O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


-rasm. O‘zbekistonda 2022 yilda o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiyalar (Davlatlar kesimida)


Download 0.65 Mb.
bet9/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

2.1-rasm. O‘zbekistonda 2022 yilda o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiyalar (Davlatlar kesimida)
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston respubliksi bir qator moliya institutlari bilan yaqin aloqani yo‘lga qo‘ygan. Jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
2022 yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Mamlakatga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017 yilda 3,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yakunida ushbu ko‘rsatkich uch barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi. Buning natijasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ma’lum qilishicha 2022 yilda, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshganini va bu ko‘rsatgich, 2018 yilda 52 milliard dollar bo‘lganini takidlab o‘tgan edi 5. Ya’ni 2018 yilga nisbatan 2022 yilda yalpi ichki mahsulot 142 foizga o‘sgan. Iqtisodiyotga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksport 19 milliard dollarga yetdi. Davlat rahbari mamlakat milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayot barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidladi.
Olib borilgan ilmiy izlanishlar va bu sohadagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki xorijiy va milliy investitsiyalarni jalb qilishda mamlakatimiz va uning hududlarida yaratilgan investitsion jozibadorlik, va shu bilan birga qulay investitsion muhit hamda hududlarning nisbiy afzallik tomonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham quyidagi keltirilgan 2.1-jadvaldagi ma’lumotlarga xorijiy investorlar tomonidan alohida e’tibor beriladi. Mamlakat hududlarning investitsion jozibadorligini aniqlashda turli uslublardan foydalanilanishga to‘g‘ri keladi. Ular o‘rtasidagi farqini esa yaratilgan investitsion muhit belgilaydi va bu omil hamda indikatorlarni tanlab olish jarayonida namoyon bo‘ladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling