O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 298.41 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MAKROIQTISODIYOT FANIDAN





KURS ISHI



МAVZU: «O’ZBEKISTON PUL-KREDIT SIYOSATI »




BAJARDI: 211-Iqtisodiyot guruh talabasi Ismailov Diyorbek


QABUL QILDI: PhD. Tadjiyev B.U


Urganch-2023
MUNDARIJA




KIRISH . ………………………………………………………………………..3
IBOB. O’zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining nazariy asoslari.
1.1 Markaziy bankning pul-kredit siyosati xususidagi ilmiy-nazariy qarashlari…………………………………………………………………………8
1.2 O’zbekistonda pul-kredit siyosatining strategik va taktik maqsadlari……….14
II BOB. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul –kredit siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati va tahlili
2.1 Pul-kredit siyosatining vositalari……………………………………………..17
2.2 O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning pul kredit siyosatini yuritilishi va uning turlari………………………………………………………………19
Xulosa …………………………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………….28




KIRISH



Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib o’tmoq maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar: bilvosita vositalarning barcha yangi turlarini joriy etish; majburiy zahira talablari me’yorini pasaytirish, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini va muomaladagi ortiqcha likvidlilikni tartibga solish mehanizmlarini rivojlantirish; kapital bozorini to’liq shakllantirish va rivojlantirish; yalpi ichki masulot deflyatori bo’yicha umumiy inflyatsiya indeksini yanada pasaytirish hamda pulga bo’lgan talabni oshirish muammolarini bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 5,7 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,2 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 3,6 foiz, kapital qurilish 7.3 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 3,3 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 11 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir”1. Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini to’xtatish, inflyatsiya darasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek ma’suliyatli maqsadga qisqa vaqtda erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi, albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarni qamrab oluvchi makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning monetar siyosatini takomillashtirish va uni iqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sirini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishining zarurligi, hamda mazkur holat iqtisodiy adabiyotlarda chuqur o’rganilishi, ushbu ilmiy ishni tanlanishiga asos bo’ldi.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling