O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Robindranat Tagor diniy-falsafiy qarashlarida konseptual masalalar
Download 123.42 Kb.
|
Javohir Nuridinov MD.
Robindranat Tagor diniy-falsafiy qarashlarida konseptual masalalar
Bir kun kelarki, taqdir karvonining burilish payti inglizlarni o‘zlariga qarashli Hindiston imperiyasini tashlab ketishga majbur qilar. Lekin ularning qoldirib ketadigan Hindistoni qanday Hindiston bo‘larkin? Ular qanday mudhish qashshoqlikni meros qoldirarkinlar? Ularning bir asrdan ko‘proq davom qilgan hukmronlik to‘lqinlari pasayganda qancha balchig‘u qancha vayronalar qolarkin? Yoshlik chog‘imda men madaniyat beshigi bo‘lish Yevropa peshonasiga yozilgan, deb astoydil ishonib yurardim. Lekin bugun hayot bilan vidolashayotgan kunlarimda bu ishonchim yo‘qoldi… Hozir men so‘nggi sayohatimga tayyorgarlik ko‘ryapman. Men o‘zimdan keyin nimalarni qoldiraman? Kulbai vayronalar, bir zamonlar g‘urur manbai bo‘lgan madaniyat qoldiqlarinimi? Lekin insonga ishonmaslik juda katta gunoh, binobarin, bunday gunoh ishga qo‘lim bormaydi! Kataklizmdan keyin, muhit tozalangandan keyin dog‘ tegmagan yangi tarix sahifasi boshlanishiga va tong Sharqdan, quyosh chiqadigan joydan boshlanishiga iymonim komil. Adibning adabiy kotibi Amii Chakravarti shoir “asarlarining oddiy bengalliklarga ma’qul kelgani va ular bu she’rlarni xalqniki sifatida qabul qilganliklari”dan xursand bo‘lganini ta’kidlaydi. “Uzoq hind qishloqlarida garchi muallifning kimligini bilishmasada, shoir she’rlarini qo‘shiq qilib kuylashardi, bor ovozda o‘qishardi, paromdagilar, poda boquvchilar, qishloq xo‘jaligida ishlovchilar uni ko‘p asrlik madaniy boylikning bir qismi bo‘lgan shoirona sovg‘a sifatida qabul qilishardi…”, deydi u. XVIII asrning 70-80-yillarida ingliz mustamlakachilariga qarshi Bengal dehqonlarining dastlabki katta qo‘zg‘olonlari bo‘ldi. Keyin asta-sekin butun Hindiston zulm-zo‘rlikka qarshi kurash, hujumkor qo‘zg‘olonlar o‘chog‘iga aylana bordi. Mamlakat boyliklarining talanishi, milliy g‘ururning yanchilishiga hind xalqi ortiq toqat qilolmay qoldi. Hindistondagi milliy uyg‘onish harakatlari 90-yillardan so‘ng Tagor ijodiyotida ozodlikning yangi ufqlarini ochdi, yangi-yangi g‘oyaviy to‘lqinlar olib kirdi. U hind badiiy tafakkurini yangi va yuksak pog‘onaga ko‘tarishda So‘zni vijdon ovoziga aylantirgan adib. Tagorning ijod tajribalari, boshdan-oxir Haqiqat va Jasorat tajribalari. Tagorning jasorati bosqinchilikka qarshi chiqishdanmas, bosqinchilarni tanishdan boshlanadi. “Bosqinchilar juda ko‘p dunyoga kelib turadi, – degan edi adib, lekin ularni birdaniga payqash mumkin emas, zamon va makon jihatidan sharoit bo‘lmagandan keyin ular ko‘p vaqtgacha o‘zlarini bildirmasdan yuradilar”. Lekin ingliz mustamlakachilarining asl basharalarini tanishda Tagor hech payt xato qilmagan. Bunda u tug‘ilib voyaga yetgan oila muhitining roli va ta’siri ham juda katta edi. Tagor “Muddao” to‘plamidagi she’rlaridan birida quyidagi hasrat so‘zlarini bitgan edi. G‘aflat uyqusida yotibdi yurtim Bejon va behush... Hayot daryodagi ojiz qayiqday Suzar mayoqsiz... Xo‘sh, bir vaqtlar shu qadar g‘aflatga cho‘kkan Hindiston o‘z erki, ozodligini inglizlarning yovuz panjasidan qanday qilib tortib oldi? Buning sabablari ko‘p. Men shulardan bitasini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Abdulla Qahhor Tagorga bag‘ishlangan maqolasida yozgan: “Mustamlakachilik faqat mamlakatni g‘orat qiladi, shunday qiladiki, qul hayotini kechirayotgan, insonga nomunosib hayot kechirayotgan odamda shu hayotga qarshi norozilik, isyon ruhi butkul so‘nadi43”.Isyon ruhidan mahrum olomonni xohlagancha ezish, istalgan yo‘lda tahqirlash mumkin. U chidayveradi. Chidam – erksizlikning ikkinchi bir nomi. Chidam – yurt tuyg‘usi toptalgan xalqning yashash tarzi, qon-qoniga singib ketgan manfur odati.Tagor har bir asarida ana shu odatning ildiziga bolta urgan. Qul hayotini kechirayotgan yurtdoshlariga nodonlik, g‘ofilliklarining tub sabablarini obrazli manzaralarda tasvirlab ko‘rsatgan. Hindlar ingliz mutamlakachilari ustidan birdaniga g‘alaba qilgani yo‘q. Buning uchun ikki asrlik uzoq muddat kerak bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida hind xalqi, avvalo, o‘zining ustidan o‘zi g‘oliblikka erishdi. Ya’ni, tafakkur taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan qoloq aqida va an’analarga keskin barham berildi. Qo‘rqoqlik, mo‘telik so‘qmoqlaridan jasorat va milliy g‘urur yo‘llariga chiqildi. Tagorga bag‘ishlangan adabiyotlarda qayd etilishicha, uning bobosi Dvarkanatx XIX asr boshlarida yashagan hind ma’rifatparvari Ram Moxan Royning yaqin do‘sti va safdoshi bo‘lgan. Yozuvchining otasi, akalari, onalari dunyoqarashlari keng, bilimdon va talantli kishilar edilar. Tagor xotiralar kitobi va maqolalarida otasi to‘g‘risida ko‘pgina minnatdorchilik so‘zlarini yozib qoldirgan. U bir o‘rinda ko‘r-ko‘rona inglizparastlik avj olgan sharoitlarda ham otasi bolalarini ajnabiy maktablarda o‘qitmaganligi, agar shunday hodisa sodir bo‘lganida, birinchi darsdayoq o‘ttiz ikki ma’naviy tishidan ajralishi mumkin ekanligini gapirgan. Ona tiliga muhabbat va e’tiqod yozuvchida mana shunday boshlangan. Va u so‘nggi nafasigacha bengal tilining erki hamda rivoji uchun tinimsiz kurashgan. Bugina emas. Mustamlakachilar hind xalqi orasida o‘z tillarining mavqeini ko‘tarish orqali “qoni va tanining rangi bo‘yicha hindi”, lekin “didi, axloqi va aqlining xususiyati bo‘yicha g‘irt ingliz bo‘lgan” ziyolilar tabaqasini yuzaga keltirishdan g‘oyatda manfaatdor edilar. Bu – ularning ta’lim-tarbiyadan ko‘zlagan ichki siyosatlari bo‘lib, bunday nayranglarni ham Tagor ayovsiz fosh qilgandi. Shuning uchun Tagor dunyoqarashida milliy tilga ehtirom – millatga, vatanga, tarix va kelajakka sadoqat bilan teppa-teng tushunchadir. Mana, ko‘kda quyosh. U bor. “Ammo uning fayzi yo‘q”. Mana, tungi oy. Uning o‘zi boru, ammo nuri so‘niqdir”. Xonadonlarda hayot kezib yurganday. Biroq baxt yo‘qdir ularda. Bir zamonlar ulug‘ Hindiston Tagorning ko‘z o‘ngida mana shunday manzaralarda gavdalanib turgan. U o‘z asarlarida baxtsizlikning hind xonadonlarida bekinib olish sabablarini chuqur tekshiradi. Xalq ongidagi qoloqlik va nodonlik illatlari ham shu baxtsizlikning uzayishiga xizmat qilayotgaligini yozuvchi juda ko‘p o‘rinlarda haqqoniy e’tirof etadi. Uningcha, eskirgan qarashlar, allaqachon umrini yashab bo‘lgan urf-odatlar tuzog‘idan qutila olmagan xalq bamisoli oqishdan to‘xtayotgan daryodir: Ado bo‘lar qotib qolgan xalq, An’analar botqog‘i aro… Tagor ulkan ruhiyatli shoir. Nasrda ham u shoirlik ehtirosiga sodiq qoladi. Yozuvchining ko‘pchilik hikoyalaridagi ma’nolar she’riy ohanglar bag‘ridan joy topganday. Umrida Gangni ko‘rmagan odam ham Tagor romanlaridagi ohanglarda bu azim daryoning qudratli oqimi va undagi erkinlikni tasavvur eta oladi deb o‘ylayman. “Adabiyot so‘z bilan ifoda qilolmagan narsasini ohang bilan ifodalaydi. Ohang so‘zlardagi g‘am-g‘ussalarga jon bag‘ishlaydi”, – degandi u. Adib ohang orqali so‘z va suvratlarni jonlantirish uslubidan ijodida keng foydalangan. Bu “uslub”ni qo‘llash uning qalb ehtiyoji. Balki shuning uchun Tagor tasviridagi tabiat manzaralari, romantik xayollar, ruhiy suvratlar rangin bo‘yoqlari bilangina emas, musiqiy ohanglari bilan ham favqulodda umidbaxshdir. Ammo eng umidbaxshi, u yaratgan qahramonlar qalbidagi E’tiqod ohanglari. Ularning tomirida xun talashgan Vijdon tovushlaridir. Tagor ingliz mustamlakachilariga qarshi kurash quroli tarzida ikki narsaga qayta-qayta urg‘u beradi. Bulardan biri – erkin Ruh. Ikkinchisi – ma’rifatli Aql. “Bizning yurtimiz Aql hurligidan allaqachonlar judo etilgan. U faqat saltanatini emas, savollar bermoq shijoatini ham yo‘qotdi”. Bu – Tagorning so‘zlari. Xuddi shu parokandalik va aqliy tanballik mamlakatda tafakkurli kishilarning ozayib ketishiga sabab bo‘lgandi. Fikrli odamlarning borlari ham “yangi haqiqatlarni axtarish bilan emas, eski aqidalar muhofazasi bilan” band edilar. Yozuvchini qiynagan katta muammolardan biri mana shudir. Tagorni san’atkor “tabib” deb ta’riflash joiz. Uning asarlari inson ruhi xastaliklari va qalb jarohatlarini davolashga xizmat etishi bilan g‘oyatda e’tiborli. Tagor tushunchasida bosqinchilik yuzaga chiqargan “tashabbus”, kelgindilar olib kelgan tartib-qoidalar xalq axloqi va ma’naviy sog‘lig‘ini yemirib, hind Ruhini majruhlantiradigan kasallikday narsalar edi. “Gourmahon” romanining qahramoni Gora qaysidir fazilatlari bilan Shoshibushonga yaqin va maslakdosh. U ham Shoshiga o‘xshab nurga, ziyoga talpinadi. Biroq “Chin Hindiston siymosi, ulug‘vor Hindiston siymosi”dan uning qalbi va hayot yo‘li butkul munavvardir. U e’tiqodda sobit. “Hindistonning nimaligiga aqling yetadimi? Uni qanday bo‘lsa shu holicha tasavvur qila olasanmi? Mana, sen kecha-kunduz shu Hindistonni deb ishlaysan, qani ayt-chi, bu Hindiston o‘zi qanaqa?” Bunday savollarga Gorada javoblar aniq. Uning ulug‘ maqsadi, birinchi galda, ona xalqini aqli pastlik va jaholat botqog‘idan qutqarish. Buningsiz u ozodlikni tasavvur etolmaydi. U bag‘rida kelishuvchanlik, zarracha bo‘lsin, haqsizlik tuyg‘ularini yashirgan Aqlga inonmaslikka chaqiradi. Chunki bunday Aql tashqi voqelikdagi aldov va yovuzliklar bilan olishuvda ham mug‘ombirlik qiladi. Gora inglizlarning g‘oyalarini qabul qilishni xo‘rlik hisoblamaydi, ammo, ayni paytda bu g‘oyalar xalqning o‘z qadr-qimmatini his qilishga yordam berolmasligini teran bilardi. Bilgani uchun ham maskanlar va “ertalab soat o‘ndan kech soat beshgacha “qo‘l” bo‘shamaydigan joylarda – mahkama va korxonalarda Hindiston yo‘qligini kuyinib so‘zlagan. Download 123.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling