Gamburger usuli. Qayta bog’lanishning samarali usullaridan biri. Dars yakunida o‘quvchi uchun foydali ma’lumot olishga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz: gamburger (inglizcha so‘z, o‘zbek tilida muqobili yo‘q, hozir turkcha kabobga o‘xshaydi)- ichiga cho‘g’da pishgan, qovurilgan go‘sht qo‘yilgan non. Mazali bo‘lishi uchun salat bargi, sabzi salati, mayonez, ketchup solinadi. “Gamburger” usulini qo‘llaganda o‘qituvchi so‘zini quyidagicha boshlashi mumkin: -Hurmatli o‘quvchilar, ko‘pchiligimiz gamburger nima ekanligini bilamiz, uni sevib iste’mol qilamiz. Ayting-chi, uning kaloriya jihatidan qimmatli qismini nima tashkil etadi? ( go‘sht). Siz uchun dars davomida nima qimmatli bo‘ldi?
Barcha o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildiradilar. Keyin o‘qituvchi davom etadi:
-Gamburgerning mazasini nima buzdi?
-Gamburgeringizga nimalar yetishmayapti?
Fikrlar umumlashtiriladi, o‘qituvchi ham hamma qatori o‘z fikrini bildiradi.
Qiyofalar usuli. Har bir ishtirokchi uchta (xursand, neytral, xafa) qiyofa chizilgan kartochka oladi va unda o‘zining, guruhning ishtirokini hamda dars mazmunini baholaydi. Doskaga konvert ilib qo‘yiladi. Ishtirokchilar baholash varaqalarini shu konvert ichiga soladilar.
Fikrlash uchun oltita shlyapa usuli. Amalda undan har qanday ijodiy jarayonni tartibga solish, mantiqni emotsiyadan ajratib, yangi betakror g’oyalar yaratish uchun foydalanish mumkin.
Bunda o‘qituvchi 6 xil rangdagi kichik qog’ozlardan ishtirokchilar soniga mos ravishda shlyapalar yasaydi. Bu shlyapalar dars boshlanishida kichik guruhlarga bo‘lish uchun qo‘llanishi mumkin. Mashg’ulot yakunida har bir guruhga o‘z rangidagi boshga kiyish mumkin bo‘lgan qog’oz shlyapalar taqdim etiladi va muhokama olib boriladi.
Oq shlyapa: raqam va faktlar. Axborot. Savollar. Sodir bo‘lgan voqea – hodisalar, guruh ishini holis qayd (bayon ) etish. Qanday axborotga egamiz? Yana qanday axborot zarur?
Qizil shlyapa: emotsiyalar, kuchi intuitsiya, his- tuyg’ular. Hislarni asoslash talab etilmaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda qanday hislar tug’ildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |