O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


- rasm. Investitsiyalarning turlari


Download 0.65 Mb.
bet5/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

1.1- rasm. Investitsiyalarning turlari.
Mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra ya’ni asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Aksiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, hamda, qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlariga kiritiladigan barcha investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar turini tashkil qiladi.
Inson salohiyatini, qobiliyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga jalb qilingan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
Investitsiyalarning turlarini ayrim olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalarida va shu sohadagi adabiyotlarda boshqacha ko‘rinishda keltirib o‘tilgan. Jumladan iqtisodiyotda foydalanilayotgan investitsiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro farqlanadi (1.2-rasm):

  • fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;

  • pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;

  • nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.


1.2-rasm. Investitsiyalarning shakli.
Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan vositalarni, ya’ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.
Pul aktivlari deganda o‘z mablag‘lari, boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan jalb qilingan pul mablag‘lari, ulardan foydalanish huquqlari, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar tushuniladi.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish amalga oshirish, kompyuter dasturlari, nou xaular, patentlar, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo‘ladigan boyliklardir. Investitsiya turlarining yuqorida keltirib o‘tilgan ikki xil ko‘rinishdagi tariflanishi mazmun mohiyati jihatidan bir narsani anglatadi.
O‘zbekistonda yuritilayotgan investitsiya faoliyatining mazmun mohiyatining yana bir tomoni bu hududlarining barqaror va mutanosib iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya siyosatidir. Mamlakatimiz hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, aholi turmush tarzi va sharoitining yaxshilanishiga bevosita bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlarning tarkib qismlaridan tashkil topgan bir butun tizimni shakllantirganligi sababli, uning har bir hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mamlakatimizning uzluksiz, barqaror taraqqiyotiga zamin yaratadi. Iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalarni mamlakat hududlariga optimal va mutanosib ravishda joylashtirish milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taminlaydi. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliyatashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ta’kidlaganidek, “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotnng yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”3. Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki investitsiya faoliyatini tartibga solishda hamda investitsiyalardan samarali boshqarishda eng muhim bo‘lgan muammolardan biri – bu chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni hududlar bo‘yicha optimal va muazanatli darajada taqsimlash hamda joylashtirish hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning o‘rni muhim rol o‘ynaydi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siѐsatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Davlat tomonidan amalda xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiѐzlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlash; texnik yordam ko‘rsatish.
Chet el investitsiyalari deganda tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga chet ellik investorlar qo‘shadigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi. Bunday boyliklar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • pul mablag‘lari, aniq maqsadli bank omonatlari, ulushlar, aksiyalar, sug‘urta polislari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar;

  • ko‘char va ko‘chmas mol - mulk (binolar, inshoatlar, asbob - uskunalar va boshqa moddiy boyliklar);

  • mualliflik huquqlaridan kelib chiqadigan mulkiy va mulkka oid bo‘lmagan huquqlar va boshqa intellektual boyliklar;

  • O‘zbekiston Respublikasining, uning yuridik shaxslari va fuqorolarining egaligidagi yerdan, mol - mulkdan hamda tabiiy boyliklardan foydalanishga chet ellik investorlar sotib olgan ijara huquqi.

Demak xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to‘g‘risida o‘zimizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chikib, investitsiyaning shartli ravishda quyidagi uchta turini ajratish mumkin ekan (1.3-rasm):
1) moliyaviy investitsiyalar;
2) moddiy investitsiyalar;
3) aqliy (intellektual) investitsiyalar.
Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida har bir turdagi investitsiyaning o‘ziga xos xusisiyati va o‘rni mavjud bo‘ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga maxalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling