O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


II BOB. DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH ASOSIDA MAMLAKAT HUDUDLARINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING TAHLILI


Download 0.65 Mb.
bet8/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

II BOB. DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH ASOSIDA MAMLAKAT HUDUDLARINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING TAHLILI
2.1 Davlatni investitsion siyosatini amalga oshirish asosida mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi oxirgi yillarda olib borilayotgan islohatlar, jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, pirovard natijada asosiy maqsad hisoblangan mamlakatimiz axolisining farovonligini ta’minlash, ularning tumush darajasi va sifatini doimiy ravishda oshirib borishga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida investitsiyalar iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatiga to‘xtalib quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi. “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kundalik hayotimizdan joy olgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lmog‘i lozim”4. Darhaqiqat investitsiyalar jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishga jalb qilish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etib bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Har bir investor uchun u sarmoya kiritadigan mamlakatning investitsion jozibadorligini baholash, uning imkoniyatlarini hisobga olish muhim masala sanaladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini doimiy ravishda yaxshilab borish uni barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. Bunda davlatning asosiy vazifasi tarkibiga kapital mablag‘larni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va uning jozibadorligini oshirish hisoblanadi. Investitsiyalarni jumladan xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan ko‘zlangan asosiy manfaatdorlik bu har qanday davlatning o‘z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini taqazo etadi. Ushbu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘ziga xos yo‘llari va yo‘nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag‘batlantirish tizimini aniqlab ko‘rsatib beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy jihatdan tartibini belgilaydi.
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiy siyosatining eng muhim jihatlaridan biri bu real sektor sohasini ya’ni, industrial tarmoqlar ustuvorligini ta’minlashda investitsiyalar va kreditga katta ahamiyat qaratilagnligidir. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining bir tekis barqaror o‘sishi bilan birgalikda investitsion faolliyatda ham o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lib u ham o‘sib bormokda. Bu holatni biz butun dunyo mamlakatlari tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga, olib borilayotgan islohatlarga yuksak baho berilayotganligi hamda mamlakatda qulay investitsion muhit yaratilganligini tan olayotganligidan ham bilishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyoti shu jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotida ham o‘tgan pandemiya sharoitidan keyin yana asta sekinlik bilan o‘z yo‘liga tusha boshladi. Barcha sohada bo‘lgani kabi investitsiya faoliyatida ham o‘sish suratlari kuzatildi.
O‘zbekistonda 2022 yilda investitsion faollikda 2021 yilga nisbatan o‘sish kuzatildi. Shu sababli statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 trln. so‘mni tashkil etgan. Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 112,2 trln. co‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

  • Rossiya – 20,3 foiz;

  • Xitoy – 16,4 foiz;

  • Turkiya – 10,1 foiz;

  • Germaniya – 6 foiz;

  • Saudiya Arabistoni – 6 foiz;

  • AQSh – 3,8 foiz;

  • Kipr – 3 foiz;

  • Italiya – 2,4 foiz;

  • Shveysariya – 1,9 foiz;

  • Buyuk Britaniya – 1,6 foiz.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki kiritilgan investitsiyalar hajmida eng katta ulush Rossiya (20.3), Xitoy (16.4) va Turkiya (10.1) davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi va quyidagi 2.1-rasmda keltirilgan.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling