushunish va dialog”) asarida, Bengal Uyg‘onish davrining yetakchi mutafakkirlari Ram Mohan Roydan boshlab, Aurobindo Ghosh va Rabindranat Tagorgacha bo'lgan davr qarashlari asosida boshqa sivilizatsiyalar, madaniyatlar, dinlar, jamiyatlar va institutlar haqidagi tushunchalarni qayta qurishni taklif qiladi va “Hindistonning kashfiyoti” va O‘zlikni anglash, O‘zgalarni anglashdan va zamonaviylashayotgan dunyoda Hindistonning yangi falsafa hayotini yaratish kerakligini ta’kidlaydi. M.I Tubyanskiy, “Рабиндранат Тагор и его творчество”8 ( “Robindranat Tagor va uning ijodi” ) asarida, uning badiiy uslubining xususiyatlarini ochib berdi, dunyoqarashini tushuntiradi. R. Tagor asarlari, ayniqsa, uning she’riyati, falsafasini bilmay turib tushunib bo’lmasligi aytib o‘tgan.
O‘zbek adabiyot tarixida Abdulhamid Cho‘lpon birinchilardan bo’lib, Tagorning asarlarini , xususan ko‘plab kichik hikoyalarini rus tilidan tarjima qiladi. Shuningdek, Abdulla Qahhor, To’xtasin Jalilov uning romanlarini rus tilidan tarjima qiladi.
Shoir ijodiy merosini oʻrganishda Qodir Mirmuhamedov, Amir Fayzulloh, Ibrohim Haqqul,kabi olimlarning alohida oʻrni bor.
Yuqorida keltirilganlar koʻrinib turibdiki, Tagorning poeziyasini oʻrganish boʻyicha bugungi kunda ham bu ishlar davom ettirilmoqda. Biroq, adib asarlari falsafiy jihatdan o‘zbek tilida keng yoritilmaganligi achinarli hol hisoblanadi.

Download 123.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling