О’zbekistоn respublikаsi оliy tа’lim fаn vа innоvаtsiyаlаr vаzirligi


Download 343.71 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi343.71 Kb.
#1650186
1   2   3   4   5
Bog'liq
BMI XUDOYOR XURSHIDA

Mahsulot sifati – oʻz vazifasi (qoʻllanilishi)ga koʻra ma‘lum darajada muayyan ehtiyojni qondirishga yaroqliligini koʻrsatadigan xossalari majmuasidir (GOST 15467- 70 boʻyicha).
Mahsulot sifatini oʻzgarmas deb boʻlmaydi. U jamiyatning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib boruvchi ehtiyojiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Kecha ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot bugun sifatsiz boʻladi, bugun sifatli deb hisoblangani ertaga sifatini yoʻqotadi. Sifatni oʻz vaqtida ta‘minlash kerak, aks holda mahsulot maqsadga muvofiq boʻlmaydi va yaroqsiz hisoblanadi.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat koʻrsatkichi deyiladi
Sifat koʻrsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
- mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;
- iste‘molchi talablarining tahlili;
- mahsulot sifatini boshqarish masalalari;
- tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;
- sifat koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻyilgan asosiy talablar.
Xalq iste‘moli tovarlarining sifatini nazorat qilish sifatining ijtimoiy, funksional, ishonchlilik, ergonometrik, estetik, ekologik, xavfsizlik kabi iste‘mol koʻrsatkichlarini oʻrganish zaruriyatini keltirib chiqaradi
1.2. Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari va ularni klassifikatlanishi
Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish deganda, mahsulot sifatini, parametrlarini, xususiyatlarini va ekspluatatsion xususiyatlarini oʻzgartirmaydigan (buzuvchi usullardan farqli oʻlaroq) bilvosita belgilar orqali nazorat qilish tushuniladi.
Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari uchun dastlabki ma'lumotlar mahsulotning turli fizik parametrlarini qayd etishda aniqlangan nuqsonlar mavjudligihaqidagi har xil anomaliyalardir. Bu issiqlik nurlanishi oqimining buzilishlari; maxsus nazorat qoplamalarining rangi oʻzgarishi; ultratovush yoki elektromagnit toʻlqinlarning tarqalishi, aks etishi va yutilishi, korpuskulyar oqim va boshqalarda kuzatiladigan turli xil oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.

Download 343.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling