O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi
Download 123.42 Kb.
|
Javohir Nuridinov MD.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot ishining metodologik asosini antropologiya, din, axloq va ma’naviyat, barkamollikka erishgan inson, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hurfikrlilik, ozodlik, erksevarlik, hayot mazmuni muammolariga bagʻishlangan falsafa, metodologiya, tarix va ilmiy falsafaga oid klassik asarlar tashkil etadi. Tadqiqot davomida qiyosiy va qiyosiy tahlil usullaridan qoʻllanildi. Tadqiqot jarayonida dialektika, germinevtika, sinergetika usullaridan foydalanish bilan birga, uning ob’yektivlik, mantiqiylik va tarixiylik tamoyillariga tayanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotda faylasufning asarlaridagi falsafiy konsepsiyalari tahlil qilindi. Nazariy jihatdan ishning ahamiyati – Sharqda qarashlarning, xususan, Tagor ijodida uni qanday shakllantirilgani ochib berildi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati shundaki, kelajakda amalga oshiriladigan ilmiy maqolalar, dissertatsiya ishlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarida undagi olib borilgan taqiqotlardan ilmiy material sifatida keng foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot an’anaviy tarzda kirish, ikkitadan paragrafni oʻz ichiga olgan uchta boʻlim va har bir bob boʻyicha xulosalardan tashkil topgan asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, shuningdek, ilovadan iborat. I BOB. ROBINDRANAT TAGOR DINIY-FALSAFIY QARASHLARINING SHAKLLANISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI . Robindranat Tagorning hayoti va ijod yo‘li Rabindranat Tagor hind adabiyotining eng yirik san’atkorlaridan biri. Tagorni dunyo biladi. Buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, faylasuf, ma’rifatchi va tengsiz vatanparvar sifatida Tagor jahon fuqarosidir9. . Hindistonning buyuk yozuvchisi, adib, mutafakkir, shoir, kompozitor, pedagog va Nobel mukofoti sovrindori R. Thokur 1861- yil 7- mayda Kalkutta shahrida badavlat, o‘qimishli oilada o’n to’rt farzandning kenjasi bo’lib dunyoga kelgan. Otasi Maharishi Debendranat Tagor brahman bo’lib Hindistondagi muqaddas qadamjolarni tez-tez ziyorat qilib turardi. Onasi Sarada Devi Tagor o’n to’rtga kirganida olamdan o’tgan10. Onasidan ayrilgach o’smir yigit o’zini yolg’iz his qilar va odamovi bo’lib qolgandi. Rabindranat sakkiz yoshidan she’r yoza boshlagan, avval uyda o’qigan, keyin xususiy maktablarda, jumladan, Kalkuttadagi Sharqiy seminariyada, Bengal akademiyasining pedagogika bilim yurtida tahsil olgan11.Ushbu bilim yurtida Bengal tarixi va madaniyatini o’rgangan. 1873 yilda Shimoliy Hindiston bo’ylab otasi bilan sayohatga chiqqan bola olam go’zalligi, ko’p asrlik madaniy merosdan hayratga tushadi12. Thokurlar xonadonida hur fikrli ijodkorlar tez-tez to‘planib turar edilar. Shu sababli Rabindranatda ijodga havas erta uyg‘ondi. Ingliz tilini puxta o‘rganib olgan adib 1878 yilda Angliyaga o‘qishga keldi va bir yarim yildan so‘ng advokat bo‘lishdan voz kechib, vataniga qaytadi va ijod bilan shug‘ullanadi.1878 yilda Tagorning “Shoirning taqdiri” dostoni bosilib chiqqan. 1883 yilda Mirinalini Deviga uylanadi. Ular ikki o’g’il va uch qizli bo’lishgan13.1890 yildan Rabindranat otasining istagi bilan Sharqiy Bengaliyadagi Shelayxo qo’rg’onida joylashgan oila mol-mulkini boshqara boshladi.U bu yerdan oqib o’tuvchi Padma daryosi ustida qurilgan uy va xos hovlida yashar edi.Shoirning 1893-1900 yillarda yaratilgan she’rlarida asosan qishloq manzaralari va odatlari ustuvorlik kasb etgan.Ular orasida 1894 yilda e’lon qilingan “Oltin qayiq”, 1900 yildagi “Bir lahza” to’plamlarini aytib o’tish mumkin.O’sha paytlar haqida shoirning o’zi shunday degan edi: “Bu mening adabiyot olamidagi hayotimning eng samarali payti bo’lgan edi...”14 Inson hayotining vaqt oqimidagi majozi, ya’ni “oltin qayiq” obrazi Tagorning keyingi asarlarida ham uchraydi.1901 yilda Tagor Kalkutta yaqinidagi Shantiniketon («Tinchlik o‘chog‘i»)ga, xonadonning shu yerdagi mol-mulkiga ko’chib keldi va besh nafar o’qituvchi bilan birlashib maktab ochdi15.Buning uchun uning xotini barcha qimmatbaho buyumlarini, o’zi esa asarlarini nashr qilish huquqini sotishiga to’g’ri keldi.Bu yillari adib ijodiy faoliyatini o’qituvchilik bilan qo’shib olib bordi, nafaqat she’r, balki romanlar, hikoyalar, Hindiston tarixi haqida kitoblar, pedagogika mavzusidagi o’quv darsliklari va maqolalar ham yozdi. 1902 yil Tagorning xotini, otasi, oʻgʻli olamdan oʻtadi. 1903 yilda shoirning bir qizi sil kasalidan, 1907 yilda esa kenja o’g’li vabo xastaligidan vafot etishgan. Uning bu musibat va iztiroblari "Xotira" (1903), "Farzand" (1903), "Parom" (1906) sheʼriy toʻplamlarida aks ettirilgan. Hindistonda yuz berayotgan milliy ozodlik harakatining barcha jarayonlarida ko’zga ko’rinarli va mas’ul rolni o’ynaganlardan biri Rabindranat Tagor edi. U bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan hech qachon chetda qolib ketmadi va ularda faol ishtirok etdi. Bo’layotgan jarayonlarga nisbatan o’z munosabatini bildirdi. 1915 yilda Tagor ritsarlik unvonini oldi, biroq oradan to’rt yil o’tgach, Amritsardagi tinch namoyishchilar Britaniya qo’shinlari tomonidan o’qqa tutilganidan so’ng bu unvondan voz kechdi16.So’nggi o’ttiz yil davomida Tagor Yevropa, AQSh, SSSR, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Amerika va Yaqin Sharq bo’ylab safarlarda bo’ldi17. Uning 68 yoshidan boshlab chizgan rasmlari Myunxen, Nyu-York, Parij, Moskva va dunyoning boshqa shaharlaridagi ko’rgazmalarda namoyish etilgan. Tagor yigirmanchi yillar oxirigacha g’arbda mashhur bo’lgan bo’lsada, uning ijodiga bo’lgan qiziqish vaqt o’tib anchagina pasaydi.O’zining Tagor haqidagi risolasida Meri Leygo buning ikki sababini keltiradi. “Birinchidan, Tagor asarlarining ingliz tiliga (albatta o’zidan boshqalar tomonidan qilingan tarjimalar) o’girilgan variantlari ularning asl mohiyati va go’zalligini to’laligicha yetkazib bera olmaydi, ikkinchidan, uning ilk she’riy asarlari va oxirgi kitoblari ingliz tiliga umuman tarjima qilinmagan va ularni faqatgina bengal tilida so’zlashuvchi kitobxon biladi xolos”. Rabindranat Tagor— hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Angliyada chiqadigan "Gyanankur" va "Bharati" jurnallarida dastlabki sheʼr, doston va maqolalari bosib chiqarilgan (1875- yildan). Vataniga qaytgach (1880), "Valmika dahosi" (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk sheʼriy to’plami — "Oqshom qoʻshiqlari" (1882) panteistik ruhda yozilgan. "Tabiat intiqomi" (1883) pyesasi, "Tonggi qoʻshiqlar" (1883), "Suratlar va qoʻshiqlar" (1884) sheʼriy toʻplamlarida pok muhabbat ulugʻlangan. "Bibha sohili" (1883) va "Donishmand roja" (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. Tagor 1884-1911-yillarda "Brahma Samaj" diniy-maʼrifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongresining 2-kongresi (1886) ishlarida faol qatnashgan. Uning "Chitra" (1896), "Lahza" (1900) sheʼriy toʻplamlari, "Raja va Raniy" (1889), "Qurbonlik" (1890), "Chitrangoda" (1892), "Malini" (1895) falsafiy dramalari va "Hisoblar" (1891), "Jazo" (1893), "Nur va soyalar" (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan. "Shadhoda" jurnalida siyosiy va ijtimoiy maqolalari chop etilgan. 1921 yilda Vishvabharati universitetiga asos solgan. "Koʻzga tushgan choʻp" (1902), "Halokat" (1905) romanlari va "Buzilgan uya" (1903) qissasi bilan bengal adabiyotida maishiy-psixologik roman janrini boshlab berdi. "Gora" romani (1907 – 10), "Qasos" (1905) dramasi va "Pochta" (1912), "Konservatizm qalʼasi" (1912) pyesalarida Tagor Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan boʻlishidan qatʼi nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga daʼvat etadi. "Gitanjali" ("Baxshida qoʻshiqlar", 1910) sheʼriy toʻplami uchun unga nufuzli “Nobel” mukofot berilgan. "Turnalar parvozi" (1914 – 16) sheʼriy turkumi shoirning Gʻarb mamlakatlariga qilgan safari, 1-jahon urushi va insoniyat taqdiri haqidagi oʻylarini aks ettirgan. "Toʻrt hayot" (1916) qissasi, "Xonadon va jahon" (1915 – 16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bagʻishlangan. 30 yillarda Tagorning siyosiy qarashlari yanada oʻsadi, u oʻz ijodida milliy ozodlik harakatiga eʼtibor qaratadi. Bu davrda "Intiho haqida doston" (1929), "Toʻrt qism" (1934) romanlari, "Yaproqlar" (1936), "Tungi sham" (1938), "Soʻnggi sheʼrlar" (1941) sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. Tagor 30-yillarda badiiy asarlar bilan bir qatorda koʻplab darsliklar, falsafa va din boʻyicha ilmiy risolalar yozdi, milliy ozodlik harakati masalalarini adabiyotda yanada kengroq yoritishga katta eʼtibor berdi, hind sheʼriyatida yangi siyosiy janrni yaratdi ("Afrika", 1936; "Budda ixlosmandlari", 1937 va b.). Tagor ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, sheʼriyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida xal qiluvchi rol oʻynagan. U oʻz sheʼrlariga musiqa bastalab, ommaviy qoʻshiqlar yaratgan. Asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan. Tagorning "Halokat" romani asosida tayyorlangan "Gang daryosining qizi" dramasi (1956) va "Pochta" pyesasi (1961) hozirgi Oʻzbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. "Uzbekfilm" kinostudiyasi "Gang daryosining qizi" filmini yaratgan (1961). Sakkiz jildlik asarlar toʻplami (1958 – 65) oʻzbek tilida nashr etilgan. Shoirning «Oqshom qo‘shiqlari» deb nomlangan birinchi she’rlar to‘plami 1881 yilda nashr etilgan. «Hindistonning vijdoni» deb nom olgan R. Thokurning «Janganamana» ("Xalq qalbi"1911) qo‘shig‘i ozod Hindistonning davlat madhiyasiga,vatanparvarlik haqidagi "Mening oltin Bengaliyam" qoʻshigʻi (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. «Gitanjali» nomli she’rlar to‘plamini 1912 yilda adibning o‘zi ingliz tiliga tarjima qilgan. Download 123.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling