O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti urdu bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 4-haftasi
Download 287.18 Kb.
|
Shuhrat UrDU kundalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 5-haftasi.
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 4-haftasi.
Ilmiy amaliyotning 4-haftasida “PSU va YeAITI Xorazm filalida” da davom qildirdik. Bu yerda o’simliklarning rivojlanishiga tuproqning tasirini o’rgandim. Tuproqning hajm vazni uning fizik, suv, mikrobiologik va oziqa tartiblarini belgilovchi omildir. Yakovleva - Morozova E.F. (1969), Rajov S.N. (1971), Kondratyuk V.P. (1972), Umarov M.U. (1974), Pogosov Yu.A. (1975), Muhammadjanov M.V., Suleymanov S. (1978) va ma’lumotlariga e’tibor berilsa, ildiz tizimining rivojlanishi tuproqning hajm vazniga chambarchas bog’liq. Hajm vazni ko’p bo’lgan tuproqlarda ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi, yumshoq tuproqlarda esa u tekis yoyilib, yaxshi rivojlanadi. Tuproq hajm vaznining o’simlikni o’sishi, rivojlanishiga ta’siri Azamova D., Umarov M. (1982) tajribalarida isbotlangan. Mavjud tadqiqot va usullarni tahlil qilgan holda, Xorazm viloyatida o‘rmonlar yaratish uchun daraxt turlarini aniqlash asosiy maqsadimiz bo‘ldi. Olingan natijalar viloyatda ekologik holatni biousullar bilan yahshilashga imkon beradi. Izlanish maqsadlari quyidagilardan iborat: 1. Morfologik va fiziologik tavsiflari, ildiz uzunligi, o‘sish me’yorlari, biomassasi, yog‘och va meva hosil qilishi kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra daraxt turini tanlash. 2. Izlanish natijasida tanlangan daraxtlarning adaptatsiyasini, o‘sishini o‘rganish. Daraxtlar o‘sishini tavsifi. Daraxt ko‘chatlari sho‘rlangan yerga ko‘chirib o‘tqazishdan oldin, birinchi yili sho‘rlanmagan yerga ekilib, ildiz tizimi rivojlangandan keyin ikkinchi yili mart oyida sho‘rlangan yerga ko‘chirib o‘tqazildi. Tajriba maydoni uchun Xorazm viloyatida eng ko‘p tarqalgan qumoq va qumloq tuproqlar tanlab olindi. Yosh daraxtlar qumoq va qumloq tuproqlarga ekildi va ularni mahalliy tuproq-iqlim sharoitlarida adaptatsiyasi (moslashuvi) bo‘yicha kuzatuvlar olib borildi. PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 5-haftasi. Bir yillik va ko‘p yillik mahalliy hamda chetdan keltirilgan navlardan iborat 50 ta daraxtni qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamliligini hamda yashash davrini aniqlash maqsadida tuproqi turli mexanik tarkibli ikkita maydonga ekildi, ular 0.14 gektar maydonni egalladi. O‘rganilgan asosiy daraxtlarning nomlari 3.2-jadvalda keltirilgan. 3.2-jadval
Nihollar 1 x 3,5 m masofada ekildi. Egatlar chuqurligi 40 sm va eni 70 sm qilib olindi, sizot suvlari sathi balandligi va ildizlarni gorizontal o‘sishi sababli, bir-biriga halaqit berishining oldini olish maqsadida egatlar orasidagi masofa 3,5 m qilib belgilandi. Tadqiqot maydoni tuzilishi tasodifiy shaklda bo‘lib, ikkita turdagi tuproqda 10 turdagi daraxtdan ekilgan edi va u olti marta takrorlandi. Har bir maydon ikkita qatordan iborat bo‘lib, tartibsiz ravishda ekilgan 25-30 ta daraxt o‘stirildi. Download 287.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling