O‘zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innоvatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagоgika instituti magistratura bo‘limi
Download 0.96 Mb.
|
RO‘ZIYEVA JANG’ILОY BAXОDIRОVNA aaa060623
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debrifing bosqichlari
Didaktik o‘yin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yangi bilimlarni amalda tez va oson o‘zlashtirilishida didaktik, ijroli-voqeaband, xalq o‘yinlarining roli katta bo‘lib, ta’limiy xarakterda yoki boshqa shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘yin ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
M.Daminova va T.Adambekovalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan pedagoglarga taqdim etgan “O‘yin mashg‘ulotlari” nomli metodik qo‘llanmasida o‘yinga shunday ta’rif berilgan: “...o‘yin bola hayotining uzviy qismidir. O‘yin orqali bola bilim va ma’lumot oladi. Atrofdagi muhit bilan, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, qush va hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi bilan tanishadi. Inson faoliyati, mehnati, turmushidan boxabar bo‘ladi. O‘yin jarayonida bola faqat tashqi muhit hodisalari bilan tanishib, uni his etib qolmasdan, balki bu voqea-hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi. Uning yaxshi va yomonligini, maqbul yoki nomaqbulligini, yoqimli yoki yoqimsizligini farqlaydi...”. O‘yinga berilgan tashbehning nihoyatda to‘g‘riligini e’tirof etgan holda, unga o‘yin – bu bolaning atrof-muhitni o‘zicha tasavvur qiladigan dunyosi. O‘yin maydonini kichik insonlarning o‘zlari uchun noma’lum bo‘lgan barcha narsani aql va tajriba elagidan o‘tkazib, undan zarur xulosalar chiqarib olishi uchun yaratilgan imkoniyat, muhim “tajriba poligoni” sifatida baholash mumkin. Debrifing- inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “jamlash”, “saralash” degan ma’nolarni anglatib, o‘quvchilardan barcha ma’lumotlarni so‘rab olguncha bo‘lgan jarayon, savol- javob orqali kerakli axborotni olish usuli. Aynan debrifing jarayonida bajarilgan ishlarning mohiyati aniqlashtiriladi, maqsadga erishganlik darajasi tahlil qilinadi, xulosa qilinadi, o‘quvchilar bilib olganlari va yana o‘rganishlari lozim bo‘lgan material orasidagi munosabat o‘rnatiladi, keyingi harakatlar rejasi belgilanadi. Debrifing bosqichlari: 1) bosqich: faktlarni aniqlash(Nima sodir bo‘ldi?) 2) bosqich : sabablar tahlili (Nega shunday bo‘ldi?) 3) bosqich: harakatlarni rejalashtirish (Endi nima qilamiz?) Birinchi bosqichda sodir bo‘lgan voqealar qayd etiladi, hosil bo‘lgan his – tuyg’ular oshkor etiladi, nima sodir bo‘lishi mumkinligi to‘g’risida emas, haqiqatdan amalga oshgan voqea haqida fikr yuritiladi. Ikkinchi bosqichda voqeani keltirib chiqargan sabablar tahlil qilinadi, muqobil nazariyalar muhokama etiladi, misollar keltiriladi. Uchinchi bosqichda keyingi qadamlar aniqlashtiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling