O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


-rasm. Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar


Download 0.65 Mb.
bet14/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

2.5-rasm. Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar.
Moliyalashtirish mablag‘lari bo‘yicha tumanlar kesimida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2.3-jadvalda berilgan.
2.3-jadval.
Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlar kesimida moliyalashtirish mablag‘lari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida
ma’lumot10
(mln. so‘m)

Shahar va tuman nomlari

Jami investitsiyalar

Shu jumladan:




Markazlashgan mablag‘lar hisobidan

Nomarkazlashgan mablag‘lar hisobidan




Qarshi shahri

2492030,1

904486,4

1587543,7




Shahrisabz shahri

242908,6

26943,7

215964,9




G‘uzor tumani

2635813,2

132662,1

2503151,2




Dexqonobod tumani

337808,3

98460,4

239348




Qamashi tumani

280623,5

73436,3

207187,2




Qarshi tumani

783838,1

118096,7

665741,4




Koson tumani

606104,9

99634,7

506470,3




Kitob tumani

1265818,1

74270

1191548,1




Mirishkor tumani

400029,0

17073,2

382955,9




Muborak tumani

3370960,9

55603,8

3315357,2




Nishon tumani

1816534,3

1522394,1

294140,2



















Kasbi tumani

494299,5

89962,7

404336,9




Ko‘kdala tumani

53181,4

51601,2

1580,3




Chiroqchi tumani

555176,1

65391,8

489784,3




Shaxrisabz tumani

480360,4

141058,4

339302




Yakkabog‘ tumani

365985,2

63400,8

302584,5




Viloyati bo‘yicha
JAMI



16181472,4



3534476,3



12646996,1




Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi 2.4 - jadvalda keltirilgan. Tahlil qilingan ma’lumotlarga ko‘ra 2022 yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 799,2 mlrd.so‘mni, sanoatga 4822,7 mlrd.so‘mni, xizmat ko‘rsatishga 10468,4 mlrd.so‘mni va boshqa sohalarga 91,2 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
2.4-jadval.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning sohalar
bo‘yicha taqsimlanishi.11

Investitsiyalar jalb qilingan sohalar

O‘lchov birligi

Investitsiyalar hajmi

Jami

mlrd so‘m

16181,5

Shundan:







qishloq xo‘jaligi

mlrd so‘m

799,2

sanoat

mlrd so‘m

4822,7

xizmat ko‘rsatish

mlrd so‘m

10468,4

boshqa sohalar

mlrd so‘m

91,2

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi 2.4 – jadvalda keltirilgan.
Dunyodagi har bir mamlakat bozor tuzilmasiga va ishlab chiqarishning mayda va yirik ishlab chiqarish ko‘lamiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mamlakatimizning iqtisodiy tuzilmalarini qayta shakllantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturida quyidagilar nazarda tutildi:
Birinchidan, Respublikaning chetdan tashib keltiriladigan xom ashyo resurslari, butlovchi qismlar, oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish asosida to‘liq iqtisodiy erkinligiga erishish;

2.6-rasm. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalarning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi.
Ikkinchidan, o‘z ishlab chiqarishini tashkil etish hisobiga aholining va butun iqtisodiyotning hayotiy zarur mahsulotlarga, xalq iste’moli mollariga bo‘lgan talabini ta’minlash;
Uchinchidan, iqtisodiyotning barqaror va mustahkam asosda shakllanishini ta’minlash;
To‘rtinchidan, bir yoqlama xom ashyo yetkazib beruvchi yo‘nalishga ega bo‘lgan iqtisodiyotdan mineral-xom ashyo resurslari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni tashkil etish;
Beshinchidan, Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarda qoniqarli to‘lov balansiga erishish, oltin-valyuta zahirasini mustahkamlash;
Oltinchidan, ishchi kuchi resurslarining to‘la bandligini ta’minlash, xalqning urf-odatlariga, an’analariga mos keluvchi, yangi texnologiyalarga asoslangan mehnat muhitini yaratish;
Yettinchidan, hududiy va sohalar orasida yuzaga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf qilish, Respublika hududida ishlab chiqarish kuchlarini ratsional joylashtirish va rivojlantirish.
O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sishini ta’minlashida Respublika hukumati o‘tkazayotgan investitsiya siyosati katta rol o‘ynamokda. Investitsiya faoliyatining shart-sharoitlarini belgilaydigan qonunlarini rivojlantirish va takomillashtirish davom etmokda. Ular investitsiyalar va eksportni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan. Shunga qaramay, mamlakatimizda investitsiya siyosatini faollashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalar borki, ularni ham hal qilish zarur.
O‘zbekistonda investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalashni jadallashtirishda xorijiy kapitalning faol ishtiroki;

  • O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng darajada integratsiyalash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish;

  • Respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib keluvchi hamda iqtisodiyotning integratsiyalashgan tuzilmasini yaratishda yordam beruvchi investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan olib borish;

  • o‘zini o‘zi valyuta bilan qoplashni ta’minlovchi ishlab chiqarish loyihalariga yo‘naltirilgan investitsiyalarga ko‘maklashish;

  • O‘zbekistonning milliy kreditga layoqatliligini qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori darajadagi kredit oluvchi sifatidagi obro‘-e’tiborini ta’minlash;

  • ijtimoiy va ekologik dasturlarni hal etishga yo‘naltirilgan investitsiyalarga ko‘maklashish.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida investitsiyalar nafaqat ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash va yangilash, balki yangi ishlab chiqarish va korxonalarni yaratishning muhim omiliga aylanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb etish va foydalanish hozirgi bosqichdagi investitsiya jarayonining ahamiyatli qonuniyati bo‘lib hisoblanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, iqtisodiy xavfsizlik, davlat tarkibiy va takror ishlab chiqarish siyosatining o‘zaro foydaliligi va ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida amalga oshishi zarur.
Mazkur tamoyillarga tayangan holda investitsiya faoliyatining optimal shakllarini to‘g‘ri tanlashning mezonlarini aniqlab olish lozim. Bu mezonlarga quyidagilar kiradi:

  • faoliyat sohasi va mahsulot turi (ilmiy jihatdan katta salmoqqa ega, texnik jihatdan murakkab va boshqalar);

  • loyiha miqyoslari (mayda, o‘rta va yirik);

  • jalb etishning strategik maqsadi (asbob-uskunalar importidan tortib to ishlab chiqarish-boshqaruv tajribasidan foydalanishgacha).

Qulay investitsion muhitni shakllantirishning mavjud yutuq va kamchiliklarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, eng maqbul shakl sifatida bevosita investitsiyalar hisoblanishi mumkin. Chunki ular investitsiyani uzoq muddatli manfaatdorligini mavjud bo‘lishi va tashqi qarzlarga nisbatan katta foyda keltirishi bilan xarakterlanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling