O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Download 123.42 Kb.
bet5/14
Sana21.06.2023
Hajmi123.42 Kb.
#1642770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Javohir Nuridinov MD.

Asarlari: «Nur va soyalar» (1894), «Mohamayya», «Tonish», «Daftarcha», «Meros», «Hisob-kitob», «Ayol maktubi» kabi hikoyalari, «Halokat» romani (1902), «Ko‘zga tushgan qum», «Gora», «Donishmand roja» (1887), «Gaurmaxon» (1910), «Xonadon va jahon» (1916), «Uch avlod» (1928) kabi romanlari va boshqalar.
Hindistonlik tadqiqotchi Krishna Kripalani “Tagorning eng asosiy buyukligi uning hind madaniyati rivojiga qo’shgan turtkisi bilan izohlanadi. U o’z xalqiga, o’z tiliga, madaniy va ma’naviy merosiga bo’lgan ishonchni paydo qildi...”
Adibning adabiy kotibi Amii Chakravarti shoir “asarlarining oddiy bengalliklarga ma’qul kelgani va ular bu she’rlarni xalqniki sifatida qabul qilganliklari”dan xursand bo’lganini ta’kidlaydi. “Uzoq hind qishloqlarida garchi muallifning kimligini bilishmasada, shoir she’rlarini qo’shiq qilib kuylashardi, bor ovozda o’qishardi, paromdagilar, poda boquvchilar, qishloq xo’jaligida ishlovchilar uni ko’p asrlik madaniy boylikning bir qismi bo’lgan shoirona sovg’a sifatida qabul qilishardi...”, deydi u.
Tagor Hindistonning to’rt universiteti, Oksfort universitetining faxriy doktorligi unvoniga sazovor bo’lgan. Buyuk mutafakkir og‘ir xastalikka chalinib, 1941 yil 7 avgustda Kalkuttada vafot etgan. Abdulhamid Cho‘lpon u haqda maqolalar bitgan.
Tagor yigirmanchi yillar oxirigacha g‘arbda mashhur bo‘lgan bo‘lsada, uning ijodiga bo‘lgan qiziqish vaqt o‘tib anchagina pasaydi. O‘zining Tagor haqidagi risolasida Meri Leygo buning ikki sababini keltiradi. “Birinchidan, deb yozadi u. – Tagor asarlarining ingliz tiliga (albatta o‘zidan boshqalar tomonidan qilingan tarjimalar) o‘girilgan variantlari ularning asl mohiyati va go‘zalligini to‘laligicha yetkazib bera olmaydi, ikkinchidan, uning ilk she’riy asarlari va oxirgi kitoblari ingliz tiliga umuman tarjima qilinmagan va ularni faqatgina bengal tilida so‘zlashuvchi kitobxon biladi xolos ”.
Tago‘rning eng katta va Sharq ruhi bilan G‘arb asosini birlashtirgan asari “Shanti nekiton”da ochqon maktabidir. U maktab 1901 nchi yildan beri davom qiladir va o‘zi o‘rmonlar orasida, otasining yolg‘iz qolib o‘ylashni sevgan joyida ochilg‘ondir. Daraxtlar orasiga tomi maysa ko‘katlardan yopilg‘on olachiqlar (kapalar) tikilgan, ular — shogirdlarning yotoqxonalaridir; muallimlarning uylari ham o‘shanda, shogirdlarning adadi 200 ga yetadir. Maktab tamoman hind tarzidadir, o‘qitg‘uchi va o‘qig‘uvchilar — kiyim, yashash, urf-odat va anglash jihatidan asl hindilardir. Darslar ochiq havoda bo‘ladir. U maktabga Angliya hukumati moddiy yordam bermakchi bo‘lg‘onda Tago‘r rad qilg‘on va muning sababini shoirning o‘zi bir ziyoratchiga tinch bir jilmayish bilan jilmayib turub, mana munday ko‘rsatgan: “Ular mening bolalarimni iskamiya (kursi) larda o‘lturishqa majbur qilar edilar, mening fikrimcha ular daraxtlar ostida va bo‘yralar ustida o‘lturub o‘qusalar yana, yaxshiroqdir”. Maktabda shu milliy xususiyatlardan boshqa bu kungi G‘arb maktablarining mehnat va muxtoriyat asosi ham tatbiq qilinadir. Chunonchi uy ishlarining hammasini — to kir yuvishgacha bolalarning o‘zlari qiladilar, ro‘zg‘or, xo‘jalik ishlarini bolalar orasidan saylang‘on qo‘mita bajaradir, maktab mudirini ham muallimlar o‘z oralaridan saylaylar. Tartib va intizomni kattalar sudi bilan kichiklar sudi amalga qo‘yadir va ikkalasi ham saylanib qo‘yiladir.18
O‘zbek milliy adabiyotida Tagorni qanchalik tanishadi? “Hindiston va balki butun dunyoning bu kungi ulug‘ adib va shoiri bo‘lg‘on Rabindranat Tago‘rni madaniy olamning hammasi taniydir. Madaniy olamga nisbatan ancha ketda bo‘lg‘on bugungi turk-totor sho‘ro jumhuriyatlari xalqlari ham uni anchadan beri taniydirlar”19. Cho‘lpon Tagor ijodiga munosabat asnosida o‘zbek adabiyotining rivoji qay yo‘ldan borishi kerakligi haqida qimmatli mulohazalarini bayon qiladi. “Yo‘lsizlik”dan qutilish chorasini izlaydi. Cho‘lpon Tagordek buyuk san’atkorlar tajribasidan kelib chiqib, yangi o‘zbek adabiyotini yaratish masalasini yechishga harakat qiladi.




    1. Download 123.42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling