O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti urdu bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 6-haftasi
Download 287.18 Kb.
|
Shuhrat UrDU kundalik
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 6-haftasi.
Biometrik ko‘rsatkichlar va moslashish. Daraxtlar bo‘yiga o‘sishi ekilgandan 2 haftadan keyin va vegetatsiya oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlandi. Daraxtlar poyasining diametri poya asosidan 5 sm yuqorisidan mavsum boshida va oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlandi. Moslashishni aniqlash uchun vegetatsiya oldidan va so‘ngida nobud bo‘lmagan daraxtlar soni hisoblangan. Daraxt ildizlarining rivojlanishi. Biomassaning o‘zgarishini aniqlash uchun daraxt ko‘chatlari ekilgandan so‘ng birinchi yili sentyabr va ikkinchi yili sentyabr oylarida har beshta daraxtdan uchtasi tanlab olindi va ularning yangi shoxlari, ildizi va barglari og‘irligi aniqlandi. Aniqlanishicha, daraxtlar o‘sishining birinchi yili yer osti qismi biomassasi yer usti qismiga nisbatan ko‘proq rivojlanganligi kuzatildi. Buning sababi daraxtning birinchi yili yaxshiroq moslashishi, sizot suvlaridan namlik va tuproqdan oziq moddalarning ko‘proq o‘zlashtirishi uchun ildiz tizimini rivojlantirishga xarakat qilishidir. Shuning uchun daraxtlarning moslashish faktorini belgilashda ildiz rivojlanishini asosiy qilib oldik. Vegetatsiya oxirida ildizlar o‘rganildi va daraxtning rivojlanish darajasi shunga ko‘ra aniqlandi. Bunda ildizlar tuproqdan, mikroorganizmlardan tozalanib, yuvilib, o‘lchandi va termostatda quritildi. Ildizining uzunligi yumshoq lenta yordamida o‘lchab aniqlandi. Ildizlar 105oS da termostatda doimiy massagacha quritilib, keyin og‘irligi aniqlandi. Bargdagi erkin va bog‘langan oqsil miqdori va poyalarni issiqlik berish qobiliyati. 3-4 daraxt namunasi 50oS da doimiy massagacha quritildi. Kul 2 mm li elakdan o‘tkazildi va undagi oqsil miqdori aniqlandi. Oqsilni aniqlash uchun Keldal usulidan foydalanildi. Organik moddalar va energetik qiymati Close W. va Menke K.H. [136] ni vitro usulida gaz qurilmasida aniqlandi.
Poyalarning issiqlik qiymati poya namunalarini kislorodda yoqib va kalorimetrda portlatib, mineral tarkibi namunalari 550oS da pechkada quritib aniqlandi. Poyaning solishtirma og‘irligi Mak Diken va boshqalar (1991) taklif qilgan og‘ish usulida aniqlandi. Daraxtni yoqilg‘ilik qiymati Bhatt B.P.va Todaria N.P. [131] usulida aniqlandi.
Download 287.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling