O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi


-rasm. Mamlakatda qulay investitsion muhitni yaratish bo


Download 0.65 Mb.
bet20/24
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1651685
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
SHOOLIM DISSERTATSIYA 07 06 2023 охирги вариант11111

3.1-rasm. Mamlakatda qulay investitsion muhitni yaratish boyicha 2017-2022 yillarda korilgan chora tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasini 2022-2026 yillarda mo‘ljallangan rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabr qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, birinchi navbatda, xususiy mulk egalarini huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga hamda, YaIMda ushbu soha vakillarining ulushini oshirib borishga, o‘z-o‘zini band qilish masalalarini yechishda muhim rol o‘ynaydi 23.
Biz mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini izchil rivojlantira borib shu orqali jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori hisoblangan o‘rta sinfning vakillarini shakllanishiga va ularning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishishimiz mumkin. Buning uchun esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini hozirgi davrda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati hamda tayanchiga aylantirishimiz zarur. Bu yurtimizning tanlagan taraqqiyot yo‘lidan faol harakatga keltiruvchi kuchga aylanrishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratib uning ko‘zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari ishga tushirgan holda yana ham yuqori muvafaqqiyatga erishishimiz mumkin. Ammo bugungi kunda mamlakatimizda bu sohadagi to‘la quvvatdan foydalanilmagan. Aynan bu sohada juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot hajmida ham ko‘rish mumkin. Sohaning yetakchi va hal qiluvchi o‘rinni egallayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, hali bu yo‘nalishda qiladigan ishlarimiz naqadar ko‘pligi ayon bo‘ladi.
Yangi taraqqiyot yo‘lidag borayotgan O‘zbekiston uchun esa bu sohani yanada chuqurroq o‘rganib iqtisodiyotni bozor qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida olib borishda katta yordam beradi. Tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlari va zahiralaridan optimal foydalanib yanada samaraliroq natijalarga erishishi bilan mumkin. Oxir-oqibatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bozor munosabatlarini rivojlanishi iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday davlat jahon iqtisodiyotidan ajralgan holda, tashqi yordamlarsiz, boshqacha qilib aytganda, xorijiy sarmoya va ko‘maklarsiz iqtisodiy taraqqiyotga darajasiga erishishi mumkin bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarning taraqqiyot tarixi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni qayta qurish, modernizatsiyallsh hamda yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda dunyo global iqtisodiyotni qayta qurish va jadal rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalardan foydalanish keng tus oldi. Iqtisodiyotni moliyalashtirishda xorijiy investitsiyalarning axamiyati shundaki iboratki, aynan ular davlatga rivojlanish sari qo‘yilgan harakatida har tomonlama ko‘p samara beradi. Jumladan:
birinchidan, davlatning bo‘sh pul mablag‘larini ishlab chiqarishga yoki biror boshqa sohaga yo‘naltirish imkoniyatini beradi;
ikkinchidan, eksport salohiyati, ishlab chiqarish yoki pulli xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantiradi;
uchinchidan, axolining ish bilan bandlik darajasi o‘stiradi;
to‘rtinchidan, davlat budjetiga qo‘shma va xorijiy korxonalardan soliqlar tushumlari ko‘payatiradi;
beshinchidan, davlatlarning jaxon integratsiyalashuviga yordam beradi va jadallashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2022 yil 25 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumki, shu yil aprelda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, bu orqali bandlikni ta’minlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta rejalar belgilab olingan edi.
Xususan, joriy yilda 10 mingta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etib, ularning sonini 80 mingtaga yetkazish, 9 trillion so‘m investitsiya jalb qilib, 810 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish, 430 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Qishloq xo‘jaligida 12 ming 500 gektar yerni aholiga taqsimlab, 3 million 200 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, 11 ming gektar intensiv bog‘ va tokzor tashkil etib, meva-sabzavot eksportini 60 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Viloyatda 2023 yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 mingtadan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga viloyatda 2023 yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. 2023 yilga mo‘ljallab ishlab chiqilgan rejaga muvofiq 5,2 ming tonna parranda go‘shti, 450 tonna baliq go‘shti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Xususan rejaga asosan Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etiladi.
Viloyatda turizmni rivojlantirish natijasida 2022 yilda 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif buyurgan. "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.
Qashqadaryoda 2023 yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion so‘mga, budjetga tushumlarni 712 milliard so‘mga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni o‘rnini bosish kutilmoqda.
Viloyatda eksport hajmi 2022 yilda 26 foizga o‘sib, 280 million dollarni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichni 2023 yilda 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling