O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi


Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili . O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning pul kredit siyosatini yuritilishi va uning turlari


Download 298.41 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1548240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs m

2.2. Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili . O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning pul kredit siyosatini yuritilishi va uning turlari.

Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda.


Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib borildi.
Hozirgi paytda xalqaro bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalari pulkredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi va odatda Markaziy bank tomonidan yirik banklar hamda boshqa moliya-kredit muassasalari hamkorligida amalga oshiriladi. O'zbekistonda ham pul-kredit siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, pul massasini samarali tartibga solishda ushbu vositadan keng foydalanib kelinmoqda. Davlat byudjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash manbasi bo'lgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 1996 yili mart oyida muomalaga chiqarila boshlandi. Shu vaqtdan boshlab davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari bozori tez rivojlana bordi va qisqa muddatda u moliya bozorining asosiy vositalaridan biriga aylandi. 1996 yildan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining(DQMO) muomalaga chiqarilishi, byudjet taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsiyaviy manbasi bo'lib, 1997 yilda 1996 yilga nisbatan byudjet kamomadini emissiyaviy qoplanishini 2 martaga kamaytirishga xizmat qildi. Ikkinchi tomondan esa, DQMOlar tijorat banklari uchun o'zmablag'larini risksiz aktivlarga yo'naltirish va daromad olish manbaiga aylangan bo'lsa, Markaziy bank uchun ochiq bozordagi operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berdi.
Markaziy bank obligatsiyalari bilan amalga oshirilgan savdolar hajmi yildanyilga ortib bordi.
Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat o'rta muddatli obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish davom ettirildi.
Markaziy bank pul-kredit ko'rsatkichlari, jumladan yalpi pul massasining belgilangan darajada bo'lishini ta'minlashva oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hisobiga muomalaga chiqarilgan ortiqcha pul massasini qaytarib olish maqsadida tijorat banklarining mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha operatsiyalarni muntazam ravishda amalga oshirib bordi.
O’zistonda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining ushbu vositasidan pul massasini tartibga solish vositasi sifatida 1994 yildan boshlab foydalanib kelinmoqda.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi va qat'iy pul-kredit siyosatining olib borilishi natijasida 1995—1997 yillarda inflyatsiya sur'atlari sezilarli darajada pasaydi. Natijada tijorat banklarining real sektorga kredit berish faoliyatlarini rag'batlantirish maqsadida majburiy zaxira talablari me'yorlari ham pasaytirildi. Ushbu me'yor 1996 yilning iyulidan e'tiboran 30 foizdan 25 foizgacha tushirildi.
Shuningdek, Markaziy bankda majburiy zaxiralarga deponentlashning o'rtacha oylik metodologiyasiga o'tilishi (oy oxiridagi ma'lumotlardan foydalanish o'rniga) pul kredit siyoeatining ushbu vositasidan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi bir qator asoslar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  1. Markaziy bankning etarli miqdorda oltin–valyuta zaxiralariga ega

bo'lishi;

  1. Markaziy bankning xorijiy mamlakatlar banklari bilan keng tarmoqli korrespondent ( vakillik ) munosabatlarining mavjudligi;

  2. Markaziy bankka valyuta operatsiyalirini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi me'yoriy xujjatlarni mavjudligi;

  3. Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo'lgan savdo

udumlariga rioya qilish;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi kunda Respublika Oliy Majlisi va Hukumatimiz tomonidan aniqlangan monetar siyosatning asosiy yo'nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta'kidlab o'tish joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlik printspiga ko'proq e'tibor berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:

  • eksportyor uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashg'ul bo'lgan korxonalar;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning O'zbekistonda ishlab chiqarish faoliyati natijasida olgan foydalari va divedentlari;

  • Respublikamiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarida qatnashayotgan korxonalarning so'm mablag'lari;

  • xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo'yicha xizmat safari va xorijda ta'lim olish bilan bog'lik xarajatlar.

Mazkur maqsadlar uchun valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha asoslarga ega.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi.
Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo'lib qolmoqda. Buning uchun esa valyuta bozorini rivojlantirish zarur. Chunki, har qanday turdagi valyuta operatsiyasi – svop, forvard, valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog'lik operatsiyalar pirovard natijada spot bozorining likvidliligiga bog'liq bo'ladi. Agar, valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo'yicha to'liq likvidlilik ta'minlansa, ya'ni barcha talablar muvofiq ravishda o'z vaqtida qondirilsa, bu milliy valyuta – so'mning qadrini oshirishga xizmat qiladi.
Korrespondent munosabatlarini rivojlantirish pirovardada, milliy valyutadagi korrespondent aloqalarni rivojlantirish bevosita xalqaro savdo aloqalarida milliy valyutamiz – so'mdan keng miqyosda foydalanishga asos bo'ladi.
Milliy valyutaso'mning konvertirlanishini joriy etilishi respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ahamiyat kasb etuvchi jixatlaridan biridir. Hozirgi vaqtda, valyutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi – qat'iy belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo'yicha uni xalqaro zaxira valyutalaridan biri (AQSh dollari, evro va h.k)ga konvertatsiya qilishi huquqiga ega bo'lishi – valyutaning “to'liq konvertatsiyalanishi” hisoblanadi.
Valyuta siyosatini yurgizish va muvofiqlashtirish xalqaro valyuta fondi (XVF) zimmasiga yuklatilganligi sababli u konvertatsiyani talab qiladi.
O'z vaqtida, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari uzoq vaqt mobaynida turli xil valyuta cheklovlari shakllarini joriy etishga majbur edi. Mustahkam iqtisodiy salohiyatga ega bo'lgan davlat— Xitoy ham turli xil valyuta cheklovlarini qo'llagan holda bozor islohotlari vaqtida o'z modelini amalga oshirib keldi va faqat 1994 yildan boshlab to'lov balansi joriy operatsiyalari bo'yicha konvertatsiyaga oid mavjud cheklovlarni bekor qildi.
Markaziy bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab tura olmaydi.
Pul-kredit siyosatining turlariga kelsak hozirgi kunda ikkita asosiy turi ajratib ko’rsatiladi:
1. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi.Bu tadbir Yumshoq pul-kredit siyosati deb yuritiladi.
2. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat Qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi








Xulosa


O'zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:

  1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish; ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi;

  2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;

  3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi.

  4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi:

  • markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi;

  • markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi;

  • markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi;

  • qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish amaliyoti joriy qilindi.

  1. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

  2. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotdagi ortiqcha pul massasining mavjudligi uni iste'mol va jamg'arishdan ortgan kisminn moliya bozorlariga yo'naltirishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ortiqcha pulning mavjudlign esa, portfel investitsiyalar ko'payishiga turtki bo'ladi.

  3. Davlat o'zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o'zgartirib turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga ta'sir etadi:

  4. Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishn qimmatli qog'ozlar bozorining o'sish sur'atlariga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Inflyatsiya darajasiniig yukori bo'lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo'lishi qimmatli qog'ozlar bozori aylanmasi mablag'larining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta'siri samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta'sirchanligini oshirish zarur, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida VVV) ega bo'lgan korxonalarning aktsiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektiga aylantirish yo'li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta'siri darajasini oshirish zarur.






Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling