O‘zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innоvatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagоgika instituti magistratura bo‘limi


O‘quvchilarni noqulay vaziyatga qo‘ymaslik uchun savollarni qanday berish zarur


Download 0.96 Mb.
bet33/55
Sana22.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1648339
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
RO‘ZIYEVA JANG’ILОY BAXОDIRОVNA aaa060623

O‘quvchilarni noqulay vaziyatga qo‘ymaslik uchun savollarni qanday berish zarur:
1. Savolni avval butun sinfga bering;
2. O‘quvchilarga savolni o‘ylab olish uchun fursat bering;
3. Agar kimdir javob berish istagini bildirsa, uni rag’batlantiring, davom ettirish yoki qo‘shimcha qilishni so‘rang;
4. Agar yetarlicha vaqt o‘tsada, sinf jim o‘tirsa, o‘quvchilarning sizga uzatayotgan noverbal belgilari (nigoh yo‘nalishi, tananing oldinga engashishi)ga e’tibor bering va biror kishiga shaxsan murojaat qiling;
5. Agar hech qanday belgilar sezilmasa, savolni sharhlashingizga ehtiyoj bor – yo‘qligini sinfdan so‘rang;
6. Yaxshi javob berilgani uchun maqtashni oshirib yubormang.
Kommunikatsiya samarali bo‘lishi, turli to‘siqlar mazmunga zarar yetkazmasligi uchun qayta bog’lanishdan foydalanishni unutmang.
Qayta bog’lanish nima? Inson hayoti davomida doim o‘zgalar bilan muloqotga kirishib, atrofdagilarning o‘ziga nisbatan munosabatiga tayanib yashaydi. O‘z navbatida, o‘zi ham atrofdagilar haqida fikr yuritadi, ularning hatti- harakatlarini baholaydi. Ko‘pchilik o‘zgalarning fikrini o‘ta muhim hisoblaydi, bu fikrlarni inobatga olish zarur deb biladi.
Munosabat ifodalashning o‘z tartib-qoidalari mavjud bo‘lib, bu jarayon qayta bog’lanish deb yuritiladi. Qayta bog’lanish – bizning xulqimiz va harakatlarimizning boshqa kishilarga o‘zimiz sezmagan holda ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotdir. Bir kishi yoki butun bir guruh o‘zining boshqa kishilarning harakatlariga nisbatan reaksiyasini ularga kamchiliklarini tuzatishda yordam berish maqsadida ifoda etish qayta bog’lanishga olib keladi.
Qayta bog’lanish hamda harakatni talqin qilishni o‘zaro farqlash lozim. Xususiy talqinda, masalan, quyidagicha fikr bildiriladi: “Sen, menimcha, …. ni qilyapsan”; qayta bog’lanishda esa ‘’Sen …ni qilganingda, men …ni his qilyapman”. Talqin harakatni talqin qiluvchining qabul qilish xususiyatlariga bog’liq bo‘lishi mumkin. Qayta bog’lanish esa bir kishining boshqa bir kishi harakatlariga nisbatan reaksiyasini ifoda etadi.
Darsni baholash maqsadida qo‘llanadigan qayta bog’lanishning bir necha usullari mavjud. Ko‘pincha dars oxirida o‘qituvchi xulosa chiqarish, uyga vazifa berish bilan kifoyalanadi. Ayrim hollarda “Dars sizga yoqdimi?” deb so‘rashi mumkin. Quyida qayta bo‘glanishning ba’zi bir usullarini namuna sifatida keltiramiz.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling