O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


Download 0.65 Mb.
bet6/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

1.3-rasm. Investitsiyaning turlari.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob —uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intelluktual) investitsiyalar miqdori juda rang - barangdir, ya’ni ular mulkiy shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy xuquqlar guruxiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog‘lik rivojlanganiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonlariga qarab har xil bo‘ladi. Aqliy mehnatga oid xaq - xuquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik xuquqlari, "nou -xau" kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik xuquqlari kiradi.
Tabiiy resurslardan foydalanish xuquqlari ko‘rinishidagi investitsiyalari ya’ni yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqlarini berishni o‘z ichiga oladi.
Barcha turdagi investitsiyalar, ularning qancha xajmida bo‘lishidan qat’iy nazar, biror bir investitsion jarayonning natijasi hisoblanadi.
Soha olimlarning investitsiyalar to‘g‘risidagi fikrlarini hamda, investitsiyalar xususida qabul qilingan qonunlarimizda keltirilgan ko‘rsatmalarni o‘rganib va umumlashtirib, investitsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Investitsiya deb har bir investorning ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarini birlamchi iqtisodiy samara olish maqsadida biror bir investitsion ob’ektga sarflashiga aytiladi.
1.2. Investitsiyalar uning elementlari obyekt va subyektlari.
Jahondagi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan bizga ma’lumki, investitsion jarayonlar uni tashkil qiluvchi elementlardan iborat bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilardan tashkil topgan bo‘ladi:

  • investitsiya siyosati;

  • investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhiti;

  • investitsiya faoliyati;

  • kapital qo‘yilmalar;

  • investitsiya bosqichlari va boshqalar.

Ushbu yuqorida keltirilgan elementlarning har biri rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida o‘ziga xos aniq yo‘nalishlarga egadir. Investitsiya siyosati investorlarning haq - xuquqlari, imtiyozlarini ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlariga tegishli asosiy fondlarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirish, eng muhimi soliqqa tortish mexanizmini va moliya - kredit siyosatini ta’minlash bilan bog‘lik bo‘lgan tadbirlar yig‘indisidan tarkib topadi.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora - tadbirlar kompleksi qabul qilindi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati va biznesni yuritish sharoitlari hali-hamon erkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro normalarga to‘liq hajmda javob bermayapti. Avvalgidek tadbirkorlik faoliyatini haddan ortiqcha tartibga solish holatlari mavjud, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning kontaktsiz shakllarini samarali joriy etish imkoniyatlari to‘liq hajmda ishlatilmayapti. Biznesni yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar joylarda yetarli darajada amaliyotga joriy etilmayapti. Ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, maksimal darajada qulay investitsiya iqlimini yaratish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, yangi ish joylarini barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhiti, keng ma’noli bo‘lib, barcha investorlarning o‘z mablag‘ini qanday sarflashi, qanday baholashini aks ettiradi, u yoki bu mamlakatda kapital qo‘yilmalar uchun sharoitlar nechog‘lik qulay - qulaymasligiga baho berishda hisobga olinadigan hamma narsalarni, mafkura va siyosat, iqtisodiyot va madaniyatni ham o‘z ichiga oladi. Investitsiya iqlimi tushunchasi makro va mikroiqtisodiy doiralarda ko‘rib chiqiladi. Makro doiradagi bu tushuncha mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat singari omillarni gavdalantiradi. Jumladan, davlatning investorlar xususidagi siyosati, xalkaro bitimlarga rioya qilish an’analari, xorijiy investitsiyalarni natsionalizatsiya qilishga moyillik, moliyaviy institutlarning mustahkamligi, iqtisodiyotga davlat aralashuvining darajasi va boshqalar singari ko‘rsatgichlar hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Mikroiqtisodiy darajadagi investitsiya iqlim va ishbilarmonlik muhiti investorning konkret sub’ektlar, ya’ni davlat organlari, xo‘jalik sub’ektlari, mol yetkazib beruvchilar, mehnat jamoalari, moliya va kredit tizimlari bilan bo‘ladigan munosabatlari namoyon buladi. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhiti bir - birini taqozo etadi va bir - biriga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Investitsion faoliyat investitsiyalashning eng asosiy markaziy xisoblanadi, chunki aynan shu jarayonda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi, ya’ni jamg‘armalar (resurslar), ko‘yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor maxsulot), iqtisodiy samara (daromad, foyda) shaklini oladi. Resurslar biror - bir tadbirkorlik faoliyatiga sarflashga mo‘ljallangan moddiy, moliyaviy yoki intellektual boyliklar hajmidir. Ko‘rinishlar zanjirining, keyingi bosqichi qo‘yilmalar (xarajatlar)dir. Bu tushuncha kotib qolgan holatni emas, balki dinamikani, ya’ni quvvati vaqt uzra o‘zgarib boradigan har qanday iqtisodiy jarayonni aks ettiradi. Zaxira degan tushuncha hajm ko‘rsatgichlari bilan o‘lchanadigan diskret hodisalarning xossalarini aks ettiradigan bo‘lsa, oqim tushunchasi zaxira hajmining muayyan vaqt oralig‘iga bo‘lgan nisbati bilan ifodalasa bo‘ladigan jarayonlarni, boshqacha aytganda, uzluksiz hodisalarni aks ettiradi. Shunga muvofiq, mablag‘larni ajratish (xarajatlar) vaqt oralig‘idagi investitsiyalar oqimidir. Investitsiyalar oqimi tadbirkorlikning qanchalik faolligini, demak, bozor kon’yunkturasini ham ta’riflab beradi. Investitsiyalar oqimining shu harakati, ya’ni tadbirkorlikka investitsiyalar ajratish va sarflab iqtisodiy natija olish investitsiya faoliyatining o‘zidir.
Kapital qo‘yilmalar, ya’ni sarmoya ajratish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xos bir shaklidir, u asbob - uskunalarni zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish ob’ektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘lik. bo‘lmagan ob’ektlarni qayta qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish fondlarini kengaytirilgan holda qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Kapital quyilmalar, ya’ni sarmoya ajratish yordami bilan kapital mulk qiymatini aniqlash mumkin. Makroiqtisodiy darajadagi ko‘rinishda olib qaraladigan bo‘lsa, kapital qo‘yilmalar, sarmoya hajmi kapital qiymatlar hajmidan ortiq bo‘ladi, chunki investitsiyalarning bir qismi mudom kapital boyliklarga aylanish jarayonida bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiyotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalarning kapital mulkka aylanish jarayoni (kapital qurilish, asosiy vositalarning ta’miri, ularni sotib olish) shunchalik tezroq o‘tadi.
Investitsion bosqich - investitsiyalar ajratish, kapital qo‘yilmalar (xarajatlar) berish investitsiyalar harakatining bir bosqichi hisoblanadi. O‘zgarishlar zanjiridagi keyingi element investitsiyalar ajratishning kapital boyliklar bilan ifodalanadigan natijasi, samarasidir. Shunday qilib, kapital boyliklarning shakllanishi investitsion kapital xarakatining pirovardi, yakuni, uning yangi iste’mol qiymatlarini yaratish uchun tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish omillariga aylanishidir. Investitsiyalar ajratish bosqichlari xarakatlarining yig‘indisi barcha investorlarning investitsion faoliyatini tashkil etadi.
Investitsion faoliyatning ob’ektlari va sub’ektlarini tahlil qilish investitsiya nazariyasining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Investitsion faoliyatning tashabbuskorlari bo‘lib investorlar yoki investitsiyalar sub’ektlari hisoblanadi. Investorlar o‘zlari egalik qiladigan va qarzga olingan mulkiy va aqliy mulk natijalarini tadbirkorlik ishiga ishlatish to‘g‘risida qarorga kelgan investitsion faoliyat sub’ektlaridir. Investorlar ulush qo‘shuvchilar, kreditorlar, xaridorlar rolida faoliyat ko‘rsatadilar. Shuningdek investitsion faoliyatning boshqa qatnashchilari vazifalarini bajarishlari ham mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsion faoliyatga quyidagi yo‘llar bilan mablag‘lar ajratiladi va faoliyat amalga oshiriladi:

  • jismoiiy shaxslar;

  • davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar;

  • xo‘jalik uyushmalari;

  • jamiyatlar va shirkatlar;

  • jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar;

Davlat tomonidan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan, ayni vaqtda bu ishni xukumat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi va investitsion va ssuda resurslarini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash xisobiga amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning investitsion faoliyatdagi roli asosan fan - texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish, malakali ishchi kuchini yetishtirib berish, ishlab chiqarish infrastrukturasiga mablag‘lar ajratish singari qimmat turadigan jarayonlarga davlat sektori budjetidan yetarli mablag‘ berish bilan cheklanishi kerak. Bundan tashqari, iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va fan -texnika taraqqiyotini tezlashtirish, jamoat ishlab chiqarishi sohalarini sog‘lomlashtirish, qoloq tumanlar ijtimoiy infrastrukturasini industrlash, hamda yaxshilash maqsadlarida iqtisodiyotning ustuvor sohalariga davlat tomonidan ssudalar va subsidiyalar ko‘rinishida yordam beriladi. Ular quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • chet el fuqarolari, yuridik shaxslari va xorijiy davlatlar tomonidan chet el investitsiyalari berish yo‘li bilan;

  • mulkka egalik qilish huquqiga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xo‘jalik yuritish yoki operativ ravishda boshqarish huquqiga, shuningdek daromadlar manbaiga, jamg‘armalarga ega bo‘lgan va qarzga beriladigan hamda jalb etiladigan mablag‘larni olish huquqidan foydalana oladigan mahaliy va chet el fuqarolari, yuridik shaxslari, shuningdek xorijiy davlatlar tomonidan birgalikda investitsiyalar ajratish yo‘li bilan.

Demak, investitsiya faoliyatlarni amalga oshirishda investitsion jarayonlarni olib borish shakllari mulkchilik shakllariga qarab ham belgilanadi. Mablag‘larning qaysi sohalarga ajratilishi, hajmlari va investitsiyalar berishda qatnashish shartlariga qarab investitsion faoliyatning quyidagi ob’ektlari bo‘linadi:

  • xalq xo‘jaligining hamma sohalarida yangidan yaratiladigan va zamonaviy holga keltiriladigan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar;

  • fan - texnika maxsulotlari;

  • aqliy mehnat natijalari;

  • aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;

  • pul ulushlari;

  • mulkiy xuquqlar va boshqalar.

O‘ziga qarashli, qarzga olingan hamda jalb etilgan boyliklarni, mulkiy va aqliy mehnat natijalarini u yoki bu investitsiya ob’ektlariga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish orqali investitsion faoliyat sub’ektlari pul daromadlariga ega bo‘ladilar. Investorlar mablag‘ bilan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar va ishga tushirilgan ob’ektni o‘zlarining extiyojlari bilan jamiyat extiyojlarini qondirish maqsadida ishlatadilar. Yoki o‘zaro kelishuv asosida boshqa yuridik shaxslar balansiga o‘tkazadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida bir -biriga bog‘lik bo‘lmagan, o‘zlarining mol - mulki bilan, o‘zlaridagi va qarzga olingan mablag‘lar bilan o‘z kontragentlari oldida javobgar bo‘ladigan keng qo‘lamdagi, juda xilma - xil investorlar ham faoliyat olib boradilar.
Amalga oshiriladigan investitsiyalarning hajmlari, yo‘nalishi va samaradorligini investorlar mustaqil holda belgilaydilar. Ular investitsiyalarni amalga oshirish uchun o‘zlariga zarur bo‘lgan mablag‘ kirituvchi fuqarolar va yuridik shaxslarni o‘z ixtiyorlari bilan shartnoma tuzish asosida investitsiya jarayonlariaga jalb etadilar. Investitsiyalar va ular amalga oshirilganidan keyin olinadigan natijalarga egalik qilish, ulardan foydalanish xuquqlarini investor qonun bilan belgilangan tartibda shartnoma asosida boshqa fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Investor investitsiya ob’ektlari va natijalariga, jumladan reinvestitsiyalar va savdo ishlariga egalik qilish va ularni o‘z ixtiyorida saqlash xuquqiga ega bo‘ladi. Investitsion faoliyat ob’ektlarning o‘zaro munosabatlari shartnomalar yoki bitimlar bilan tartibga solib boriladi. Investitsion faoliyat sub’ektlarining o‘z haq huquqlari doirasida shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni, xo‘jalik yuritishdagi o‘zaro munosabatlarning qonunlarga zid kelmaydigan boshqa har qanday shartlarini belgilashga haqlidirlar. Shartnomalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra investitsion faoliyatning butun davriga tuziladi.
Investitsion faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlash turli xil manbalar xisobiga amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:

  • o‘ziga qarashli va jalb etilgan mablag‘lar;

  • belgilangan tartibda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;

  • zayomlar va boshqalar shular jumlasidandir.

Investitsion faoliyatni amalga oshirish mumkin bo‘lgan asosiy mablag‘lar manbai bo‘lib:
- o‘ziga tegishli bo‘lgan moliyaviy resurslar hisoblanadi.
a) foyda;
b) amortizatsiya uchun ajratiladigan mablag‘lar;
s) pul jamg‘armalari;
d) fuqarolar, yuridik shaxslarning jamg‘armalari va boshqalar.
- investorning qarzga olgan mablag‘lari.
a) banklardan olingan kreditlar;
b) zayomlar, obligatsiyalar.
- jalb etilgan moliyaviy mablag‘lar.
a) aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar;
b) fuqarolar va yuridik shaxslarning pay va boshqa xildagi ulushlari;
с) budjet mablag‘lari yoki investitsiyalar uchun ajratilgan mablag‘lar.
Hozirgi vaqtda investitsiyalar tarkibidaga markazlashgan va markazlashmagan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat yildan yilga tubdan o‘zgarib bormokda.
Markazlashgan investitsiyalarning ulushi sezilarli darajada kamayib, markazlashmagan mablag‘lar salmog‘i ortmokda. Mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan va markazlashmagan manba ob’ektlari o‘rtasidagi nisbatning shu tariqa o‘zgarishi butun investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonlarini tashkil etishda mohiyati jihatidan e’tibori bo‘lib milliy iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha investitsiyalarning to‘rtdan uch qismini moliyalashtirish mustaqil faoliyat yurituvchi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi. Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish strategiyasi mintaqaviy mehnat taqsimotining rivojiga qarab respublika va mahalliy organlar tomonidan belgilanadi.
Markazlashmagan investitsiyalashga davlat soliq imtiyozlari, amortizatsiya uchun mablag‘ ajratish normalari, berilgan kredit uchun eng kam miqdorda foiz belgilash, ishlar va xizmatlarni kvotalash tartibi hisobiga bilvosita yo‘l bilan ta’sir o‘tkazib boriladi.
Investorlarning o‘zlariga qarashli mablag‘lari tarkibida foyda va amortizatsiya uchun ajratiladigan mablag‘lar asosiy ulushni tashkil qiladi. Foyda korxonalar tijorat faoliyati natijalarining umumlashtiruvchi ko‘rsatgichi, davlat va xo‘jalik organlari moliyaviy resurslarini shakllantirishning muhim manbai hisoblanadi. Soliqlar va budjetga to‘lanadigan boshqa to‘lovlar to‘langanidan keyin korxonalarda sof foyda qoladi. Bu foyda iste’molga, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga, zahira jamg‘arma hosil qilishga, korxona tomonidan to‘lanadigan iqtisodiy jarimalarga va shuningdek investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Shunday qilib, foydaning ishlab chiqarish extiyojlariga va ijtimoiy xarakterdagi sohalarga, hamda tabiatni muxofaza qilish tadbirlariga ajratiladigan qismi investitsion fond tarkibida investitsiyalar sifatida ishlatilishi mumkin. Bu investitsion fond bozor munosabatlari sharoitlarida foydalanish uchun davlat tomonidan quriladigan chora - tadbirlar bilan birgalikda investitsion talabni qondiruvchi qo‘shimcha iqtisodiy vosita bo‘lib ham hisoblanadi. Davlat investitsion faoliyatga doir taklif va talabni muvozanatlashtirish maqsadida shu fond mablag‘larini ishlatishni yoki cheklab qo‘yadi yoki qonun yo‘li bilan belgilangan aniq maqsadlarda ishlatishga ruxsat etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investor uchun sarmoyada ko‘rsatilgan qiymati eng arzon loyihalargina emas, balki eng yangi texnologiyalardan foydalanib, tegishli joylarda eng ko‘p talab qilinadigan maxsulotlarni tezroq ishlab chiqarishga imkon beradigan loyihalar raqobatbardosh bo‘lib qoladi. Ajratgan sarmoyalarining o‘rni tez qoplanishi va uzoq muddat davomida foyda olib turishga qiziqqan investor investitsiyalarni ko‘paytirish loyihaning sifatini yoki ekspluatatsion rentabelligani oshiradigan bo‘lsa, bunga erishish mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling