O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti urdu bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti magistratura
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 7-haftasi
Download 287.18 Kb.
|
Shuhrat UrDU kundalik
PSU va YeAITI Xorazm filialida o’tagan ilmiy amaliyotimning 7-haftasi.
Statistik hisoblashlar. Maydonlarda daraxtlar turlari tasodifiy bo‘lganligi sababli mikromuhitni bir jinsli bo‘lmasligini belgilash uchun har bir daraxt statistik hisoblarda takrorlanuvchi deb olindi. O‘sishga tadqiqot omillarining ta’siri umumiy chiziqli modelda (SPSS v11.0) da, tadqiqot omillari effekti r<0.05 qiymatda hisoblandi. Ko‘rib turganimizdek, biz har bir daraxt ildizi bilan alohida ishladik, shuning uchun natijalarni gektarga emas, daraxtga nisbatan olingan, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Barcha statistik hisoblashlar SPSS v11.0 dasturida bajarildi. Xorazm tuproq-ekologik sharoitida daraxtlarning rivojlanish uchun shart va zarur bo‘lgan belgilarni monitoring qilish natijasida quyidagilar aniqlandi: daraxtning moslashishi uchun u tez o‘sishi, ildiz sistemasi shiddat bilan rivojlanib, oziq moddalarga qashshoq tuproqdan oziqa topishga moslashishi va tuzga chidamli bo‘lishi kerak. Dastlab, tez rivojlanishni, hayot davomiyligini qisqaligi bilan izohlaydilar, haqiqatan ham, hayot davomiyligi uzoq bo‘lgan daraxtlar sekin o‘sishi aniqlandi. Bu uzoq muddatli natija kutayotganlar uchun qo‘l keladi. Ammo, ko‘pchilik olimlar qurg‘oqchilik va tuzga chidamlilik sifatida daraxt bo‘yining uzunligini va enining kattaligini ko‘rsatadilar. Shuningdek, o‘sish ko‘rsatkichi RGR dastlabki bosqichlarda aniqlanishi mumkinligini va u o‘simliklarning uglerod yig‘ishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zida fiziologik, morfologik jarayonlarni, biomassa va barg tarkibi ko‘rsatkichlarini birlashtiradi, deb hisoblaydilar.
XULOSA 1. Degradatsiyaga uchragan yerlarda o‘rmonlar barpo qilish tuproqning sho‘rlanishi, sizot suvlari sathini va unumdorligi kamligini hisobga olib amalga oshiriladi. Shunda ana shu xususiyatlariga qarab daraxt turi tanlanadi. 2. Yuqori sho‘rlanishni sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasini kamaytiruvchi daraxt turlari ekilsa, ekologik muvozanat ta’minlanadi va daraxt xilma – xilligi biodrenaj potensialini ko‘rsatadi. 3.O‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, daraxtlarning o‘nta turini degradatsiyalanayotgan tuproqlarga ekish uchun tavsiya berish mumkinligini ko‘rsatadi. Download 287.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling