O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi
-jadval Mamlakat hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlash ko‘rsatkichlari6
Download 0.65 Mb.
|
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111
2.1-jadval
Mamlakat hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlash ko‘rsatkichlari6
O‘zbekistonlik olimlarining tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududlarning investitsion jozibadorlik indeksini shartli ravishda oltita element asosida hisoblanadi. Ushu ma’lumotlar asosida integral indeks aniqlanadi. To‘plangan va hisoblangan ma’lumotlarga asosan, hududlarning investitsion jozibadorligini uchta guruhga bo‘lamiz va ular quyidagilar: investitsiya muhiti juda yaxshi bo‘lgan guruhlar; investitsiya muhiti o‘rta darajada bo‘lgan guruhlar; investitsiya muhiti darajasi juda past bo‘lgan guruhlar. Yuqorida keltirilgan 2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki birinchi guruh tarkibiga Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlari kiradi. Bu hududlarda investorlar uchun eng qulay investitsion imkoniyatlar yaratilagan hisoblanadi va ularning indeks ko‘rsatkichi 0,755-0,347 ni tashkil qiladi. Investitsion jozibadorlikning yuqori bo‘lishiga asosiy sabab ushbu hududlarda tabiiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat, infratuzilma tizimining rivojlanganligi, jumladan, transport hamda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining yuqori darajada rivojlanganligi bilan farqlanadi .7 Keyingi ikkinchi guruh tarkibiga Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan viloyatlari kiradi. Ularning indeks ko‘rsatkichlari 0,322-0,288 ni tashkil qiladi. Bu hududlardagi qazib olinadigan va qayta ishlanadigan korxonalar faoliyat ko‘rsatayotganigi bilan xorijiy investorlarning qiziqish uyg‘otadi. Navbatdagi uchinchi guruh tarkibinia esa nisbatan kam rivojlangan hududlar, jumladan Xorazm, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkil etadi. Ularning indeks ko‘rsatkichlari mos ravishda 0,284-0,234 ni tashkil qiladi. Ushbu hududlar boshqa hududlardan nisbatan mavjud infrastruktura tuzilma holatining yetarli darajada rivojlantirilmaganligi, tabiiy sharoit, iqtisodiy vaziyat, investitsiya muhitining past darajada ekanligi sababli bu hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda davlatning bevosita aralashuvi lozimligini talab qiladi. Shuni ham takidlab o‘tish joizki mamlakatimiz hududlariga xorijiy investorlarni keng ko‘lamda jalb qilishda har bir hududning investitsion jozibadorlik bo‘yicha ko‘rsatkichilaridan tashqari yana bir nechta boshqa alohida ko‘rsatkichlar orqali ham hududning iqtisodiy-investitsion salohiyatini baholash imkoni mavjud bo‘ladi. Ular, eng avvalo, investitsiya faoliyatiga oid umumlashgan hududiy huquqiy me’yoriy asoslarning yaratilganligi talab qiladi. Shu bilan birga ularning amal qilish darajasi, hududlarning YaXM, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ishbilarmonlik muhiti indeksi, har bir hududdagi mavjud bo‘lgan infrastruktura hamda mehnat resurslarining malakasi, tabiiy resurslar salohiyati va boshqalarni ham o‘rganib chiqadi va e’tiborga oladi. Mablag‘ kiritayotgan investor har bir hududlarga berilgan alohida imtiyoz yoki qo‘shimcha yengilliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ham qiziqish bildiradi. Hududlarda yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan asosiy ko‘rsatkichlarning yetarli darajasida bo‘lishi investor uchun kafolat vazifasini bajaradi. O‘z mablag‘i bilan mamlakatimizga keladigan xorijiy investorlarni hududlarga keng jalb qilishda hamda hududlarning investitsion jozibadorligini va investitsiya muhitini yaxshilashda ta’sir qiluvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakatdagi mavjud huquqiy-qonunchilik sohasining takomillashganligi; investitsiya jarayonlarini to‘liq yoritib beradigan ma’lumotlarning yagona bazasining borligi hamda ulardan erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligi; hududlarni tizimli boshqarish darajasi, ma’muriy to‘siqlarning yo‘qligi; soliq va kredit tizimining imtiyozlar borligi; transport va aloqa infrastruktura tizimining rivojlanganligi; iqtisodiyotning ochiqligi; bank-moliya va sug‘urta tizimi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligi; hududiy imtiyoz va qo‘shimcha yengilliklarning mavjudligi va boshqalar. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va ularning hajmi kundan-kunga ortib borishi, hududlar va shu bilan birga mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Jahonda bugungi kundagi kechayotgan murakkab iqtisodiy siyosiy vaziyatlar mamlakatlarga investitsiyalarni jalb qilishda har tomonlama jiddiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsada bunday keskin vaziyatlarda ham respublikamizga xorijiy investitsiyalar oqimining kirib kelishi kamaygani yo‘q. Buning sabablari mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy-investitsiya siyosat, qulay investitsion muhit va tabiiy resurslar, yuqori saviyali malakali kadrlar salohiyati, shuningdek, uzoqqa mo‘ljallangan strategik ahamiyatga ega hududiy investitsiya dasturlarining mavjudligi hisoblanadi. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, oxirgi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida mamlakatimizning barcha hududlarida investitsiyalar oqimi yildan yilga ko‘payib bormoqda. Hududlar iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha oldinda bo‘lgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori boshqa hududlarga nisbatan ko‘proqni tashkil qilyapti. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling