O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


-rasm. Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari


Download 0.65 Mb.
bet16/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

2.7-rasm. Investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari.
Investitsiya dasturidagi monitoring jarayonlari investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan boshlab investitsiyadan keyingi davrda loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatish va nazorat qilish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Monitoring jarayonlarining keyingi oxirgi bosqichi bu ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab ob’ektning besh yillik faoliyatiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va tasdiqlanadigan rivojlanish konsepsiyasida ham asosiy e‘tibor uzoq muddatli istiqbolda sanoat tarmoqlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni o‘z ichiga oluvchi, aniq tarmoqlar va hududlarning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rivojlanish rejasini o‘zida aks ettiruvchi hamda mavjud muammolar bosqichma-bosqich va tizimli hal etilishini ta’minlovchi hujjat sifatida qaralgan.
Mamlakat miqyosida ishlab chiqiladigan investitsiya dasturini asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • respublikani rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan muvozanatlashtirish;

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va biznes-rejalari) mavjud bo‘lishi;

  • loyihalarning moliyaviy, mineral xom ashyo, tabiiy, mehnat resurslari va boshqa resurslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;

  • har bir loyihani amalga oshirishda va ular doirasida ajratiladigan mablag‘larni o‘zlashtirishda kambag‘allikni qisqartirish va aholining turmush darajasini oshirish;

  • aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq barcha dolzarb masalalarni hal etish uchun talab etiladigan mablag‘lar hajmini aniqlash va ushbu masalalarni Investitsiya dasturi doirasida qamrab olish;

  • respublikada olib borilayotgan investitsiya siyosatida ko‘zda tutilgan mamlakat iqtisodiyotining real sektorining hududlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bilan integratsiyasi qilinishini ta’minlash;

  • ishlab chiqarish quvvatlarini kompleks joylashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilinishi, xususan, ishlab chiqarishni xom ashyo manbalari, yoqilg‘i, infratuzilma, transport-kommunikatsiya va mehnat resurslariga yaqinlashtirish, birinchi navbatda resurslarning eng samarali turlarini o‘zlashtirish va ulardan kompleks foydalanish;

  • loyihalarni tarmoqlar va hududlarning rivojlanish dasturlarida belgilangan muddatlarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirish;

  • aholi turmush darajasining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish;

  • mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini olib borilayotgan investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq o‘zaro manfaatli shartlarda jalb etish;

  • investitsiya takliflarini tayyorlash va tashabbuskorlar tomonidan kiritiladigan loyihalarni, ularning iqtisodiy samaradorligi va istiqbolini hisobga olgan holda tanlashning ta’sirchan va shaffof mexanizmini joriy etish;

  • loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni jalb etish hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirish.

  • transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transkontinental transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualarini va transport-logistika «xab»larini tashkil etish;

  • davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni xususiylashtirish doirasida yirik loyihalarni qamrab olish hamda bo‘sh turgan yakunlanmagan qurilishlarni belgilangan tartibda moliyalashtirish yo‘li bilan ularning hajmlarini kamaytirish.

Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida uning barcha hisob-kitoblari respublikaning uch yillik davrga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarining prognozlari hamda rivojlanish konsepsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu holatda qo‘shimcha ravishda kuyidagi mezonlar ham hisobga olinadi:

  • tarmoq (hudud)ning istiqboldagi prognoz ko‘rsatkichlari va eksport salohiyatining prognoz ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlari;

  • tarmoqning belgilangan makroiqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ta’sirining o‘zgarishi va eng ko‘p ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beruvchi investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish;

  • o‘zlashtirilgan va jalb etiladigan investitsiyalarning samaradorligi, asosiy fondlarning holati va quvvatlardan foydalanish darajasi va loyihalarning ijtimoiy ahamiyati.

Investitsiya dasturini shakllantirish jarayoni bir yillik davrga ega bo‘lib, har bir yil yakunida tayyorlash, muvofiqlashtirish va tuzatishlar kiritishni ta’minlaydigan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Investitsiya dasturini amalga oshirishning birinchi yiliga loyiha hujjatlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan, yangidan boshlanadigan loyihalar, shuningdek, oldingi dasturda belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda bir davrdan keyingisiga o‘tadigan loyihalar kiritiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturi amalga oshirilayotgan birinchi yilda belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, mavjud moliyaviy va boshqa resurslar bilan o‘zaro bog‘langan tuzatishlarni kiritish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.
Investitsiya dasturini amalga oshirishning ikkinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari bo‘yicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda, birinchi yildan o‘tadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari birinchi yili tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi.
Investitsiya dasturini amalga oshirishning uchinchi yiliga qiymatiga belgilangan tartibda aniqlik kiritilgan, tender yoki tanlov natijalari bo‘yicha belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda, yildan-yilga o‘tadigan loyihalar, shuningdek, loyiha hujjatlari ikkinchi yili tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangi boshlanayotgan loyihalar kiritiladi.
Investitsiya dasturiga loyihalarni kiritish uchun tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

  • loyihaning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi;

  • kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining turmush darajasi sifatini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy manfaatlar;

  • loyihaning tasdiqlangan tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarining kutilayotgan natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligi;

  • loyihalarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’ektlarida joylashtirilishi;

  • ishlab chiqarish quvvatlarining jadal rivojlanishini, mineral xom ashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishini, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ta’minlash hamda eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • loyihaning energiya samaradorligi va uni amalga oshirish natijasida elektr energiyasining tejamkorligini ta’minlash.

Investitsiya dasturining axborot ta’minotini shakllantirish va yuritish ishlari Investitsiya dasturiga kiritilgan kapital qurilish ob’ektlari, ko‘chmas mulk ob’ektlari, investitsiya loyihalari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan ob’ektlarni monitoring qilish ishlari «investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Axborot tizimida investitsiyadan keyingi monitoringni ko‘zda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilgunga qadar ishga tushirilgan ob’ektlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlar tashkil qilgan holda joylarga chiqib, o‘rganish orqali amalga oshiriladi
«Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi, shu jumladan loyihalar tashabbuskorlari mablag‘larini, tijorat banklari kreditlarini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olinadigan chet el kreditlarini o‘zlashtirish va moliyalashtirish (jalb etish) bo‘yicha statistika ma’lumotlarining axborot bazasi hisoblanadi.
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi, shu jumladan, XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, loyihalar tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olinadigan chet el kreditlari haqidagi ma’lumotlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan qat’iy kelishgan holda tarqatadi.
Qashqadaryo viloyatida investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yildan yilga o‘sib bormoqda. Jami o‘zlashtirilgan investitsiya mablag‘laridan markazlashgan mablag‘lar hisobidan kiritilgan investitsiyalar hajmi yuqori o‘rin tutmoqda.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling