O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 298.41 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m

Kurs ishining yangiligi.

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining asosiy indikatorlari asoslab berildi.

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ochiq bozor siyosatini takomillashtirish maqsadida qimmatli qog’ozlar bozorini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berildi.

  • Monetar siyosatning barqaror makroiqtisodiy o’sishni ta’minlashdagi o’rni va ahamiyatini oshirish yo’llari asoslab berildi.

Kurs ishi nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishda tavsiya etilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalarning ilmiy ahamiyati shundaki, ulardan respublikamizda O’zbekiston Respublikasi monetar siyosatini takomillashtirish va uning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlashdagi rolini oshirishga bag’ishlangan mahsus ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Kurs ishining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatida, ya’ni monetar siyosatni takomillashtirish va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatining nazariy asoslari

1.1. Markaziy bankning pul-kredit siyosati hususidagi ilmiy-nazariy qarashlar

Monetar siyosat - muomaladagi pul massasini tartibga solish orqali narxlar barqarorligi, inflyatsiya, real ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o’sishni mustahkamlashga yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisi2.


Umumdavlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy va ajralmas qismi sifatida monetar siyosat mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallab kelganligi allaqachon jahon tajribasida isbotlangan. U hozirgi paytda ham iqtisodiyotda o’z samarasini bermoqda. Shu bois jahon bank amaliyotida, jumladan, O’zbekistonda ham monetar siyosatga iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar va hukumat tomonidan alohida e’tibor beriladi.
Hozirgi paytda jahon iqtisodiy adabiyotida monetar siyosatning nazariy va amaliy masalalari to’g’risida turli nazariyalar mavjud bo’lib, ular o’z mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlarga birlashib ketgan. Ana shu oqimlar majmuida monetarizm va keynschilik oqimini, shubhasiz, ushbu sohadagi eng yirik va eng yetakchi g’oyaviy yo’nalish sifatida ajratib ko’rsatish mumkin. Ushbu ta’limotlarning paydo bo’lishi, asosiy qoidalari va ularning mazmunidagi ziddiyatlar hususidagi masalalar jahonning ko’plab taniqli va zamonaviy iqtisodchi olimlari hamda mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilgan. Zamonaviy xorijlik olimlardan S.R.Moiseev, E.Dolan, R.Dornbush, K.Makkonnell, K.Kempbell,L.Harris,B.Irishev va boshqalarning qo’shgan hissalarini e’tirof etmoq lozim. Monetar siyosatning qator nazariy va amaliy masalalari mamlakatimizning 1- Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan g’oya va mulohazalarda, Shuningdek, respublikamiz iqtisodchi - olimlari va mutaxassislaridan - A.Vahobov, T.Qoraliev, M.Nurmuratov, O.Namozov, T.Bobakulov, Z.Holmahmadov, S.Norqobilov,M.Mo’minov, R.Shomurodov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan3. Pulga bo’lgan talab, pul taklifi, monetar siyosatning maqsadlari va ko’rsatkichlarini tanlash hamda ularni hozirgi zamon talablariga moslab amalda to’g’ri qo’llash masalalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Pul-kredit siyosatning asosida pul nazariyasi yotadi. Uzoq davrlardan beri pul-kredit siyosatining muammolari va uning bozor sharoitidagi roli bo'yicha iqtosodchilar tomonidan muhokama qilinib kelinmoqda. Bunga sabab pul nazariyasi to'g'risida ikki xil yirik qarash mavjudligidir: bir tomondan zamonaviy keynscha pul kredit konsepsiyasi, ikkinchi tomondan esa zamonaviy monetarizm konsepsiyalaridir. Zamonaviy keynschilar va monetaristlar xam iqtisodiyotdagi pul massasi va uning pul-kredit siyosati ta'sirida o'zgarishini milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydilar.
Keyns tarafdorlari shunday xisoblaydilarki, bozor iqtisodiyoti nobarqaror tizimni namoyish qiladi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda xar xil instrumentlardan, shu jumladan moliyaviy va pul kredit intrumentlaridan faol foydalanishi kerak. Pul-kreditni tartibga solish mexanizmi quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Foiz stavkasini pasayishi yoki ko'tarilishi pul taklifining o'zgarishiga sabab bo'ladi va o'z navbatida investitsiya talabini o'zgarishiga olib keladi.
Keynsianslar pul talifi va milliy maxsulot darajasi o'rtasidagi bog'liqlik juda yuqori deb xisoblaydilar. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda to'liq iqtisodiy ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.
Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi nomini oldi. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar? degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi hech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi. O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi sifatida qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada baholashlariga bog’liq.
Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns o’zining pulga bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb atadi. Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol ifodasini topdi. Bu qaqida horijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday ta’kidlaydi: "Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab foiz siyosatiga bog’liq emas"4.
Keynschilik konsepsiyasi, asosan, o’tgan XX asrning 30-40- yillarida yaxlit g’oyaviy oqim sifatida to’liq shakllandi va u makroiqtisodiy nazariyada hamda davlat iqtisodiy siyosatining dasturlarida bosh o’rinni egallab olgan edi. Uning asoschisi - XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik iqtisodchi Jon Meynard Keyns edi5.
Umuman, Keyns va uning tarafdorlarining qarashlari XX asrning 70-yillarigacha eng keng tarqalgan va mashhur nazariya bo’lib qoldi. Ayniqsa, XX asrning 60-yillarida AQSHda yuz bergan iqtisodiy yuksalish yetti yildan ortiq davom etdi. Bunday uzoq davom etgan inqirozsiz rivojlanish, Keyns nazariyasi uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydigan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yuqori darajada samaradorligini ta’minlaydigan nazariya, degan fikrning keng miqyosda tarqalishiga sabab bo’ldi.
Jon Meynard Keyns "Bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936 yil) nomli o’zining mashhur kitobida pulning aylanish tezligining doimiyligi to’g’risidagi klassik yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining ta’siriga qaratgan holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi. Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ihlos qo’yish nazariyasi nomini oldi6. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi xech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala egallaydi. Bu hususida juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan, I.Fisher foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi, u daromadga bog’liq, degan hulosaga kelgan. Kembrij maktabining olimlari esa foiz stavkasi nominal yalpi ichki mahsulotga proporsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns kembrijcha yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli darajada ta’sir qiladi, degan hulosaga kelgan. Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz stavkasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab pasayadi, degan hulosa ilgari suriladi. Keyns fikricha, pul massasining o’zgarishi foiz stavkasiga bevosita ta’sir qiladi7.
Fisherning pulga bo’lgan talabning miqdoriylik nazariyasiga muvofiq pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning funksiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi. O’z navbatida, Fisher "pulga bo’lgan talab, birinchidan, ma’lum miqdordagi YAIM (RY) doirasidagi bitimlar hajmi bilan va ikkinchidan, odamlarning bitimlarni amalga oshirishlari bog’liq bo’lgan iqtisodiyotdagi kredit institutlari tomonidan aniqlanadi, bu esa pulning aylanish tezligini aniqlaydi" degan hulosaga keldi.
Shuningdek, Fisherning qisqa muddatli davrda pulning aylanish tezligi doimiy degan tahmini almashuv tenglamasini pulning miqdoriylik nazariyasiga aylantirdi. Chunki bunga ko’ra, nominal YAIM mutlaq ravishda pul massasining tebranishlari orqali aniqlanadi. Klassiklar, Shuningdek, I.Fisher ham ish qaqi va baholarni mutlaqo egiluvchan deb hisoblashgan. Shuning uchun ular yalpi ishlab chiqarish (Y) to’liq bandlilik darajasida iqtisodiyotning soqlom rivojlanishi sharoitida o’zgarmasdan qoladi, deb hisoblashgan. Ular almashuv tenglamasida (Y) ni ham qisqa muddatli davrda doimiy deb hisoblashgan8. Pulning miqdoriylik nazariyasiga ko’ra, agar (M) ikki qissa oshsa (P) ham ikki qissa oshishi kerak. Klassik iqtisodiy maktab iqtisodchilarining nuqtai nazaridan qaraganda pulning miqdoriylik nazariyasi baholar darajasining tebranishini tushuntirishga imkon beradi: baholar darajasi o’zgarishi faqat pul massasi hajmining tebranishi tufayli yuzaga keladi.
Umuman, XX asrning 70-yillarida keynschilar maktabining inqirozi kuzatildi. Iqtisodiy fanda neoklasssik yo’nalish, shu jumladan, uning zamonaviy shakli - monetarizm yetakchi o’ringa chiqdi. Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni monetar siyosat vositalari orqali va baholar yordamida tartibga solishga ustuvor darajada ahamiyat beradigan, muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan nazariyadir.
Ma’lumki, monetarizm iqtisodiyotni monetar siyosat vositalari orqali va baholar yordamida tartibga solishga ustuvor darajada ahamiyat beradigan, muvozanatlashgan tizim sifatida qaraydigan nazariyadir. N.Kaldorning fikriga ko’ra, monetarizm - bu "asosan bitta iqtisodchining favqulodda kuchli ishontirish qobiliyatiga ega bo’lgan iqtisodchi - professor Milton Fridmenning sa’yharakatlarining mevasidir"9.


Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling